Mashg‘ulotoldi qo‘shimchalari kuchliroq va chidamliroq bo‘lishga yordam beradimi

Total
0
Shares

Bu qo‘shimchalar mashg‘ulotlar samaradorligining oshishiga yordam beradi, ammo hammaga ham emas.

Mashg‘ulotoldi qo‘shimchalari nima

Boy tarkibga ega Mashg‘ulotoldi qo‘shimchalari («predtrenik», PT kompleks) — bu psixostimulyator, aminokislota, vitamin va boshqa tarkibiy qismlardan iborat bo‘lgan kukun ko‘rinishidagi qo‘shimcha sport ozuqasi hisoblanadi. PT komplekslarning asosiy vazifasi — quvvat berish, chidamlilikni oshirish, mushaklarni o‘stirishga va ozishga yordam berish, shuningdek, sportdagi natijalarni yaxshilashdir.

PT komplekslarning yagona formulasi mavjud emas, har bir ishlab chiqaruvchi uning tarkibiga turli moddalarni qo‘shadi: protein zardobi va BСAA (uchta aminokislota leysin, valin va izoleysindan iborat bo‘lgan kompleks) dan jenshen va lavlagi ekstraktigacha. Ammo asosiy vazifani hisobga olgan holda har bir qo‘shimchaga bir nechta tekshiruvdan o‘tgan moddalar qo‘shiladi.

PT komplekslar nimaning hisobiga ishlaydi

Taʼsir qiluvchi asosiy tarkibiy qismlar ko‘p emas.

Kofein

Kofein — markaziy asab tizimiga taʼsir qiluvchi psixostimulyator bo‘lib, umumiy chidamlilik, tezlik va abjirlikka taʼsir ko‘rsatadi, shuningdek, diqqatni jamlashga yordam beradi.

Taurin

Bu oltingugurtli aminokislota yog‘larning parchalanishini tezlashtiradi, shamollashni oldini oladi va mashg‘ulotlardan keyin yuzaga keladigan stressni bartaraf qilishga yordam beradi, shu orqali tezroq tiklanishga sabab bo‘ladi. taurin umumiy va kuch chidamliligiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi, kuch talab qiladigan mashg‘ulotlar takroriyligini oshirib beradi va o‘rta masofaga yugurish bo‘yicha natijalarni yaxshilaydi.

BCAA

BCAA — o‘zaro zanjirli bog‘langan aminokislotalar: leysin, izoleysin va valindir. Ularni almashtirib bo‘lmaydi, yaʼni ular organizmda ishlab chiqarilmaydi va ozuqa o‘rinini bosishi nazarda tutiladi.

Ushbu aminokislotalar gormonlar ishlab chiqarilishida va mushaklar o‘sishida ishtirok etuvchi hujayralar ichida signal yetkazishda ishtirok etadi. BCAA ni qabul qilish mashg‘ulotlar tufayli yuzaga keladigan charchoqni kamaytirishi va mushaklar massasi hamda kuchini oshirishda ijobiy taʼsir qilishi aniqlangan.

L arginin va L sitrullin

Ushbu aminokislotalarni tomirlarni kengaytirish va qon aylanishini yaxshilashda ishtirok etuvchi molekula — azot oksidi miqdorini oshirish uchun PT komplekslar tarkibiga qo‘shiladi. Ular tufayli kislorod va kerakli moddalar faol mushaklarga yetib boradi va mashg‘ulotlardagi ko‘rsatkichlarni yaxshilashga yordam beradi.

L sitrullin moddasini odatda malat (sitrullin malat) — olma kislotasi bilan birga qo‘shiladi. Ushbu ko‘rinishda aminokislotaning samaradorligi yana-da ortadi, deb hisoblanadi.

Kreatin

Tadqiqotlarga ko‘ra ushbu aminoksilota mashg‘ulotlar hajmini oshirish, tezlik va kuchni ko‘paytirish, mikrojarohatlar sababli o‘suvchi mushaklarda shamollash jarayonlarini kamaytirish va mashg‘ulotlardan keyin tiklanishni tezlashtirishga yordam beradi.

