«Dam olish uchun» fitnes: tanaga huzur baxsh etuvchi va quvvat zaxiralari bilan to‘ldiruvchi mashg‘ulotlar

Total
0
Shares

Ko‘pincha odamlar ruhiy va jismoniy charchoqni chalkashtirib yuboradilar. Shuning uchun ham noto‘g‘ri hissiyotga asoslanib tanlangan dam olish usuli natijasida tanamiz qaytadan kuch yig‘ib ololmaydi. Ammo tiklanishga yordam beruvchi shunday vositalar borki, ular ikki holatda ham foyda beradi. Bu haqda World Class klubida Mind&Body Studio yo‘nalishi bo‘yicha murabbiy Marat Kalmurzayev maʼlumot beradi.

Faol dam olish passiv dam olishdan ko‘ra yaxshiroq, shuning uchun ham “yuklama” sifatida sportni tanlagan maʼqul. Ammo mashg‘ulotlar intensivligi haddan ortib ketsa yoki shunchaki biroz tanaffusga ehtiyoj sezilsa, tanani holdan toydiradigan emas, balki sokinlik va xotirjamlik taqdim qiladigan mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish kerak bo‘ladi.

AntiGravity

«Bu Xarrison belanchagida amalga oshiriladigan mashg‘ulotlar majmui hisoblanadi. Ushbu moslama yordamida jismoniy ko‘rinishni yaxshilash va qon aylanishini hamda gavdani to‘g‘rilash evaziga organizmga ijobiy taʼsir ko‘rsatish mumkin. AntiGravity mashg‘ulotida qayishqoqlik va kuch o‘zaro mos keladi (bu TRX da — arqon yordamida mashq qilishdan kam emas), shuningdek, ushbu mashg‘ulot psixoemotsional holatga taʼsir ko‘rsatadi. Uchish natijasida paydo bo‘ladigan hislar tufayli kayfiyat ko‘tariladi, — tushuntiradi Marat. — AntiGravity yo‘nalishining “sokinroq” ko‘rinishlaridan biri — past bo‘yli belanchakda (poldan 30 sm balandlikda, odatda bel barobar bo‘ladi) olib boriladigan Restorative mashqlardir. Ushbu jarayonda balandlik bilan bog‘liq xavotir va qo‘rquv bo‘lmaydi. Baʼzi mashqlar uchun inson hatto polga o‘tirishiga to‘g‘ri keladi. Ushbu mashg‘ulotlar davomida jiddiy harakat va o‘zgarishlar amalga oshirilmaydi. Barchasi tebranish bilan bog‘liq yengil harakatlar asosiga qurilgan bo‘ladi».

Streyching

«Ushbu tiklanish dasturi fitnes turlari bilan faol shug‘ullanadigan kishilarga mo‘ljallangan bo‘ladi. Chunki, fitnes bilan shug‘ullanuvchilar mushaklarni nafaqat qisqartirish, balki ularni cho‘zish, bo‘sh qo‘yish, yana bo‘g‘imlarni chiniqtirishga ham eʼtibor qaratishlari lozim. Tana Streyching mashg‘uloti hisobiga yaxshigina egiluvchanlik sifatiga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham bu mashg‘ulotni anchadan buyon fitnes bilan shug‘ullanmayotgan yoki bu borada yangi bo‘lgan odamlarga tavsiya qilishadi: shug‘ullanish davomida inson o‘z tanasi bilan tanishib boradi, uni anglashda yangi bosqichga ko‘tariladi va o‘zi uchun yangi hislarni kashf qiladi».

Pilates

«Pilates bilan shug‘ullanishni aynan relaksatsiya uchun deyish noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin, zero ushbu mashg‘ulot sarflanadigan quvvat miqdori bilan ajralib turadi. Ammo qon va limfa tomirlariga, asab tolalariga, shuningdek inson ongiga sezilarli taʼsir ko‘rsatganligi sababli mashg‘ulotlardan so‘ng mushaklarning charchagani bilan birga quvvat ko‘payganligini his qilish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, Pilates natijasida yashirin imkoniyatlar namoyon bo‘la boshlaydi. Pilatesda tana markazi ishtirokida ham dinamik, ham to‘lqinsimon harakatlarni amalga oshirishga imkon beruvchi moslamadan foydalaniladi. Baʼzida kattaroq amplituda, baʼzida esa bo‘yin, qo‘l va oyoq barmoqlari, hatto ko‘zlar yo‘nalishi kabi mayda jihatlarni nazorat qilish kerak bo‘lgan holatlar talab etiladi. Bularning bari teran fikrlashga sabab bo‘ladi. Ong besh elementdan iborat bo‘ladi, bular xotira, sezgi, iroda kuchi, tasavvur va intellekt. Bularning bari qayta ishlanadi, jismoniy turtki sababli esa yakunda quvvat chiqarilishiga olib keladi».

Yoga

Man is making yoga isolated over white background

«Hammaga yaxshi tanish bo‘lgan yoga ruhiy-hissiy holatga maʼlum maʼnoda taʼsir o‘tkazadi. U o‘z holatini tahlil qilish, keyin esa kerakli vaziyatda uni isloh qilish imkonini beradi. Mashqlar hisobiga inson nafas olayotganini his qiladi, shundan keyin nafas olishini o‘zgartiradi. Avvaliga gavdasini bir usulda tutib turadi, oxiriga borib uni to‘g‘rilaydi. Dars davomida yuz beradigan kichik o‘zgarishlar “qanday edi” (biz odatlanganimizdek) va “qanday bo‘ldi” o‘rtasidagi farqni aniqlashga imkon beradi. Inson o‘z holatini tahlil qilishga kirishib, boshqa muammolardan chalg‘iydi. Dars davomida qo‘llaniladigan musiqa va u yerdagi muhit tinchlanishga va quvvat yig‘ishga sabab bo‘ladi».

Tiklanish uchun bajariladigan mashg‘ulotlar qancha vaqtda tashkil qilinishi kerak?

«Bunday mashg‘ulotlarni qancha vaqtda tashkil qilishni insonlar o‘zlari belgilaydilar. Ushbu amaliyotdan so‘ng funksional mashg‘ulotlardan keyin talab etiladigan dam olish yoki tanaffusga hojat bo‘lmaydi. Baʼzi insonlar yoga, Pilates va Streyching kabi mashg‘ulotlardan oladigan hissiyotlarni yoqtirib qoladilar va ular bilan imkon boricha ko‘proq shug‘ullanishga harakat qiladilar. Shundan so‘ng ular o‘zlarida quvvat paydo bo‘layotgani, kuchli bo‘lib, kayfiyatlari ko‘tarilayotganini kashf qiladilar. Baʼzida esa mashg‘ulotlar sabab chuqur hissiy kechinmalarni boshdan kechirishlari mumkin, bularni anglash uchun biroz tin olishga to‘g‘ri keladi. Yaxshisi, bunday mashg‘ulotlarga qatnashni chet tilini o‘rganish bilan qiyoslash mumkin. Agar siz chet tilida gapirishni istasangiz, haftada bir marta shug‘ullanish kamlik qiladi. Siz mashg‘ulotlarni o‘tgan safar nimani o‘rganganingizni eslaydigan darajada tashkil qilishingiz kerak, shunda yangi bilimlar uchun mustahkam asosga ega bo‘lasiz.

Manba: worldclassmag.com

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.