Eng kamida kasal bo’lmaslik uchun kuniga necha qadam yurish kerak?

Total
0
Shares

O’n ming qadammi yoki besh mingmi? Balki uch ming yetarlidir?

Hammasi nimadan boshlangan edi?

Ushbu voqea 1965 yilda sodir bo’lgan edi. Sport olamida shov-shuvga sabab bo’lgan Tokiyodagi yozgi Olimpiyadadan bir yil o’tib, Manpo-kei qadam hisoblagichlari sotuvga chiqdi. Ular yapon tilida “10 ming qadam” iborasidek eshitilardi. Xullas, bu samarali marketing uslubi edi, shu sababli u qor parchasidek turli xil ma’lumotlar yordamida tez ommalashib ketdi. Ushbu mavzuda bir qancha tadqiqotlar o’tkazilgan.

10 ming qadam nazariyasi Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Britaniya sog’liqni saqlash vazirligi va albatta butun dunyoga ma’lum bo’lgan uzoq umr ko’radigan mamlakat hisoblangan Yaponiya xalqi tomonidan qo’llab-quvvatlanadi.

Kilometrda hisoblanganda 10.000 qadam qancha bo‘ladi?

Albatta, bularning hammasi individualdir. Baʼzilarining qadamlari keng, baʼzilarining qadamlari qisqa bo‘ladi. Bosib o‘tilgan yurish masofasi qadam uzunligiga qarab o‘zgaradi. Ammo o‘rtacha hisobda 10 ming qadam-taxminan 7-8 kilometr masofa bo‘ladi.

Bu qancha vaqt bo‘lishini o‘zingiz hisoblashingiz osonroq bo‘ladi. Quyida esa taxminiy hisob kitoblarni taqdim etamiz. Sekin tarzda yursangiz 1 soatda 4200-4800 qadam, o‘rtacha tezlikda 5400-6600, tez yursangiz 7200 qadamdan ko‘proq bosib o‘tishingiz mumkin.

10000, 5000 yoki 3000 qadam

Biroq, bunday yuk hamma uchun mos emas. Pavel Evdokimenko taʼkidlashicha: “Yosh va sog‘lom bo‘lsangiz, 10000 qadam yurishni ertadan boshlashingiz mumkin. Lekin, tizzalaringizda og‘riq bo‘lsa, bu siz uchun to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Bunday holatda, asta-sekinlik bilan qo‘shib borishingiz kerak”.

Ofis ishchilari, qariyalar, yaqinda jarohatlanganlar va zaiflashganlar insonlar, surunkali kasalliklari va 2 -toifa diabet bilan og‘rigan odamlarga tayyorgarliksiz ko‘p yurish tavsiya etilmaydi. Oxirgi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, agar odam muntazam ravishda kuniga besh ming yoki undan ko‘p qadam tashlasa ham, unda ortiqcha vazn, yurak -qon tomir kasalliklari va insult xavfi kamayadi.

Kuniga uch ming qadam bosish- bu do‘konlarga, jamoat transporti bekatlariga va uy atrofida yuradigan harakatsiz odamning turmush tarzi hisoblanadi. Bu albatta juda kam qadam hisoblanadi. Eng kam meʼyordagi (besh mingdan ortiq qadam) bosib o‘tish uchun kuniga atigi yarim soatlik piyoda yurish yetarli hisoblanadi. Ushbu 30 daqiqani tez yurish kerakligini hisobga oling. Yurish jarayoni qanchalar tez va jadal bo‘lsa, shunchalar samarali bo‘ladi.

Qanday harakat qilish kerak

Biz sizni ogohlantirmoqdamiz: juda tez tarzda yurish kerak. Tasavvur qiling, siz bugun yana ishga kech qolyapsiz va sizda muhim majlis bor, o‘riningiz sezilmasligini iloji yo‘q, qanday shoshilib yurasiz? Murabbiylarning so‘zlariga ko‘ra, hatto yarim soatlik jadal yurish ham sport zalisiz va sport anjomisiz bir oyda bir necha kilogramm yo‘qotishga yordam beradi. Faqat bu holatda shunday yurishingiz kerakki, sizdan ko‘proq ter chiqsin.

Albatta, bu mashqlar intensivligi hamma uchun ham foydali emas. Shuning uchun, uni o‘zingiz moslashtiring. Shuni yodda tuting, qancha sekin yursangiz shuncha uzoq masofa va vaqt yurishingizga to‘g‘ri keladi.

Qancha kaloriya yoqiladi

Shunga qaramay, har bir mashqlar individualdir. Voyaga etgan kishi bir soatlik piyoda yurish orqali 300-400 kilokaloriya sarflaydi. Har kimning 10 ming qadamlik “normasi” taxminan 400-600 kaloriyani sarflashga yordam beradi.

Har kuni kamida 1 soat yurish eng ajoyib variant. Shunda o‘zingizni sog‘lig‘ingiz haqida qayg‘urishga va ozishga imkoniyatingiz bo‘ladi.

Manba: mhealth.ru

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.