Kuningizni energiya bilan boyitish uchun tez tayyorlanadigan nonushtaning 25 turini sinab ko‘ring

Total
0
Shares

Shak-shubhasiz, nonushta kunni g‘ayrat bilan boshlashingiz uchun ajoyib imkon. Ko‘pchilik bir xil sabab tufayli nonushta qilmaslikga odatlanib qolishadi: Yaʼni ularning yetarlicha bo‘sh vaqtlari yo‘q!

Quyida tez tayyor bo‘luvchi nonushta retseptlari bilan tanishib chiqsangiz, qanday bo‘lmasin sizda bo‘sh vaqt topishga xohish paydo bo‘ladi. Ushbu mazzali nonushtalar faqatgina ozuqaviy energiya beribgina qolmay, bir necha minut ichida tayyor bo‘ladi hamda kun davomida tetik yurishingizga zamin yaratadi.

Nonushta tayyorlashga tayyormisiz?

1. Qovurilgan tuxum

Proteinga boy nonushta, barcha yaxshi xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan. Nonushta tayyorlashda asosan, tarkibida magniy, kaliy xloridi, kalsiy kabi moddalar mavjud bo‘lgan foydali yog‘lar hamda minerallarga boy mahsulotlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Shuningdek, tuxum o‘zida katta miqdorda protein oqsili hamda foydali to‘yingan yog‘lar saqlaydi. Albatta, barcha oila aʼzolaringiz ertalabki nonushta uchun tuxum tayyorlab berishingizni so‘rashi tabiiy!

2. Chia Pudding nonushtasi 

Omega-3 yog‘ oksidi hamda protein oqsiliga boy ekanligidan xabar topib, albatta bu puddingni shunchaki o‘tkazib yubora olmaysiz. Eng qizig‘i nima, bilasizmi? Chia urug‘lari tarkibida sut o‘rinini bosuvchi 3 karra ko‘p kalsiy mavjud. Shuningdek, hazm qilish organlarining tartib asosidagi faoliyatiga ham jiddiy taʼsir ko‘rsatadi.

Ushbu taom tunda ham tanovul qilinishi mumkin.

3. Rezavor mevali yogurt

Har qanday vaziyatda yoningizda olib yurishingiz mumkin bo‘lgan nonushtalardan biri. Bu yogurt o‘zida rezavor mevaning antioksidant hamda probiotik moddalarni mujassam etgan. Bundan tashqari, vitamin va minerallar, protein oqsiliga juda boy. Tarkibida 5 turdagi mahsulot mavjudligi sababli, tez tayyor bo‘luvchi eng oson nonushtalar sirasiga kiradi.

4. Buckwheat bug‘doy turidan tayyorlangan maxsus nonushta

Buckwheat va Kinuva singari soxta donli mahsulotlari tabiiy oqsilga boyligi hamda uglevod miqdori kamligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, tarkibida juda ko‘plab mikro-ozuqaviy moddalar ham mavjud. Albatta bu kabi moddalar ancha vaqt to‘qlik his qilishingizni taʼminlaydi.

5. Quymoq

Tuxum, Chernika mevasi, yogurt kabi mahsulotlar qo‘shilmasi. Ushbu quymoq turi tayyorlanishi oson bo‘lib,  hatto yosh bolalar ham tayyorlashlari mumkin. Inson sog‘lig‘iga foydali moddalarga masalan: protein oqsili, foydali yog‘lar, antioksidant hamda mikro-ozuqaviy moddalarga juda boy. Tanovul qilgach, vazningizni o‘lchashingiz shart emas, qo‘shimcha shakar qo‘shilmagan.

6. Nonushta uchun maxsus pechenye

Kim sizga pechenye sog‘liqqa zararli bo‘ladi deb yolg‘on maʼlumot berdi? Pechenye sog‘liq uchun foydali moddalardan iborat bo‘lib, shuning uchun ham nonushta vaqtida tanovul qilinsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Agar shakar qo‘shsam sog‘lig‘imga ziyon qilishi mumkin desangiz, shakar o‘rinini bosuvchi shirinlashtiruvchi moddalardan foydalanishingiz mumkin.

