Ish vaqtida qilishingiz mumkin bo‘lgan 7 ta chigal yozish mashqlari

Total
0
Shares

Devor va stul bor xar qanday joyda ushbu mashqlarni bajarishingiz mumkin.

Kompyuter yoki smartfonda uzoq vaqt ishlash bo‘yin va belda yoqimsiz og‘riqqa sabab bo‘ladi. Ulardan qutulishning eng yaxshi usuli – mushaklarni cho‘zish. Bu tana mushaklarini bo‘shashtirish va cho‘zish uchun mashqlar to‘plami.

Har bir statik mashqda – biz biroz qotib turamiz va harakat qilmaymiz – biz 20-30 soniya yoki cho‘zilgan zonada yengillik paydo bo‘lguncha turishni tavsiya qilamiz. Dinamik mashqlarda – tananing qaysidir qismi to‘liq bo‘shashguncha uni harakatlantirib turamiz.

  1. Ochiq sonlar mashqi

Uzoq vaqt davomida bir xil holatda o‘tirish tufayli tananing pastki qismida qon aylanishi buziladi, shuning uchun dumba, son va belning pastki qismi og‘riy boshlaydi. Bir nechta harakat bilan siz bir vaqtning o‘zida tananing uchta qismini cho‘zishingiz mumkin.

Kresloning chetiga o‘tiring, tovonlarni son kengligida tizzalar ostiga joylang.

Bir oyog‘ini boshqa oyog‘ining tizzasiga qo‘ying. Bunday holda, ko‘tarilgan oyoqning tizzasi tushirilishi va yon tomonga yo‘naltirilishi kerak.

Ko‘kragingizni oyoqlaringizga qo‘ymoqchi bo‘lgandek, sekin oldinga egilib turing.

Mushaklardagi yengillikni his qilmaguningizcha shu holatni saqlang.

Boshqa oyoq uchun ham xuddi shunday qiling.

2. Oldinga egilish mashqi

Kompyuter oldida uzoq ish kunidan keyin siz jismoniy va hissiy jihatdan dam olishni xohlaysiz. Jismoniy mashqlar belning pastki va bo‘yiningizdagi stress va taranglikni bartaraf etishga yordam beradi.

Kreslo oldida turing.

Tirsaklaringizni egib, ularni o‘rindiqqa yoki orqasiga qo‘ying.

Egiling va peshonangizni qo‘llaringizga tushiring.

Bo‘shashing.

3. Bel uchun hordiq mashqi

Agar bel mushaklaringiz juda toliqan bo‘lsa, unda stul bilan cho‘zish sizga albatta yordam beradi. Buning uchun:

Stulga o‘tirib, yon tomondan stul orqasiga buriling.

Ikkala qo‘lingizni stulning orqa tomoniga qo‘ying.

Tanani qo‘llaringiz tomon silliq burang.

Qo‘lingizni diagonal ravishda stul oyog‘iga cho‘zing. Agar imkoniyati bo‘lsa, uzoqdagi oyoqqa cho‘ziling. Belingizni tekis tuting.

Ushbu holatda bir necha soniya turing.

Boshqa tomonga shu harakatni takrorlang.

4. Yengil yelkalar mashqi

Biz ko‘p vaqtimizni klaviatura yoki mashina ruli oldida o‘tkazamiz. Shuning, bu vaziyatda qo‘llarimiz notabiiy holatda bo‘ladi va bu yelkalarni zo‘riqtiradi. Quyida ularni cho‘zishning eng oson usullaridan biri:

Devorga yaqin turing.

Qo‘llaringizni tepaga va kaftlarni devorga qarab ko‘taring

Oyoqlaringizni sekin o‘z ortingizga tushiring va ularni egmaslikga harakat qiling.

Ikkinchi qo‘lingiz uchun ham shu harakatni davom ettiring.

5. Yuzni yarimi yerga qaragan holdagi mashq

Ushbu mashq butun tanani to‘liq dam olish va cho‘zish uchun mo‘ljallangan. Ayniqsa, bel, son va tizza osti paylari uchun ajoyib mashq.

Stulni orqasida turing.

Qo‘llaringizni uning orqa tomoniga qo‘ying.

Sekin-asta egilib, iloji boricha orqaga qadam qo‘ying.

Qo‘llaringizni, oyoqlaringizni va belingizni tekis tuting.

Tanangizda yengillik sezilguningizcha kuting.

6. Ochiq yelkalar mashqi

Yelkangizni to‘g‘rilashga, diafragmani cho‘zishga va chuqur nafas olishga imkon beruvchi mukammal mashq texnikasi.

Stulning chetiga tik o‘tiring.

Bir qo‘lni yuqoriga ko‘taring.

Uni teskari yo‘nalishda cho’zing.Bel tekis holatda bo‘lsin.

Mashqni boshqa tomonga ham takrorlang.

Stulni pastki orqa qismini tekis tarzda qo‘llar bilan ushlang.

Ko‘krakni oldinga va yuqoriga cho‘zing.

Ko‘krak mushaklaringizni bo‘shashtiring va bu holatda bir necha soniya ushlab turing.

7. Bilaklarni bo‘shashtirish mashqi

Noutbukda soatlab yozish, sichqonchani bosish va smartfonni ishlash bilak va yelkalarni ortiqcha zo‘riqtiradi , bu esa mushaklarda qon bosimi oshishiga olib keladi. Quyidagi mashqlar ularni cho‘zish va bo‘shatish uchun mo‘ljallangan.

Bilaklar uchun:

To‘g‘ri turing.

Qo‘lingizni oldingizda cho‘zing, kaftingizni yuqoriga ko‘taring.

Ushbu qo‘lning barmoqlarini boshqa qo‘lingiz bilan ohista o‘zingizga torting.

Bir necha soniya ushlab turing, so‘ngra boshqa qo‘l bilan ham xuddi shunday qiling.

Yelkalar uchun:

To‘g‘ri turing, ikkala qo‘lingizni yuqoriga ko‘taring.

Barmoqlaringizni qulfga o‘xshatib bir- birini ichiga o‘tkazing.

Kaftlaringizni shiftga qarab cho‘zing.

Qo‘llaringizni yuqoriga cho‘zing.

Ushbu mashqlar to‘plami sizga har doim baquvvat va sog‘lom bo‘lishga imkon beradi, hatto ish kuni hech qachon tugamaydiganday tuyulsa ham. Qon aylanishining yaxshilanishi esa vazifalarni yana-da ijodiy bajarishga yordam beradi.

Manba: Lifehacker.ru

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.