Har kuni 8 stakan suv ichishning tanaga ta’siri qanday?

Total
0
Shares

Rossiyalik bloger Vova Romanchenko kuniga ikki litr (yoki sakkiz stakan) suv ichishga qaror qildi va bir oylik tajribadan keyin nima o‘zgarganini ko‘rdi. “Siz shunchaki suv ichishingiz kerakdek tuyulardi, lekin kunlik normani hisoblab, kuniga qancha suv ichishim kerakligini tushunganimdan so‘ng, avvaliga oson bo‘lmadi”, deb tan oldi blogger.

Blogger haqiqatan ham kuniga “kerakli” miqdorda suv ichish juda muhimmi yoki odam haqiqatan chanqagandagina yetarli miqdorda ichishni sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi. Bir oylik tajribadan so‘ng Vova Romanchenko o‘z kuzatishlari bilan o‘rtoqlashdi:

Ertalab bir stakan suv uxlashingizga imkon bermaydi: siz ichgan birinchi stakan yana uxlab qolishingiz oldini oladi, shuning uchun uyg‘onish osonroq bo‘ladi;

Kuniga ikki litr ichish faqat birinchi haftada qiyin: keyin tana ko‘nikadi va o‘zi ko‘proq suyuqlik talab qila boshlaydi;

Shirin sharbatlar va gazli ichimliklar ichish istagi yo‘qoladi: suv shunchaki barcha muqobil ichimliklar o‘rinini bosadi;

Sog‘lik holati yaxshilandi: blogger bu odatiga rioya qilishni davom ettirishga qaror qildi.

Biroq, kuniga roppa-rosa ikki litr suv ichishga shoshilinch ehtiyoj yo‘qligi taʼkidlangan. Har bir inson o‘z ehtiyojiga ega bo‘lishi mumkin, ayniqsa suyuqlikning bir qismi oddiy oziq-ovqat bilan birga tanaga kiradi. Ko‘rsatkich odamning vazni, jinsi, yoshi va jismoniy xususiyatlariga bog‘liq.

O‘z suv isteʼmol meʼyoringizni qanday hisoblash mumkin?

Yevropa oziq-ovqat xavfsizligi agentligi mutaxassislari normani kilogramm bilan hisoblashni tavsiya qiladi – har bir kilogrammga 25-30 millilitr suyuqlik to‘g‘ri keladi. Tanadagi stress darajasini ham hisobga olish kerak: uzoq muddatli issiqlik yoki intensiv mashg‘ulotlar ko‘proq suyuqlikni oladi, shuning uchun bunday hollarda kilogramm hisobiga suvni 50 millilitrga ko‘paytirish kerak.

Agar siz juda ko‘p suv ichsangiz nima bo‘ladi?

Yurak va buyraklarga yuk miqdori ortib, organizmdagi suv-tuz balansi buziladi. Eng kamida- siz tez-tez hojatxonaga borasiz. Juda ko‘p suyuqlik qondagi natriyning pasayishiga ham olib kelishi mumkin. Natriy odatda qon hujayralari va to‘qimalar o‘rtasida normal suv almashinuvi, organizmdagi kislota-ishqor muvozanatini saqlash, nerv impulslarini uzatish va mushaklarning qisqarishini taʼminlash uchun organizmga kerak.

Manba: mhealth.ru

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.