Anʼanaviy ovqatlanish orqali 30 kilogrammni yo‘qotishning sirlari

Total
0
Shares

Qahramonimizga natijaga erishishga 8 oy kerak bo‘ldi

Hindistonning Karantaka shtatidagi Xasapete shahrida yashovchi 110 kilogramm vaznli Manjunat Ji En sakkiz oy ichida qomatini yaxshiliab, buni qanday qilganini aytib berdi. 35 yoshli erkak 30 kilogramm vazn yo‘qotishga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi Times of India.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u vazn yo‘qotish kerakligini taroziga tushganida anglab yetgan va bu belgi 100 kilogrammdan oshib ketganini ko‘rgan. Bundan tashqari, u doimo charchagan va oddiy kiyim sotib ololmasdi. Keyin Ji En qo‘shimcha kilogrammlardan xalos bo‘lishga qaror qildi: buning uchun u vazn yo‘qotish bo‘yicha mutaxassislarning tavsiyalarini o‘rganib chiqdi va o‘zi uchun parhezni tanladi. U vazn yo‘qotishning zamonaviy usullaridan ko‘ra anʼanaviy yo‘ldan borishga qaror qildi.

Uning ratsioniga nima kiritilgan

Uning nonushtasini anʼanaviy hind nonushtasi deb atash mumkin. U quyidagilarni isteʼmol qiladi:

tariq va guruchdan yopgan nonlar

sabzavotli quymoq.

Mashg‘ulotdan so‘ng u proteinli kokteylichadi. Shundan so‘ng tushlik boshlanadi, u quyidagilardan iborat:

loviya sho‘rva

sabzavotlar.

So‘nggi ovqat qabuli odatda quyidagilardan iborat:

yog‘li yopgan non

sabzavotlar

tvorog.

Baʼzan u kartoshka chiplari, muzqaymoq va shirinliklar bilan ozuqlanadi. Asosiysi, umumiy kaloriyalar kunlik qiymatdan oshmaydi.

U qanday mashq qiladi

Uning mashqlari bir necha qismlardan iborat: kuch mashqlari, kardio va yarim soatlik kechki yurishlar. Shuningdek, u haftada bir marta yugurishga boradi.

Bundan tashqari, Ji En uyqu rejimini o‘zgartirdi: u erta yotadi va erta turadi va dam olish uchun kerakli vaqtni ajratadi.

“O‘ylaymanki, hamma asosiy sirni bilishi kerak: mutaxassislar deb ataladigan insonlarning reklamasidagi moda parhezlariga emas, balki ko‘p avlodlar davomida to‘plangan bilimlarga amal qiling. Modadagi parhez turlari hech qachon ishlamaydi. Agar sizga deyarli hech qanday harakat qilmasdan tez vazn yo‘qotish vaʼda qilingan bo‘lsa, bu aniq foyda bermaydi», – deya taʼkidlaydi Ji En.

Manba: mhealth.ru

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.