Betain

Ushbu modda kreatin parchalanishini va azot oksidining miqdorini yaxshilash orqali mashg‘ulotlardagi ko‘rsatkichlarni yaxshilashga yordam beradi. Maʼlumotlarga ko‘ra, betainni ikki hafta davomida qabul qilish kuch talab qiladigan mashg‘ulotlarning umumiy hajmni oshirib beradi.

Beta alanin

Bu aminokislota sizga karnozin moddasini ishlab chiqarishda yordam beradi. Karnozin og‘irroq ishlarni ham mushaklar achishmagan holda bajarish imkonini beradi. 2–4 hafta davomida har kuni 4–6 g qo‘shimcha isteʼmol qilish 60 soniyadan ortiq davom etuvchi tezkor mashqlardagi samaradorlikni oshirishga imkon beradi.

B guruh vitaminlari

B2 va B6 vitaminlari quvvat ishlab chiqarilishida muhim ahamiyatga ega, B12 esa zararlangan hujayralarning tiklanishi va yangilarining ishlab chiqarilishida ishtirok etadi.

B guruh vitaminlarining yetishmasligi mashg‘ulotlar samaradorligini kamaytirishi mumkin. Shuning uchun agar hayvonlardan olinadigan mahsulotlarni (B guruh vitaminlarining asosiy manbasi) kam isteʼmol qiladigan bo‘lsangiz, qo‘shimcha isteʼmol qilish bilan sportdagi natijalaringizni yaxshilanishiga erishishingiz mumkin.

Vitamin D

Agar sizda vitamin D yetishmasa uni qo‘shimcha tarzda isteʼmol qilish testosteron miqdoriga ijobiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin. Ushbu anabolik garmon mushaklar o‘sishi va yog‘larni parchalashda yordam beradi. Agar sizda hammasi joyida va vitamin yetishmovchiligi kuzatilmaydigan bo‘lsa, ushbu qo‘shimchani isteʼmol qilish ortiqcha ustunlik bermaydi.

PT komplekslarni kimlar qabul qilishi kerak

Aytish kerakki, PT komplekslarning samaradorligi isbotlanmagan va kelajakda ham isbotlanmasa kerak: aralashmalar bir biridan juda farq qiladi, bu esa ularni yaxshilab o‘rganishga imkon bermaydi.

Shunga qaramay, bir qator tadqiqotlarda kofein, aminokislota va vitaminlardan iborat to‘plamning baʼzi ko‘rsatkichlarni yaxshilashi mumkinligi aniqlangan.

Charchaganiga qaramay, mashg‘ulotlar hajmini kamaytirishni istamaydigan kishilar

Agar siz ishdan charchab sport zalga borsangiz yoki boshqa sport yuklamalaridan keyin to‘liq tiklanib olmagan bo‘lsangiz PT kompleks sizga yordamga keladi. U bilan eng yaxshi kunlaringizdagidan kam mashq qilmaysiz.

Tadqiqotlarga PT komplekslar jismoniy charchoqni yengish va trenajyorda oyoqni ko‘tarish, yotgan holda ko‘tarish va orqaga 75 80% li, ikkinchi marta ko‘tarish qiyinroq bo‘lgan og‘irlikka ega shtanga ortgan holda o‘tirib turish kabi mashqlar takroriyligini oshirish imkonini beradi.

Bu yerda gap charchagan holatda og‘ir mashqlarni qilish haqida ketyapti. Demak, agar siz sokin kardio mashqlar yoki og‘ir bo‘lmagan toshlar bilan ishlayotgan bo‘lsangiz, PT komplekslar uchun pul sarflashingizning keragi yo‘q.

Mashg‘ulotlarga quvvat va diqqati yetishmaydigan kishilar

Bir nechta tadqiqotlarda aniqlanishicha, PT komplekslar quvvatni oshiradi, mashg‘ulotlarda diqqatni jamlashga va charchoqqa qarshi kurashishga yordam beradi. Shuningdek, ularning ayollarda ham, erkaklarda ham, mashqning qanday turda ekanidan (kuch talab qiladigan yoki kardio) qatʼiy nazar bir xil yordam berishi kuzatilgan.

