Kelishgan qomat va kuchli mushaklarga ega bo‘lishni istaganlarga 6 maslahat

Total
0
Shares

Yordam so‘rashdan uyalmang va bilimlaringizni oshiring. Biz sizga ishonamiz!

Biz katta-katta maqsadlaringiz qog‘ozda qolib ketmasligi uchun nima qilishingiz kerakligini aytamiz va bu borada Motify ilovasi videoaloqa vositasida onlayn-mashg‘ulotlar bilan sizga qanday yordam berishi mumkinligini tushuntirib beramiz.

1. Kun tartibingizni ko‘rib chiqing

Birinchi qadam — sport bilan shug‘ullanish uchun vaqt topish. Odatda ish va uydagi vazifalar birinchi o‘ringa qo‘yiladi, jismoniy faollik uchun esa ortgan kuch va vaqt sarflanadi. Aslida, vazifalarga emas, avvalo o‘z hislarimizga eʼtibor qaratishimiz lozim. Yana kun tartibimizdagi boshqa ishlar qatoriga sport mashg‘ulotlarini ham munosib shaklda qo‘shganimiz maʼqul. Agar siz ertalabki mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishda qiynaladigan bo‘lsangiz, bu sizning sport uchun dangasa ekaningizni anglatmaydi. Ehtimol, ayni mashqlar majmuasini kechki payt osonlik bilan bajararsiz. Agar aksincha bo‘lib, ishdan keyin mashg‘ulotlar uchun kuchingiz va vaqtingiz yetmaydigan bo‘lsa, u holda kuningizni sport mashqlari bilan boshlashga urinib ko‘ring. Agar o‘ta faol paytingiz kunduz vaqtiga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, mashg‘ulotlarni tushlik uchun berilgan tanaffus paytida ham bajarishingiz mumkin. Asosiysi, mashq qilayotganingiz haqida boshqalarni ogohlantirib qo‘ying, shunda ortiqcha gap-so‘zlarga hojat qolmaydi.

To‘g‘ri tuzilgan jadval o‘zingizni qiynashingizga yo‘l qo‘ymaydi, balki maroq bilan shug‘ullanishga imkon beradi. Kunning istalgan vaqtida shaxsiy murabbiy bilan shug‘ullanish va yo‘lda ketadigan vaqtingizni bekor o‘tkazib yubormaslik uchun telefoningizga Motify ilovasini o‘rnatib oling. Siz o‘zingiz xohlagan murabbiyni tanlashingiz va u bilan oyoqlaringizda kuch qolmagan va boshqa tashvishlar bilan band bo‘lgan paytingiz emas, balki o‘zingizga qulay bo‘lgan vaqtda shug‘ullanishingiz mumkin bo‘ladi. Xizmat individual mashg‘ulotlar samaradorligini oshirishga yordam beradi va sport zal ish vaqtiga moslashib o‘tirmay istagan vaqtingizda uyda shug‘ullanishga imkon beradi.

2. O‘zingizga haqiqatan ham yoqadigan sport turini tanlang

Sizning Instagram tarmog‘idagi do‘stlaringiz gilamchada yoga mashqlarini qilib o‘tirgan kishilardan iborat bo‘lsa ham, bu sizning ham aynan shu sport bilan shug‘ullanishingiz kerakligini anglatmaydi. Uy sharoitida sportning turli ko‘rinishlari bilan shug‘ullanishingiz mumkin: raqs tushish, tosh ko‘tarish, o‘z vazningiz bilan fitnes-mashg‘ulot olib borish, mashqlarni o‘zgartirib kardio yuklamalarni bajarish va h.k. Ehtimol sizga sokin musiqa sadolari ostida nozik harakatlarni bajarish yordam berar. Yoki aksincha, Pilates yoki raqsli zumba (lotin amerikasi musiqasiga raqs tushishga asoslangan fitnes dastur) sizga kerakli quvvatni berishi mumkin.