7. Banan va sinnamonli pirog.

Ushbu pirog juda mazzali taʼmga ega bo‘lib, o‘z oshxonangizda ham tayyorlashingiz mumkin. Banan energiya bag‘ishlovchi asosiy mahsulotlardan hisoblanadi. Sinnamon tarkibida tabiiy shakar bo‘lganligi bois, bu ikki mahsulotdan ajoyib ko‘rinishdagi nonushta tayyorlash mumkin.

 8. Yana bir mazali nonushta turi

Hech bir nonushta turi ushbu mazali nonushta o‘rinini bosa olmaydi. Qoyilmaqom, besh minut ichida tayyor bo‘lsa!

Xo‘sh, dastavval oldindan xamir hamda boshqa kerakli mahsulotlar tayyorlab qo‘ying, Shundagina xamir yaxshi ko‘rinishga va taʼmga ega bo‘ladi. Avokado mevasi hamda tuxum tarkibida foydali yog‘lar, protein oqsili mavjud, hamda insonga energiya bag‘ishlovchi xususiyatga ega.

9. Meva va pishloq

Tabiat inʼom etgan mevalarning foydali moddalarga boy ekanligini bilmaslik yaxshi emas. Ammo, bilsangiz ham, bilmasangiz ham meva isteʼmol qilganingizda juda ko‘p sog‘lig‘ingizga foydasi tegadi. 

Agarda, nonushta tayyorlashga vaqt ajrata olmasangiz, ushbu nonushtani mahkam qadoqlab, o‘qish va ish vaqtida yeb olishingiz uchun ham yana bir qulaylik beradi.

Tarkibida mavjud, meva, yong‘oq, hamda pishloq tufayli, organizmingiz protein oqsili, foydali yog‘lar qabul qiladi. Ushbu yengil tamaddini qo‘shimcha tayyorlab muzlatgichingizda saqlasangiz, har ehtimolga qarshi, shoshilinch yo‘lga chiqqaningizda, o‘zingiz bilan olishingiz mumkin.

 10. Burrito nomli nonushta taomi

Burrito taomi uchun ajoyib xususiyat: taʼbingizga mos mahsulotlar bilan ushbu taom tarkibini o‘zgartirishingiz mumkin. Aynan biz taqdim etmoqchi bo‘lgan retsept protein oqsiliga boy tuxum, foydali yog‘lardan tashkil topgan avokado mevasi, barcha yaxshi xususiyatlarga ega ismaloq kabi mahsulotlarni  o‘z ichiga oladi. Ishonavering, ajoyib taʼm va ko‘rinish!

11. Non orasiga solingan bodring nonushta turi

Sizni tushlik vaqtigacha to‘q saqlovchi nonushta turi aynan shu! Tarkibida kalsiy mavjud bo‘lgan yunon yogurti, tuxum, Solomon balig‘i, kabi mahsulotlar birlashmasi shunday bir mazali nonushtani tayyorlashda ishlatiladi.

12. Yong‘oqli super taom 

Super ozuqa mahsulotlarini bir ko‘rishda tanlab olishning iloji yo‘q. Yurakka davo bodom, protein oqsiliga boy Kinuva, antioksidantlarga ega rezavor mevalar albatta juda foydali mahsulotlar deb tan olingan.

Bundan tashqari, yong‘oq, don mahsulotlari, quruq mevalarni ham sinab ko‘rishingiz mumkin

13. Qovoqli sariyog’li gashish

Muzlatgichingizda mavjud mahsulotlardan ajoyib ko‘rinish hamda taʼmdagi taomlar tayyorlash mumkin. Ushbu yong‘oq turi tarkibida kam miqdorda uglevodlar mavjud. Shuningdek, ushbu taomga yashil o‘simliklar ham qo‘shishingiz mumkin.

