Jan-Klod Van Dammning ovqatlanish va mashg’ulotlarga bog’liq 5 ta tamoyillari

Total
0
Shares

Aktyorga 60 yoshdan keyin ham ajoyib holatda  bo‘lishga nima yordam beradi?

2021 yil oktyabr oyida Jan-Klod Van Damm 61 yoshga to‘ldi, ammo aktyorning jismoniy tayyorgarligiga hali ham havas qilish mumkin. Maʼlum bo‘lishicha, u 5 ta asosiy tamoyil tufayli mushaklarni yaxshi holatda saqlashga muvaffaq bo‘lgan.

Muntazam jismoniy mashg‘ulotlar

Aktyor yaxshi jismoniy holatni saqlash uchun suratga olish jarayonlari orasidagi tanaffusda ham sport bilan shug‘ullanadi. Unda tizimli mashg‘ulotlar tartibi yo‘q deb o‘ylash noo‘rin, u bir kunini sportga bag‘ishlaydi, ikkinchi kuni- tiklanishga. Shuningdek, sportchi doim o‘z mashg‘ulotlar rejasiga kardio mashqlarni qo‘shadi- ularni haftasiga 3 marotaba bajarishga harakat qiladi.

Jang sanʼatiga qiziqish

Van Damm 10 yoshidan karate bilan shug‘ullanadi: 16 yoshida u qora kamarni qo‘lga kiritib, Evropa chempioni bo‘lgan. Biroq aktyor birgina sport turi bilan cheklanib qolmay, yana to‘rtta jang sanʼati: kikboksing, muaytay, kung-fu va taekvondo o‘rgangan.

To‘g‘ri ovqatlanish

Van Damm ovqatlanishda ham qatʼiy tamoyillarga amal qiladi. Avvalroq, u go‘shtni juda kam isteʼmol qilishini tan olgan edi: oyiga bir marta mol go‘shti bifshteksi u uchun maksimal meʼyor. Aksincha, aktyorning ratsionida meva va sabzavotlar ko‘p. Misol uchun, u kunni rezavor mevalar bilan boshlaydi, Van Dammning so‘zlariga ko‘ra, ular tanani vitaminlar bilan boyitishga yordam beradi.

Kichik porsiyalarda

Aktyor kuniga olti-sakkiz marta ovqatlanadi, lekin ortiqcha ovqatlanmaydi. Bu chastota, uning fikricha, metabolizmni yaxshilaydi va organizmda ko‘p yog‘ to‘planishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Chigal yozish mashqlari

Mashqlarni tugatgandan so‘ng, u albatta chigalini yozadi. Aynan shu mashqlar Van Dammga mashg‘ulotlardan so‘ng mushaklarni tezroq tiklashga yordam beradi, chunki bu sut kislotasi ishlab chiqarishni kamaytiradi.

Manba: mhealth.ru

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.