Motifyda turli sport yo‘nalishlari bo‘yicha murabbiylar faoliyat yuritishadi. Masalan, Yoganing o‘zi bir necha turlarga bo‘linadi: dinamik vinyasadan boshlab maksimal sokinlikdagi in-yogagacha bo‘lgan turlar. Siz kuch ishlatish talab qilinadigan ashtang mashqlari uchun murabbiy tanlashingiz yoki umurtqangiz tekis bo‘lishi uchun munosib mashqlarni belgilab beruvchi mutaxassisni topishingiz mumkin. Agar shpagatning barcha ko‘rinishlarini o‘rganmoqchi yoki vazn tashlamoqchi bo‘lsangiz aynan shu yo‘nalishlardagi mutaxassislarni izlang. Kardio mashqlarni ko‘proq yoqtirsangiz, xizmat sizga yurak qon-tomir tizimini harakatlantirishni o‘rgatuvchi mutaxassisni tavsiya qiladi.

3. Yordam so‘rashdan uyalmang

O‘z maqsadingiz bilan yolg‘iz qolish vazifangizni yana-da qiyinlashtiradi. Yordam so‘rashdan va bunda yaqinlaringizning o‘z hissalarini qo‘shishlaridan tortinmang. Umr yo‘ldoshingiz mashq qilayotganingizda taom tayyorlashi yoki maxsus buyurtma qilishi mumkin. Do‘stlaringiz esa ruhingizni ko‘tarishlari va to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganingizni eslatishlari mumkin. Bundan tashqari, do‘stlaringiz bilan masalan bayramgacha reja tuzib olishingiz va bir-biringizning natijalaringizni taqqoslab borishingiz mumkin. Agar kayfiyatingiz aʼlo bo‘lsa, har bir mashg‘ulotdan keyin ijtimoiy tarmoqqa kirib maʼlumot qoldiring — odamlarni joniga tegaman deb, bu ishdan voz kechmang. O‘zingizning sahifangizda istagan narsangizni bayon qilishingiz mumkin. Bundan tashqari sizning mashg‘ulotlaringizni kuzatib borishga qiziqish bildiradigan ko‘plab insonlar topiladi.

Shaxsiy murabbiy sizga mashqlarni yarim yo‘lda qoldirib ketmasligingizga yordam beradi. Shuningdek, sizning to‘g‘ri qilayotganingizni nazorat qiladi. Motify ilovasi orqali murabbiy bilan ishlash sport zalga borib shug‘ullangandan ko‘ra 23 marta foydaliroq bo‘ladi. Bunda uzoq muddat uchun abonent to‘lovini amalga oshirishingizga to‘g‘ri kelmaydi: siz shunchaki mashqlarning kerakli miqdoriga ega bo‘lasiz va sport bilan shug‘ullanishni boshlaysiz. Murabbiy mashqlarni o‘zgartirishi, sizga kim ko‘proq ilhom bera olishini bilishi hamda kerakli natijalarga erishishga yordam berishi mumkin. Xizmatning barcha murabbiylari kerakli tayyorgarlikdan o‘tishgan, maxsus sertifikatga va sport hamda murabbiylik sohasida katta tajribaga egalar.

4. Taomnomangizga eʼtibor qarating

To‘g‘ri ovqatlanishning bir qancha usullari mavjud. Asosiysi — ortiqcha cheklovlar o‘rnatmaslik lozim. Ratsioningizni tartibga solish uchun JSST tavsiyalariga rioya qilishni boshlang. Ular taomnomani sabzavot va mevalarga (kuniga 400 g dan kam bo‘lmagan miqdorda), donli, dukkakli mahsulotlar va yong‘oqlarga boy bo‘lishi kerakligini tavsiya qiladilar. Taomnomangizning 30%i baliq, avokado, donlar va zaytun yog‘i kabi foydali yog‘lardan iborat bo‘lsin. JSST ning tavsiyasiga ko‘ra shirinliklar va shakar taomnomada tarkibida 10% dan oshmasligi kerak, tuz isteʼmoli esa kuniga 5 g dan oshmasligi kerak. Esingizda bo‘lsin, vaqti-vaqti bilan o‘zingizga istagan narsangizni yeyishga ruxsat berishingiz mumkin, masalan ora-sira fast fud yoki tortning katta bo‘lagini yeyishingiz katta muammo bo‘lmaydi.

