Mashg’ulotdan so’ng tanovul qilish zararli bo’lgan 10 ta mahsulot.

Total
0
Shares

Siz bir soat davomida jismoniy mashg‘ulot bilan shug‘ullandingiz yoki, uzoq vaqt yugurib qaytingiz. Tanangizdagi barcha ozuqalarni yo‘qotdingiz, ko‘plab energiya sarf qildingiz, shunday vaziyatda nima tanovul qilishga  boshingiz qotdi. Ayni daqiqalarda sizga jismoniy mashg‘ulotlar uchun maxsus ishlab chiqilgan mahsulotlar ro‘yxati kerak. Qanday turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini jismoniy mashg‘ulotdan  so‘ng  tanovul qilish sog‘liqqa jiddiy xavf tug‘dirishidan xabardor bo‘lish suv va havodek muhim!

Quyidagi ro’yxatga eʼtiboringizni jalb etamiz: mutaxassislar tomonidan har tomonlama o‘rganib chiqilgan jismoniy mashg‘ulotlardan so‘ng, garchi miyangiz shu yeguliklarni tanovul qilish uchun xohish bildirgan bo‘lsada, taqiqlangan oziq-ovqatlar ro‘yxati:

1. Xom sabzavotlar

Ha, albatta, to‘g‘ri o‘qidingiz. avvalroq aytganimizdek, sabzavotlar sog‘liq hamda muvozanatlashtirilgan parhez uchun juda muhim o‘ringa ega. Ammo jismoniy mashqlardan so‘ng tanovul qilish yaxshi natija beradi deb o‘ylamaymiz. Mana nima uchun aynan mashq qilish mobaynida yetarli darajada vitamin, mineral hamda ozuqaviy moddalar yo‘qotilar ekan.

Ana shunday vaziyatda kaloriyasi past ovqatlar tanovuli sizga qarshi ishlashi ham mumkin. Qayta energiyaga to‘lish hamda sog‘lom/ kuchli muskul to‘qimalari uchun organizmingizga qo‘shimcha protein oqsili kerak. Xom sabzavotlar isteʼmol qilishingizga to‘laqonli qarshilik yo‘q, biroq muvozanat saqlashni unutmang.

2. Qandolat mahsulotlari

Avval eslatib o‘tilganidek, jismoniy mashqlardan so‘ng, tanangiz foydali vitamin va minerallarga muhtoj bo‘ladi. Shuningdek yuqori sifatli uglevodlarning ham o‘z o‘rini mavjud. Qandolat mahsulotlar shu kabi xususiyatlarga ega bo‘lishiga qaramay, mashg‘ulotdan so‘ng tanovuli cheklangan yeguliklar qatorida turadi.

Tarkibiga yuzlansak: nosog‘lom karbogidrat, shuningdek, tuz, shakar, yog‘ hamda kaloriya ko‘p miqdorda mavjud. Shuning uchun, bu mahsulot o‘rniga qovurilgan non  yoki yong‘oq isteʼmolini ko‘paytiring. Bu mahsulotlar o‘zida uglevodlarni mujassam etgan, yong‘oqdan esa foydali yog‘lar olishingiz mumkin.

3. Sutli shokolad

Ochiq-oydin ko‘rinib turibdiki, ko‘plab insonlar mashqdan so‘ng shokolad kabi yana boshqa shirinliklar yeyishni xohlab qolishadi. Chunki jismoniy harakat davomida, tanadagi qand miqdori sezilarli darajada kamayadi va beixtiyor organizm buni talab qiladi.

Bu xohishni inkor eting!

Sutli shokolad organizm uchun xavf tug‘diradigan zararli yog‘lar va glyukozaga to‘la. Agar shirinlik xohlasangiz, miyangizni ho‘l meva bilan chalg‘iting. O‘zingizni nazorat qilish shunchalik darajada qiyin bo‘lsa, unda, tarkibida 70% va undan ko‘p kakao bo‘lgan qora shokoladni sinab ko‘ring.

