Kino yulduzlarining shaxsiy murabbiyidan kuchli tanaga ega bo‘lish uchun tavsiyalar

Total
1
Shares

Don Saladino, Nyu-Yorklik shaxsiy murabbiy va Erkaklar salomatligi bo‘yicha maslahat kengashi aʼzosi, Rayan Reynoldsning Dedpulga aylanishiga yordam berdi, Xyu Jekman Rosomaxa bo‘ldi, u shuningdek Skarlett Yoxansson (qora beva roli), Sebastyan Sten (Qishki askar) bilan ishlagan.

Saladinoning ijtimoiy tarmoqlari va YouTube kanali fitnesni o‘zgartirish bo‘yicha g‘oyalar va maslahatlarga to‘la bo‘lsada, uning so‘nggi videosi sizga asta-sekin, ammo shubhasiz yog‘ni yo‘qotishga yordam beradigan eng oddiy usullarga qaratilgan. Bizning karantin vaqtimizda muhimi shu bo‘ldiki, ulardan foydalanish uchun murakkab shug‘ullanish jihozlari kerak emas.

Don eʼtibor beradigan birinchi narsa – sportchiga xos bo‘lmagan jismoniy faollikdan (NEAT) termogenez. Bu kundalik hayotingizdagi har qanday harakatga, qahva ichishdan tortib, uy yumushlariga qadar amal qiladi.

“Oddiy qilib aytganda: qadamlar. Agar siz har kunlik bosib o‘tgan qadamlar sonini ko‘paytirsangiz, siz kaloriyalarni sarflashning oddiy, ammo juda samarali va kam shikastli usuliga ega bo‘lasiz, ayniqsa siz ilgari juda oz yurgan bo‘lsangiz. Bu yerda Saladino 10 ming yoki undan ko‘proq qadamni bosib o‘tishni maqsad qilishni tavsiya qiladi.

Ikkinchidan, u haftada olti yarim kun davomida barcha qayta ishlangan ovqatlarni voz kechishni taklif qiladi.

“Siz juda yaxshi ko‘rgan narsangizni tom maʼnoda yo‘qotgandek tuyuladi. Va men sizni bu tuyg‘u bilan o‘zingizni qiynashingizni xohlamayman. Menimcha, Asosiysi moʻtadillik. Shuning uchun, ratsioni sog‘lom ovqatlanishga o‘zgartirganda, eng boshida baʼzi cheklovlar kerak bo‘ladi. Siz kun ora fast foodlarni isteʼmol qila olmaysiz, tanangiz sog‘lom ovqatlarga ko‘nikishi kerak … Barcha sevimli noz-neʼmatlarni bitta ovqat qabuliga tayyorlab qo‘ying. Bu har doim mukammal ovqatlanish haqida emas, balki real va barqaror ovqatlanish rejasiga rioya qilishdir.

Keyingi nuqta – bu protein.

“Men menyuni oqsillar asosida tashkil qilaman”, deydi Saladino. “Energiya manbalari bo‘lgan uglevodlar va yog‘larni kundan-kunga manipulyatsiya qilish mumkin, ammo protein yagona doimiy elementdir. O‘ylaymanki, erkaklar va ayollar uchun ko‘rsatma har bir kilogramm vazn uchun 2,2 gramm oqsildir.

Gidratatsiya yana bir muhim omil bo‘lib, Saladino har 30 kilogramm vazn uchun bir litr suv ichishni maslahat beradi. Shunday qilib, agar siz 90 kilogramm vaznga ega bo‘lsangiz, kuniga uch litrni ichishingiz kerak. “Bu sizning metabolizmingizni tezlashtiradi, chiqindilarni olib tashlaydi va suyuqlikni ushlab turish bilan kurashishga yordam beradi.”

Hatto vazn yo‘qotayotganlar ham uyqu sifati kabi muhim omilni eʼtiborsiz qoldiradilar, deydi Saladino. “Bizning tanamiz uyqu vaqtida tiklanadi. Biz uxlayotganimizda mushak massasini olamiz. Gormonal darajasini normallashtirish uchun uxlash kerak. Qachonki siz yetarlicha uxlasangiz, tanangiz hamma narsada, shu jumladan yog‘larni eritishda samaraliroq bo‘ladi.

Manba: mhealth.ru

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.