14. Maffin pechenye turi 

Oshxonangizda mavjud taom tayyorlash jihozlari bilan do‘st tutuning. Masalan, Blender yaʼni qorishtirgichning bir qancha yaxshi xususiyatlarga ega. Ushbu qorishtirgich bilan pechenye tayyorlash mumkin.

15. Tuxumni ismaloq bilan birgalikda qovurish 

Ko‘rinishidan ushbu taom tayyorlanishi uchun ancha vaqt talab qiladigandek, ammo aslo unday emas. Albatta, ushbu nonushta turi sizga protein oqsili qabul qilib, kunni yaxshi boshlashingizda asosiy o‘rin tutadi.

Tarkibida tuxum, ismaloq hamda pishloq mavjudligi sababli sog‘liq uchun juda foydali hisoblanadi. Hattoki, agar tuxumni qovurilgan ko‘rinishda tanovul qilishni xohlasangiz, ushbu nonushta siz uchun maxsus retsept asosida tayyorlanadi.

16. Kokos yong‘og‘li granola

Granola tez tayyor bo‘lishi bilan birgalikda, mazali taʼmga ham ega. Mazaliligi, tarkibida foydali mahsulotlar mavjudligi sababli, ushbu taom haftalik taom rejangizdan munosib o‘rin egallashi mumkin. Tarkibidagi baʼzi turdagi foydali moddalar sizni to‘q saqlaydi.

Bundan tashqari tanovul qilingach, organizmingizda yomon taʼsir qoldirmaydi. O‘zingizning ixtirochilik qobiliyatingiz bilan, taomga qo‘shimcha ravishda, meva, yogurt qo‘shing. Shunday qilib, yangi haftangiz uchun mazali nonushta ingrediyenti tayyor.

17. Kinuva bilan qora shokolad aralashmasi 

Bir stakan Kinuva 8 gramm protein oqsili, yetarli miqdorda temir hamda magniy kabi foydali moddalarni o‘zida mujassam etganligidan xabardormidingiz? Shuningdek, shokolad qo‘shsangiz juda soz, sog‘liq uchun juda foydali!

Va bundan tashqari, ushbu nonushta turiga xos boshqa xususiyatlar: ozuqaviy moddalar hamda antioksidantga boy kakao mavjud.

Tayyorlanish usuli faqatgina 7 ta asosiy mahsulotlar, 30 minut vaqt hamda pishirish uchun qozon talab etiladi xalos.

18. Pishloqli Сheffli

Cheffli pishirig‘ini tayyorlab ko‘rganmisiz? Vaqti keldi shekilli!

Cheffli bu pishloq vaflisi degan ma’noni anglatadii. Tayyorlanishi oson, tarkibida yetarlicha foydali mahsulotlar mavjud. Shuningdek, taʼbingizga qarab, taom tarkibini o‘zgartirishingiz ham mumkin.

19. Janubiy-g‘arbiy hududlarning maxsus tofu nomli nonushtasi

Ushbu taom hattoki, go‘sht sevuvchilariga ham manzur kelishi mumkin. Chunki bor yog‘i kichik hajmdagi  tofu taomi tarkibida  20 grammgacha protein oqsili mavjud. Kunni mazmunli boshlash uchun bundan yaxshi yo‘l yo‘q, o‘ylashimcha!

Ko‘plab sabzavot mahsulotlari bilan taomga ko‘rinish va taʼm baxsh eting.

20. Tarkibida kurka go‘shti mavjud pirog turi 

Nonushta uchun yengil burger xohlaysizmi, ammo zararligini bilasiz! Shoshmang, boshqa yo‘li mavjud. Kurka oyoqchalari shunchaki shirin emas, piyoz hamda zaytun yog‘i bilan birgalikda, protein oqsili va tana boshqa moddalar bilan boyitiladi. Albatta, bu ichaklar faoliyatiga zarar yetkazmaydi. Xavotirga o‘rin yo‘q!