Motify ilovasi orqali shaxsiy murabbiy yordamida nafaqat sport bilan shug‘ullanasiz, shuningdek, undan ovqatlanish bo‘yicha paydo bo‘lgan savollaringizga javob olishingiz mumkin. Murabbiy siz uchun maxsus taomlanish tartibini tuzib beradi va unga amal qilishingizga yordam beradi. Siz qanday qoidalarga rioya qilishingiz kerakligini, o‘zingiz uchun nima foydali ekanini va qaysi mahsulotlarni sovitkichdan olib tashlaganingiz maʼqul ekanini bilib olasiz. Murabbiy hamisha aloqada bo‘ladi: unga xabar yuborishingiz va masalan, qandaydir “zararli” mahsulotni isteʼmol qilgingiz kelganida uning o‘rniga nima yeyish mumkinligini so‘rashingiz mumkin bo‘ladi.

5. Moslashuvchan bo‘lishga intiling

Belgilagan maqsadlaringizda uddaburonlik qilish uchun ham imkon qoldiring. Agar baʼzida rejalaringizni mashaqqat bilan bajarayotganingizni his qilsangiz, ortiqcha urinish va qiynalishni keragi yo‘q. Ularni o‘zgartirishingiz yoki moslashtirishingiz mumkinligini unutmang. Masalan, yangi yildan boshlab go‘sht yemaslikka qaror qilgan edingiz. Ammo ikki hafta o‘tmasidanoq, kechalari go‘shtli taomlarni tush ko‘ra boshladingiz. O‘zingizni ortiqcha qiynamang: butunlay go‘shtdan voz kechish o‘rniga taomnomangizdagi go‘shtli mahsulotlarni asta-sekin kamaytirib boring.

Sport yuklamangizni ham isloh qilishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin. Basseynga borishni boshlasangizu, bir oyda uch marta mashg‘ulotni o‘tkazib yuborsangiz, demak bu mashg‘ulot siz uchun emas ekan. Ayni mushaklaringizni boshqa mashqlar yordamida ham mashq qildirishingiz mumkin. Motify ilovasi yordamida ayni bir mashqqa bog‘lanib qolmaydigan bo‘lasiz. U sizga murabbiylarni oson o‘zgartirish va turli yo‘nalishlarda o‘zingizni sinab ko‘rish imkonini beradi. Masalan, sokin mashqlardan so‘ng mushaklaringizni mashq qildirgingiz kelib qolishi mumkin. Bu vaziyatda siz fitnes-kategoriyaga mansub murabbiylardan birini tanlashingiz mumkin. Turli murabbiylar bilan mashg‘ulot olib borish uchun avvaldan buyurtma bering yoki bu borada Motify menejerlari bilan maslahatlashing: ular sizga mos keladigan mutaxassisni tanlashga yordam berishadi.

6. Bilimlaringizni oshiring

Agar bularning bari nima uchun ekanini tushunib olmasangiz vaʼdalarni bajarishingiz qiyin bo‘ladi. Maqsadlarga erishish orqali nimaga ega bo‘lishingiz mumkinligi haqida o‘ylang. Har qanday kiyimda o‘zingizni bemalol his qilishingiz, o‘ninchi qavatga osongina ko‘tarilishingiz, ichki ruhiy holatingizni yaxshilashingiz va salbiy tuyg‘ulardan xalos bo‘lish uchun sportdan foydalanishingiz mumkinligi to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring. O‘zingizga bergan vaʼdangizni bajarish sizga nima berishi mumkinligini yozib chiqing. Foydalarni bilib olganingizdan keyin boshqa narsalarga chalg‘ib ketmasligingiz oson bo‘ladi.

Bundan tashqari, bilimlaringizni oshirish orqali o‘zingiz uchun muhim bo‘lgan jihatlarni yodda saqlashingiz mumkin bo‘ladi. Masalan, nafas olish mashqlari yoki meditatsiya. Aynan shuning uchun ham Motifyning alohida kategoriyasi meditatsiya mavzusiga bag‘ishlangan. Malakali murabbiylar sizni o‘zingizni bo‘sh qo‘yishga va hammayoq to‘s-to‘polon bo‘lgan holatda ham xotirjam harakat qilishga o‘rgatishadi. Siz stressli vaziyatdan xotirjamlik holatiga o‘tishni va oldingizga qo‘yilgan maqsadlaringizdan chalg‘imaslikni o‘rganasiz.

Manba: lifehacker.ru

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.