Fitnеs-klubga birinchi marta: endi shug‘ullanishni boshlaganlarga maslahatlar

Total
0
Shares

Siz muntazam ravishda fitnes-klubga borib shug‘ullanishni istaysiz, ammo buni qanday qilish kerakligini bilmaysiz? Hech nimadan qo’rqmang! Bizning maslahatlarimizni o‘qib chiqing.

Trenajyor zallar va fitnes-klublar odamlar uchun qurilgan! Jismoniy mashqlar bizning hayotimizning ajralmas qismi bo‘lishi kerak, bunday joylar esa qomatimizni saqlashga yordam beradi. Fitnes-klublarda shug’ullanish nafaqat iliq va yoqimli joyda trenajyorlar yordamida o‘rganish imkoniyatini, balki birinchi navbatda intilish beradi. Ayniqsa guruh mashg‘ulotlari!

Qachonlardir fitnes-markazida trening – o‘z tanasini “qurish”ni istagan erkaklarning imtiyozi bo’lgan edi. Hozirgi vaqtda esa trenajyor zalga tashrif buyurayotgan ayollar va erkaklar o‘rtasidagi nisbat 50% ga 50% atrofida o‘zgarib turibdi. Bugungi kunda trenajyor zaliga katta yoshdagi odamlar ham kela boshlashdi.

Fitnes-klubga borishdan avval, kuch mashg‘ulotlari uchun tavsiya etilmagan tibbiy ko‘rsatmalar yo‘qligiga ishonch hosil qilish kerak. Agar yo‘q bo‘lsa, unda siz o’zingizga mos treningni aniqlab olishingiz kerak. Albatta, hammasi siz qanday natijaga erishishni istayotganingizga bog‘liq.

Siz trenajyor zalga qanday maqsadda bormoqchisiz:

  • ozish
  • mushak massasini oshirish
  • qomatingizni saqlash
  • organizmni mustahkamlash

Siz o’zingiz uchun hal qilib olganingizdan keyin, fitnes-klubni izlashni boshlashingiz mumkin.

Qaysi zalni tanlash kerak?

Fitnеs-klubga birinchi marta: endi shug‘ullanishni boshlaganlarga maslahatlar
Rasm: shutterstock.com | @Soonthorn Wongsaita

Agar siz yashaydigan joy yaqinida bir qancha zallar bo’lsa, ularni ko’rib chiqishga borish kerak. U yerning muhitini, zalning ko’rinishini biling, narx va takliflarini solishtiring. Ko‘pincha ma’lum bir hudud aholisi uchun mo’ljallangan va katta bo‘lmagan trenajyor zallarda do‘stona muhit bo‘ladi, ammo ba’zilarida faqat erkaklarga mos sharoit bo’lib, endi boshlayotganlar o’zini noqulay sezadi. Agar sizning ish vaqtingiz nostandart bo‘lsa, u holda zalning ishlash vaqtini ham bilib oling.

Ularning hammasi bir-biridan o‘lchami, sport anjomlari, bajarilish didi va ruhiy iqlimi bilan farqlanib turadi. Siz o’zingizga katta savdo markazlarida joylashgan zamonaviy obyektlardan birini yoki tinch joydagi katta bo‘lmagan binodagi trenajyor zalini tanlab olishingiz mumkin.

Barchasi sizning xarakteringiz va talabingizga bog‘liq. Katta fitnes-klublar individual mashg‘ulotlardan tashqari guruh mashg‘ulotlari, spinning (statsionar velosipedlardagi mashqlar) va saunali dam olish zonasini ham taklif etadi.

Katta bo‘lmagan trenajyor zallar asosan erkin og’irlik va og‘irlashtirilgan trenajyorlarda mashq qilshga ruhsat beradi va odatda, bir necha yugurish yo‘lakchalari va velotrenajyorlari bo’ladi.

