Fitnes mashg‘ulotlar uchun qanday gilamcha (mat) tanlash kerak?

Total
0
Shares

Bu mahsulot ko‘magi albatta fitnes klublardagi mashg‘ulotlarda qo‘l keladi. Undan tashqarida esa, ko‘chma mashg‘ulot vazifasini bajaradi. Mashg‘ulotlarda sizni uyaltirib qo‘ymaslik uchun gilamcha (mat) chidamli va qulay bo‘lishi kerak. Shuning uchun gilamcha tanlashdagi muhim nuqtalarga ahamiyat berish lozim.

Mat faqat mashg‘ulot paytida qulay va yumshoq bo‘lishi uchun mo‘ljallanmagan. Uning bundan tashqari boshqa muhim vazifalari mavjud. Trenajyorlarsiz qilinadigan ko‘plab mashqlarni fitnes matisiz bajarishni iloji yo‘q. Pol ustida turgan holatda bajariladigan mashqlarda mat xavfsizlikni taʼminlaydi: faol harakatlar davomida  muvozanatni taʼminlaydi va sirpanib ketishni oldini oladi. Mat yerda mahkam joylashishi lozim, va ustki tomoni shunday bo‘lishi kerakki uning ustida qo‘llar va oyoqlar sirpanib va yurib ketmasligi kerak.

Qo‘shimcha ravishda, mat mashg‘ulotlar ozoda tarzda kechishida yordam beradi, chunki boshingiz, tanangizni ochiq qismlari yoki baʼzan yuzingiz bilan yerga tegishga to‘g‘ri keladi shunday holatda toza yuzada shug‘ullanish ancha yoqimlidir.

Matni uni kerakli turlari orasidan tanlashni boshlang. Hamma bilmasligi mumkin, lekin yoga uchun mat yoki turistik pena (ko‘pik) uni o‘rinini bosa olmaydi.

Matning turlari

Eng yaxshi yo‘li matni o‘zingiz shug‘ullanmoqchi bo‘lgan mashg‘ulot turidan kelib chiqib tanlagan afzal: sababi matning ayrim xususiyatlari shunga bog‘liq bo‘ladi. Ichkarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar uchun mat yupqaroq bo‘ladi, tashqarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda mat qalinroq bo‘lishi kerak- 8 mmdan boshlab, sababi ular sizni yerdagi namlikdan va sovuqdan saqlaydi, sathdagi notekisliklarni tekislaydi. Ko‘p terlashga sabab bo‘ladigan faol fitnesda, sirpanmaydigan matni (masalan kauchukdan bo‘lgan) tanlash kerak shunda qo‘llar nam bo‘lganda ham uning yuzasida sirg‘anib ketmaydi, agar mashg‘ulotlarda ko‘p kuch sarflashga to‘g‘ri kelmasa matning boshqa jihatlariga eʼtibor berish mumkin.  

Turli xil fitnes mashg‘ulotlar uchun alohida maxsus matlar ham bo‘ladi. Masalan, abs mat- maxsus yostiqsimon mat bo‘lib press mashqlari uchun mo‘ljallangan, ko‘rinishida bel uchun to‘shakka o‘xshaydi. Shuningdek, orqa tomonidan qismlarga ajralgan flex mats transformer matini topish mumkin. Bu sizga matni bir necha bor buklash orqali maʼlum bir mashq uchun  kerakli qalinlikdagi to‘shakka erishish imkoniyatini beradi.

Eng keng tarqalgan xató- EVA (etilenvinilasetat) materialidan bo‘lgan turistik pena xarid qilish. Ularning asosiy afzalligi- yumshoqligi va termoizolatsiya mavjudligi, safarga chiqqanda ularni yer yoki tosh ustiga to‘shaladi, sovuq va qattiq joyda o‘tirmaslik uchun. Ushbu ko‘pikdan qilingan matlar fitnes uchun to‘g‘ri keladigan boshqa xususiyatlarga ega emas. Aksincha, ularning usti tez ivib qoladi va polda sirg‘anib ketadi.

Uzunligi, qalinligi va kengligi.

Standart gilamlarning parametrlari- uzunligi 180 sm va kengligi 60 sm bo‘ladi. Shunga qaramay o‘zingizdan  kelib chiqib mat tanlash to‘g‘riroq bo‘ladi.

Tanlashning oddiy qoidasi mavjud: ideal holatda mat sizning bo‘yingizdan 10-15 sm uzunroq bo‘lishi kerak, shunda siz unga butun tana bilan yota olasiz va biroz ortiqcha joy qoladi. Agar mashg‘ulotlarda ko‘p harakatli mashqlar (masalan, oldinga oyoq tashlanadigan) bo‘lsa, yana-da uzunroq mat tanlash kerak.

Matning qalinligiga kelsak, mashg‘ulotdagi faoliyat turi ahamiyatga ega. Agar mashg‘ulotlarda tizzangizda va tirsaklaringizda tayanib turishga to‘g‘ri kelishini bilsangiz, ortiqcha noqulayliklar va og‘riqlarga sabab bo‘lmasligi uchun matdan foydalanish lozim, chunki asosan mashqlardagi yuklamar stressga sabab bo‘ladi.

1,5 dan 3 mmgacha qalinlikdagi yupqa matlar bor- ulardan foydalanish noqulay va ularda yerga yotib bo‘lmaydi. Ularni asosan PRO darajadagi tajribaga ega yoga ixlosmandlari tanlaydi, ularga mashg‘ulot paytidagi yumshoq qulayliklar ahamiyatga ega emas.

Sport zalida shug‘ullanuvchi ko‘pchilik insonlar uchun 4 mm qalinlikdagi matlar standart va optimal variant. Ushbu mat kerakli qulaylik bilan taʼminlaydi: poldagi sovuq haroratni his qilmaysiz va u qattiqlik qilmaydi.