Qora shokolad oshqozon yallig‘lanishiga qarshi antioksidantlarni o‘zida mujassam etgan.

Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga muvofiq kakaoli hamda kakaodan ajratilgan mahsulotlar oshqozon yallig‘lanishi jarayoniga sezilarli taʼsir ko‘rsatishi isbotlandi. Bu siz uchun ajoyib yangilik, shunday emasmi?

4. Fast Food ( tez tayyor bo‘ladigan yengil gazak turlari)

Yana bir aniq fakt: Ishonavering, eslatib o‘tmasak bo‘lmaydi. Mashg‘ulotdan so‘ng miyangiz beixtiyor shakardan tashqari tuzli mahsulotlarga ham ehtiyoj sezadi.

 Buning sababi, organizmda so‘rilib ketgan tuz o‘rinini qoplash kerakligi. Burger va kartoshka frisi kabi fast foodlarni yeyishiga qiziqish bildirasiz ammo, eslab qoling, bu sog‘lig‘ingizga zarar yetkazadi.

Shuningdek, muqobil variant sifatida, banan hamda avokado mevalarini sinab ko‘ring. Ikkalasi ham qorinni to‘qlash uchun  foydali yog‘lar hamda yetarli miqdorda kaloriyaga ega.

5. Tarkibida tuz mavjud yengil tamaddilar

Shu kabi yengil gazaklarni Fast Food kabi bir xil xususiyatlarga ega bo‘lganligi sababli jismoniy mashg‘ulotdan keyin tanovul qilish cheklangan yeguliklar ro‘yxatingizga kiritib qo‘ying.

Bunga kartoshka frisini misol sifatida ko‘rsatishimiz mumkin. Qiziq tuyulishi tabiiy. Sarf qilingan kaliy xloridi o‘rniga kartoshka frisidan foydalansa bo‘lmaydimi?

Bu kabi qovurilgan fri mahsulotlaridan uzoqda bo‘ling, o‘rniga tabiat inʼom etgan tabiiy mahsulotlar bilan do‘st tutuning. Shu sohada olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra,  organizmda suyuqlik so‘rilishida yordam beradigan natriyning foydali jihatlari sababli, 4 soat yoki undan ko‘p vaqt davomida sport bilan shug‘ullansangiz, tarkibida natriy mavjud ichimliklar ichish tavsiya etiladi.

Ko‘pchiligimiz bir yoki ikki soat davomida jismoniy mashq bilan shug‘ullanishga moyilligimiz mavjudligi sababli, umuman olganda,  mashqlardan so‘ng, organizm uchun qo‘shimcha tuz isteʼmoli hech qanday foyda keltirmaydi.

6. Tarkibida shakar mavjud yengil tamaddilar

Jismoniy mashg‘ulotlardan so‘ng nima tanovul qilishga ikkilanib qoldingizmi? Organizmingizni nima istayotganiga quloq tuting. Balki shirinlik so‘rayotgandir! Hechqisi yo‘q, bu xohish bir talay shirinlik yeyish kerakligini anglatmaydi.

Oydinlik kiritamiz:  yuqori kaloriyali yeguliklardan tiyilish uchun boshqa sabab ham mavjud bo‘lib, masalan, shakar metobolizmni zararlantirish borasida ham nom qozongan.

Mutaxassislar olib borgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, shakar tarkibidagi fruktoza komponenti lipidlar va uglevodlar almashtiruvning buzilishiga olib kelishi mumkin. Sodda qilib aytganda, meva sharbatlariga qo‘shilgan shakar metobolizmning tabiiy faoliyati davomida so‘rilib boriladi.