21. Banan va sukuni suli yormasi

Glyutensiz jo‘xori bilan o‘zingiz xohlagan meva turlari hamda yong‘oq bilan ushbu taomni boyitishingiz mumkin. Shu bilan birgalikda, eng yaxshi jihati uni ko‘p miqdorda tayyorlab muzlatgichingizda saqlab qo‘ya olasiz. Shunchaki erta tongda oilangiz uchun nonushta tayyorlash uchun vaqt ajrata olsangiz bas!

22. Tuxumli mazzali suli yormasi

Ovqatlanish vaqti keldi, ammo siz ko‘chadagi taomlarni tanlaysizmi yoki shunchaki tuxumni? Ikkilanib qoldingiz chog‘i! Ularni o‘zingiz tayyorlasangizchi! Eslatib o‘tamiz: tayyorlanishi juda oson  hamda, turli foydali moddalar uchun o‘zingiz xohlagan boshqa mahsulotlardan ham foydalaning.

Tayyor bo‘lgach, ustiga ziravor mahsulotlari, pishloq yoki qaynatilgan tuxumni qirg‘ichdan o‘tkazib sepishingiz mumkin. Bu kabi ajoyib taomlar bilan nafaqat nonushtangiz, balki tushlikda ham tayyorlab tanovul qilishingiz mumkin.

23. Chia doni, banan va sariyog’li non

Qovurilgan non barcha oila aʼzolaringiz uchun manzur kelishi aniq. Xo‘sh, savol tug‘iladi: tostar nonni qanday qilib sog‘liqqa foydali mahsulotlar bilan birgalikda bir butun taom tayyorlanishi mumkin. Albatta, yuqorida sanab o‘tilgan barcha foydali tabiiy mahsulotlar bilan.

Yakunda ushbu mazali nonushta kun boyi to‘q bo‘lishingizga xizmat qiladi. Sababi yana bir eslatib o‘tamiz: ushbu turdagi barcha nonushtalar energiya saqlovchi, omega-3 moddasini yetkazib beruvchi xususiyatga ega.

Bundan tashqari, tarkibiga yong‘oqdan olinuvchi foydali yog‘lar qo‘shishingiz mumkin, yana-da sog‘liq uchun foydali taom tayyor bo‘ladi.

24. Buckwheat pirogi  

Kim sizga Buckwheat pirogi sho‘r bo‘ladi deb aytdi?

Ajoyib ko‘rinishdagi Buckwheat pirogiga suli yormasi kukuni qo‘shilgach, tez tayyor bo‘ladi, shu bilan birgalikda nonushtani ajoyib taʼm bilan boyitadi. Buckwheat pirogi protein oqsili hamda mikro-ozuqaviy moddalarga juda boy.

Bu shunchaki don mahsuloti bo‘libgina qolmay, “super don mahsuloti” deb ham ataladi. Oila aʼzolaringizga ushbu nonushtani tayyorlab bering.

25. Yogurtning yangi turi

O‘zingiz tayyorlay olishingizni bila turib,  nega yogurt sotib olasiz? Yogurtni o‘zingiz tayyorlasangiz, istagan mahsulotlardan foydalana olasiz: masalan, mevalar, yong‘oq turlari shular jumlasidandir. Yogurt o‘zida juda ko‘p miqdorda foydali probiotik moddalar, kalsiy, protein oqsili kabilarni mujassam etgan.

Maʼlum bir miqdorda, zahira qilib tayyorlang va muzlatgichda saqlab qo‘ying. Albatta ochlik his qilsangiz, har qanday vaziyatda yengil tamaddi sifatida tanovul qilishingiz mumkin.

Manba: lifehack.org

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.