Mushaklarni chiniqtirishni va qomatini tartibga keltirishni istagan kishilar

Barcha tadqiqotlar xam PT komplekslarning tashqi ko‘rinish uchun foydali ekanini tasdiqlamagan. Ammo PT komplekslar mushak massasini oshirishi va yog‘ miqdorini kamaytirishi maʼlum. 6 hafta davomida mashg‘ulot olib borish bilan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, PT komplekslarni isteʼmol qilgan erkak sportchilar platsebo isteʼmol qilgan sportchilarga nisbatan mushak massasini ikki marta ko‘proq oshirishga va yog‘larni eritish bo‘yicha bir yarim marta ko‘proq ustunlikka erishishga muvaffaq bo‘lganlar.

Bundan tashqari, PT komplekslar katta yuklamalar, masalan kuchaytirilgan mashqlar yoki sport musobaqalari vaqtida ham mushaklar massasini saqlab qolishni istagan kishilarga asqotadi.

PT komplekslar zarar berishi mumkinmi

Bir qator tadqiqotlarning xulosasiga ko‘ra, ushbu qo‘shimchalarni 8–12 hafta davomida isteʼmol qilish sog‘lom kishilar uchun butunlay bezarardir. Shunga qaramay, avvaliga aniq bir kompleksni va uni qancha miqdorda qabul qilishni diyetolog bilan maslahatlashib olish maqsadga muvofiq. Chunki bunday qo‘shimchalarning tarkibi bir biridan keskin farq qiladi.

Agar siz biron dori vositasini qabul qilsangiz yoki yurak qon tomir va oshqozon kasalligidan aziyat cheksangiz, uyqu bilan muammoyingiz bo‘lsa, allergiyaga moyil bo‘lsangiz davolovchi shifokor ruxsatisiz PT komplekslarni qabul qilmaganingiz maʼqul.

PT kompleksni qanday tanlash kerak

PT kompleksni tanlashda asqotadigan maslahatlar:

• Agar kuch talab qiladigan mashqlar xajmini oshirmoqchi bo‘lsangiz bir hissasiga 1,5–3 g kreatin to‘g‘ri keladigan PT kompleksni toping. Agar unda 4 g dan kam bo‘lmagan sitrullin malat va 1,25 2,5 g Betain bo‘lsa yana yaxshi. Ammo dastlabki natija qabul qilishni boshlaganingizdan keyin 2–4 hafta o‘tgach namoyon bo‘lishini yodda tuting.

• Agar mushaklaringizni o‘stirmoqchi bo‘lsangiz tarkibida protein, kreatin va BCAA bo‘lgan PT kompleksni tanlang. Bir tadqiqotda shunday PT kompleksni 9 hafta davomida isteʼmol qilish ishtirokchilarga mushaklarni 2,4% ga oshirish va yog‘larni 9,8% ga eritish imkonini bergani aniqlangan.

• Agar sizning asosiy maqsadingiz mashg‘ulotlar oldidan yozilib olish bo‘lsa bir hissasiga 300 g kofein to‘g‘ri keladigan PT kompleksni tanlang.

PT komplekslarni qanday qabul qilish kerak

Qadoqdagi qog‘ozni diqqat bilan o‘qib chiqing: unda ichish usuli va xavfsiz doza ko‘rsatilgan bo‘ladi. Belgilangan normadan oshirib yubormang. Bu har bir qo‘shimchada kofein bor ekanligi bilan ham xavfli bo‘lishi mumkin. Agar uning dozasini oshirib yuborsangiz ko‘nglingiz behuzur bo‘lishi, yurak urishi tezlashishi, artimiya va bosh og‘rig‘i yuzaga kelishi mumkin.

Odatda PT komplekslarni bir kunda bir marta qabul qilinadi: 1–2 qoshiq kukunni 250 ml suvda eritib mashg‘ulotlardan 30–40 daqiqa avval qabul qilinadi.

Manba: lifehacker.ru

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.