Kamharakat turmush tarzi salomatligimizni qanday salbiy taʼsir qiladi?

Total
0
Shares

Doimiy o‘tirish sizning sog‘lig‘ingiz va kayfiyatingiz uchun tahdid ekanligini eslatish uchun uchta sababimiz bor. Albatta, biz zararni qanday kamaytirishni bilamiz.

Semirishga olib keladi

Ko‘pincha kamharakat turmush tarziga ega bo‘lgan odamlarda faol harakatlanuvchilarga qaraganda o‘lim xavfi ancha yuqori bo‘ladi. Qo‘shimcha salbiy holat ortiqcha vazn bo‘lib, uning ko‘rinishi kamharakat bo‘lganlarda muqarrar. Natijada, uzoq vaqt o‘tirish yurak-qon tomir va nafas olish tizimi kasalliklaridan kelib chiqadigan o‘lim bilan bog‘liq.

Ko‘plab tadqiqotlar jami jismoniy faollik miqdoridan qatʼiy nazar, harakatsiz turmush tarzi zararli ekanligini tasdiqlaydi. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, bir kun stulda o‘tirib, biz o‘zimizga shunday zarar keltirmoqdamizki, uni sport zalida bir soatlik mashg‘ulot bilan qoplab bo‘lmaydi. Siz kun davomida faoliyatni qanday taqsimlashni o‘rganishingiz kerak. Yaxshiyamki, har bir qo‘ng‘iroqdan keyin 30 marta otjimaniya qilishingiz shart emas. Har yarim soatda ofis atrofida yurish va, ehtimol, stuldan voz kechish haqida o‘ylash kifoya. Masalan, Virgin Airlines aviakompaniyasi, ko’pdan beri, tik turgan yoki yurgan holatda uchrashuvlar o‘tkazib keladi – bu nafaqat oyoqlar uchun, balki miya uchun ham ajoyib stimulyatsiya.

Qomatni yomon holatga olib keladi

Bukchayganlik (umurtqa pog‘onasining egriligi va natijada son mushaklaridagi tarangliklar) semirishdek birdek xavfli. Olimlar giperkifoz – ofis xodimlarida uchrovchi, oldinga egilishi – 30 dan yuqori tana massasi indeksi kabi sog‘liq uchun zararli ekanligini aniqladilar.

Bukchayganlik nafas olish paytida ko‘krak qafasining hajmini kamaytiradi, shuning uchun biz kamroq kislorod olamiz – va yurak va o‘pka normal ishlay olmaydi. Bu oxir-oqibat umr ko‘rish davomiyligiga salbiy taʼsir ko‘rsatishi aniq. Muammo shundaki, biz ishdan tashqari ko‘p vaqtimizni mitti ekranlarga qarab o‘tkazamiz. Agar siz bugun ishdan ketishga tayyor bo‘lmasangiz, hech bo‘lmaganda sizning belingiz doimo stulning orqa tomoniga suyanib turishiga ishonch hosil qiling. Va smartfoningizni yuzingiz oldida ushlab turing. Yelkangizning mushaklarini ham mustahkamlaysiz.

O‘limga sabab bo‘ladi

2014 yilda 53 nafar britaniyalik stullar bilan muomala qilish chog‘ida halok bo‘lgan (bular baxtsiz hodisada vafot etgan 6915 kishilar ichidan). Bu qanday bo‘ldi? Ularning baʼzilari stulda chayqalib, orqaga yiqildi, kimdir mast holatda uzoq vaqt davomida ulardan sakrab tushdi, kimdir lampochkalarni burab qo‘ydi … Nihoyat, bo‘yiniga stul qo‘yganlar ham bo‘ldi, lekin ular bu ro‘yxatda yo‘q edi. Ularning xatolarini takrorlamaslikga harakat qiling: eskirgan mebelda tebranish qilmang, stulda turib shiftga chiqmang va stullardan sakramang – bu haqiqatan ham xavfli mebel!

Manba: mhealth.ru

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.