Armrestlingda qanday qilib har doim g‘alaba qozonish mumkin?

Total
0
Shares

Asosiysi, texnika va to‘g‘ri pozitsiya tanlay bilish.

Armrestling musobaqasida g‘alaba qozonish uchun professional yoki kuchli sportchi bo‘lish shart emas. “Chempionat”  sayti qanday qilib kerakli pozitsiyani egallash va qo‘llarni kuchaytirish kerakligini aniqladi.

To‘g‘ri pozitsiya

Foydalanmaydigan qo‘lingiz bilan tirgakni ushlang va qo‘yib yubormang.

Qo‘llaringizni shunday qo‘yingki, tutish jarayoni o‘rtaga to‘g‘ri kelsin va  barmoqlarning uchlari ochiq holatda bo‘lsin.

Yelkangizni stolga parallel qo‘ying.

Harakatlanuvchi qo‘lning tirsagi stol ustidagi yostiqqa tayanishi va undan tushmasligi kerak.

Oyoqlaringizni stolning oyoqlariga qo‘yishingiz mumkin, ammo raqibingizga xalaqit bermaslik uchun.

Endi shug‘ullanishni boshlagan armrestlerlar uchun asosiy texnikalar quyidagilar:

Changalga olib kurashish texnikasi

Sizning vazifangiz raqibning qo‘lini o‘zingiz tomonga burish. Birinchidan, raqibingizni changalga olib borish uchun bilagingizni egishingiz kerak. Keyin siz bitseps va yon bog‘im mushaklarning kuchidan foydalanib hujum qilasiz. Shu orqali, siz raqibning qo‘lini yon tomonga yoki diagonalga surishingiz mumkin.

Tepadan ustunlik qilib kurashish texnikasi

Sizning vazifangiz kuchni bitsepsga o‘tkazib, raqibning panjasini egishdir. Ushbu uslub kuchli taʼsirni talab qiladi: barmoqlaringiz bilan ushlab oling va qulayroq pozitsiyani egallash uchun panjani o‘zingizga qarab harakatlantiring.

Qo‘llaringizni qanday kuchaytirish mumkin

Qo‘llarning kuchini oshirish uchun siz quyidagilarni qilishingiz mumkin:

bitseps uchun shtangani ko‘tarish;

Pastki yuklama blokini bir qo‘l bilan o‘zingizga tortishingiz;

Shtanga bilan panjalarni egishingiz

To‘liq bo‘lmagan amplitudada turnikda tortinishingiz mumkin

Manba: mhealth.ru

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.