Kaloriyasi kuchli bo‘lgan mahsulotlar o‘rniga protein oqsili mavjudlarini ko‘proq isteʼmol qilishga odatlaning

7. Yangi energiya bag‘ishlovchi plitka shokoladlari

Albatta, plitka shokoladlari jismoniy mashg‘ulotlarni boshlanishi uchun turtki bo‘ladi, yaʼni shokolad tufayli vazningiz ortganini sezasiz hamda, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish vaqti kelganini tushunib yetasiz. Muntazam mashq bilan shug‘ullanishdan oldin, bu kabi shirinlik turlari maʼlum bir miqdorda organizmingiz uchun foyda keltirgan bo‘lishi mumkin.

Ammo ularda shakar miqdori ko‘p bo‘lganligi hamda organizmingizni energiya bilan taʼminlay olganligi sababli, jismoniy mashg‘ulotlardan oldin ajoyib yengil tamaddi bo‘lib xizmat qilgan.

Biroq,  mashg‘ulotlar mobaynida ayniqsa siz tunda sport bilan shug‘ullanishni afzal bilsangiz, metobolizmni sekinlashtirish hamda uyquni qochirish kabi salbiy omillari mavjudligini ham inobatga olib qo‘ying.

8. Gazli ichimliklar

Jismoniy mashg‘ulotlardan so‘ng tanovul qilishingiz mumkin bo‘lgan taomlaringiz orasiga zinhor  gazli ichimliklar qo‘shmang. Yuqorida eslatib o‘tilgan mahsulotlar singari,  tarkibida ko‘p miqdorda shakar bo‘lishidan tashqari, gazli ichimliklar cheklanishining  boshqa sababi ham bor: yaʼni  ichaklar faoliyatiga  zarar yetkazadi. Balki bu ichimliklar tarkibida sunʼiy shirinlashtiruvchi moddalarning mavjudligi sabablidir. Shuningdek, jismoniy harakatdan so‘ng, suv ichishni unutmang.

9. Tarkibida yuqori darajada yog‘ mavjud pishloq turlari

To‘liq yog‘dan tashkil topgan Motsarella hamda sheddr pishloq turlari qanchalik mazali bo‘lmasin, jismoniy mashg‘ulotlar davomida tanovul qilinishi taqiqlangan.

Agar sizda pishloq yeyish hissi ustunlik qilsa, uyda tayyorlangan turlari ajoyib tanlov. Organizmingizdagi qand miqdorini parchalash uchun ananas hamda shaftoli bo‘laklarini uyda tayyorlangan pishloq bilan birgalikda tanovul qiling.

10. Qovurilgan tuxum

Umuman olganda, tuxum protein oqsilining eng yaxshi manbasi hisoblanadi. Biroq tuxumni qovurib yeyish xato, negaki, qovurish uchun ishlatilayotgan yog‘ tuxum bilan birikib ketadi va bu albatta, organizmda yog‘ miqdorining ortishiga olib keladi.

Sog‘lig‘ingizga zarar yetkazmagan holda, tuxumni isteʼmol qilmoqchi bo‘lsangiz, uni suvda qaynatib yoki zaytun yog‘ida qovurib tanovul qilishingiz maqsadga muvofiqdir. Organizmingizda xolesterin miqdorini kamaytirishingiz kerak bo‘lsa, ko‘proq tuxum oqining isteʼmoli  bu borada samarali usul hisoblanadi.

Xulosa o’rinida

Shu vaqtgacha, siz jismoniy mashg‘ulotlarga vaqtingiz hamda energiyangizni sarf qilganligingiz sababli, isteʼmol qilmoqchi bo‘lgan oziq-ovqatga ham eʼtiborli bo‘lishingiz talab etiladi. Yuqorida sanab o‘tilgan mahsulotlar isteʼmolidan uzoqlashing, o‘rniga biz taqdim etgan muqobil variantlarini sinab ko‘ring. Shundagina o‘z sog‘lig‘ingizni muvozanatda ushlay olasiz.

Manba: lifehack.org

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.