Siz o‘zingizga to‘g‘ri keladigan trenajyor zalini tanlaganingizdan keyin, bepul o’tkaziladigan birinchi mashg‘ulot to‘g‘risida so‘rab ko‘ring. Bunday mashg‘ulotlar siz abonement sotib olguningizgacha r bir necha joylarni solishtirish va birlamchi qaroringizni o‘zgartirish imkonini beradi.

Trenajyor zalga o’zim bilam nima olishim kerak?

Birinchi navbatda o‘zingizga ishonch va a’lo kayfiyatni oling! Bundan keyin esa:

  • sport kiyimi (shorti, futbolka, paypoq, zarurat bo‘lsa tolstovka, sport ichki kiyimi, yaxshigina terlashingiz mumkin);
  • sport oyoq kiyimi;
  • kichik sochiq;
  • ichimlik suvi yoki izotonik ichimlik (majburiy);
  • agar siz mashg‘ulotdan keyin saunaga kirmoqchi yoki dush qabul qilmoqchi bo‘lsangiz, o‘zingiz bilan katta sochiq, oyoq kiyim va kosmetika vositalarini olib oling.

Siz u yerda, kiyimlaringizni almashtirib olganingizdan keyin, instruktordan yordam so‘rashga uyalmang. U sizga har bir trenajyorda, o‘zingizga shikast yetkazmagan holda, to‘g‘ri shug’ullanish kerakligini tushuntirib beradi. Shu bilan birga, siz individual darslar ham olishingiz mumkin. Individual darslarda trener o‘rgatish dasturini belgilab oladi va ko‘pincha sizning talabingizdan kelib chiqqan hoda, parhez tanlashga yordamlashadi.

Kerak bo‘lmagan stress

Fitnеs-klubga birinchi marta: endi shug‘ullanishni boshlaganlarga maslahatlar
Rasm: shutterstock.com | @wavebreakmedia

Zaldagi qomatiga ishlov berilgan erkak va ayollardeka ko’rinishmaganligi uchun ko’pchilik trenajer zalga borishga uyalishadi. Qarashlardan, kulgu bo’lishdan va gap-so’zlardan qimtinishadi. Aslida bunday narsaning o‘zi yo‘q!

Trenajyor zalda hamma o‘zi bilan band, hamma o‘zi ham qachonlardir endigina shug‘ullanishni boshlaganini, o‘shanda ortiqcha vazni bo‘lgani yoki aksincha oriqqina bo‘lganini yodidan chiqarmagan. Zalda do‘stona muhit hukmronlik qiladi, doimo o‘zingizdan ancha tajribali, kanda qilmay shug’ullanayotganlardan mashqni qanday qilib to‘g‘ri bajarish mumkinligini va qanday mashqlar majmuasini tavsiya etishlarini so‘rab olishingiz mumkin.

Shuni ham yodda tutingki, agar siz qandaydir bir trenajyordan foydalanishni rejalashtirib qo‘ygan bo‘lsangiz-u, u aynan shu paytda band bo‘lsa, unda sizni mashq qildirayotgan trener oldiga borib, siz navbat bo‘yicha shug‘ullanishga ruxsat olishingiz mumkin. Albatta, sizga rad javobini berishmaydi. Yana bir gap: zalga kirar ekansiz, u yerdagilar bilan salomlashishni unutmang. Agar bu bir necha odam bo‘lsa, u holda har biri bilan qo‘l berib so‘rashing. Agar ko‘pchilik bo‘lsa, u holda faqat yoningizdagilar bilan so‘rashib chiqing. Qo‘rqmang! Mashq qilishni boshlang!

Agar sizning qaddi-qomatingiz ideal bo‘lmasa, xavotirlanmang, o‘zingizni boshqalar bilan solitshtirmang va o’zgarishlardan cho‘chimang. Trenajyor zali – bu hamma o‘z tanasini mashq qildiradigan va o‘zi bilan o‘zi band bo‘lgan joy. Hamma ham qachonlardir shug‘ullanishni boshlagan!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.