6-8 mmlik matlar o‘ta sezuvchan va taʼsirchan insonlarga mos keladi. 

8 mm dan qalin mat turlari ham mavjud, ular bilan sport zalida shug‘ullanish biroz qiyinchilik bo‘ladi, sababi ularda muvozanatni saqlash biroz qiyinroq. Agar siz ko‘chada mashg‘ulotlar o‘tkazishni rejalashtirgan bo‘lsangiz unda bu mat qulay va mos keladi, ko‘chadagi mashg‘ulotlar qalin matlarni talab etadi.

Material

Materialni tanlash ham muhimdir, chunki mashg‘ulot paytida siz u bilan aloqada bo‘lasiz. Matning sifati unga bog‘liq, bu esa o‘z navbatida mashg‘ulotlarning sifatiga taʼsir qiladi. Ko‘pincha qanday materiallar ishlatiladi?

  • PVX (polivinilxlorid).

Ushbu sintetik materialdan qilingan matlar hamyonbop narxda bo‘ladi. Ular yetarlicha kuchli va bardoshli, yerga yaxshi yopishadi – sirg‘anmaydi. Ammo, ko‘plab fitnes ixlosmandlarining tajribasiga ko‘ra, ularning sifati har doim ham mukammal bo‘lmaydi. Yana bir kamchilik shundaki, PVX matlar juda katta ekologik xususiyatga ega emas.

  • TPE (termoplastik-elastomer).

Bu materialda hammasi ancha yaxshi. Bu material elastik, namlikni singdirmaydi (shuning uchun uni toza saqlash oson), uzoq yil davomida eskirmaydi, sirg‘anib ketmaydi.  Mat va TPE materialini ushlash juda yoqimli. Qo‘shimcha ravishda, TPE o‘zi biologik tarzda chiriydi. Bu qulayliklar uchun PVXdan biroz ko‘proq pul sarflashga to‘g‘ri keladi.

  • Tabiiy kauchuk.

Kauchukdan bo‘lgan matlar shunchaki siljimaydi, ular tom maʼnoda polga yopishadi. Ular namlikni qaytarmaydi, balki yutib yuboradi, bu esa sirg‘anishni va mashg‘ulotlardagi xavfni oldini olish imkonini beradi. Bundan tashqari, ular ekologik jihatdan qulay (parchalanadigan va osonlik bilan qayta ishlanishi mumkin). Kamchiliklar orasida ularni og‘irligi deb atash mumkin: ular boshqa matlarga qaraganda og‘irroq, lekin bu hamma uchun muammo bo‘lmaydi. Bunday gilam lateks allergiyasi bo‘lgan odamlar uchun muammo bo‘lishi mumkin – bunday matlar ularga to‘g‘ri kelmaydi.

Matlar ishlab chiqarishda boshqa tabiiy materiallardan foydalanish mumkin, lekin bu kamdan kam hollarda uchraydi; bundan tashqari, bu variantlar qimmatroq va shuning uchun kamroq tarqalgan. Bu materiallar jut, bambuk va po‘kak bo‘lishi mumkin.

Mat qoplamasiga eʼtibor bering. Baʼzilarida oldi va yerga qo‘yiladigan tomonidan farq qiladi. Ayrim matlar bo‘rtgan naqshlarga ega bo‘ladi, va yuzaga chiqib turadi va ular sirg‘anmasligi uchun shunday qilinadi. Baʼzida matlar ustki qatlami antibakterial modda singdiriladi. Siz tanlagan matning bunday afzalliklari borligini tekshirib ko‘ring.

Maslahat: sirg‘anishni minimal darajagacha kamaytirishni va o‘zingizni noqulayliklardan saqlashni yana bir uslubi- doim mat bilan birgalikda yoningizda kichkina sochiq olib yuring, va ularni tananing faol qismlari ostiga qo‘ying. Ushbu layfxak sizga fitnes bilan yana-da ozoda shug‘ullanishga imkon beradi.

Fitnes mat tanlashdagi tavsiyalar ro‘yxati

O‘lchami va qalinligi, o‘zingiz shug‘ullanadigan fitnes turiga mos mat topdingizmi?

Mat sizga mashg‘ulotlarda foyda keltirishi va yoqimli kechishini taʼminlashi uchun bir nechta punktlarga ko‘ra matni tekshirib ko‘rishingiz sizga foydadan xoli emas.

Sirg‘anuvchanligi. Mat uni ustida harakatlanganingizda polda yaxshi yopishib turishiga eʼtibor bering.

Cho‘ziluvchanlik. Matni tortib cho‘zib ko‘ring uni cho‘ziluvchanlikni aniqlash uchun- materiali cho‘zilib qolmasligi kerak.

Qulaylik. Tirsaklarda yoki tizzada, belda turib mashqlar qilganingizda qanchalar mat qulayligini kichik sinovdan o‘tkazib ko‘ring. Mat tayyorlangan material teginganda yoqimli bo‘lishi ham muhim.

Tarkibi. Matning tarkibi nimadan tayyorlanganiga eʼtibor berib uning yorliqni o‘qing- sifati va qancha vaqt mobaynida xizmat qila olishi ahamiyatli.

O‘lchami. Matni yig‘ilgan holatida qarang: uni uyda saqlash qulaymi va mashg‘ulotlarga o‘zingiz bilan birga olib borish imkoniyati mavjudmi? Uzunligi, qalinligi va kengligini qayta ko‘rib chiqish kerak emasmi? Sayohatlarda mashg‘ulotlar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar uchun o‘zini yengillik bilan ajralib turuvchi maxsus travel mats mavjud.

Manba: worldclassmag.com

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.