Na foydasi bor, na gashti bor: Samarasiz mashg‘ulotlarning 7 ta belgisi

Total
0
Shares

Eng yaxshi mashg‘ulotlar ham bir vaqtga kelib foydasiz bo‘lib qoladi, nima sababdan bunday bo‘lishini tushuntirishga harakat qilamiz.

Mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubormasdan muntazam ravishda mashq qilasizmi? Ajoyib, lekin ular hali ham murabbiyingiz hamyoniga emas, balki sizni foydangizga ishlashiga ishonchingiz komilmi? Plato effekti juda makkor narsa, kecha foydali bo‘lgan mashqlar bugun sizning vaqtingizni o‘g‘irlaydi. Sizga aynan shu plato effekti taʼsiridalingizni va biror narsani o‘zgartirish vaqti kelganini qanday tushunish kerakligini aytamiz.

Siz kuchliroq bo‘lmaysiz

Birinchi mashg‘ulotlardan so‘ng barchamiz tanamizda biz bilmagan mushaklarni topamiz. Ammo bundan tashqari, tanamiz yangi yuklamalarga moslashganda, bizning kuchimiz va chidamliligimiz doimiy ravishda o‘sib boradi: yangi yuklamalar biz uchun paydo bo‘ladi va odatdagilar kamroq vaqt va kuch talab qiladi. Ammo bu sodir bo‘lmasa – ogohlantiruvchi signal bo‘ladi! Mashqlardagi faoliyatni o‘zgartirish vaqti kelganga o‘xshaydi.

Yuklamalarda muvozanat yo‘q

To‘g‘ri mashg‘ulotlar butun tanamizni rivojlantiradi va agar siz, aytaylik, kuchga bog‘liq mashqlarga eʼtibor qaratsangiz ham, kardio-faollik bilan bog‘liq muammolar bo‘lmasligi kerak. Agar siz sport zalida super yutuqlarni ko‘rsatsangiz, lekin hatto yuz metrga yugura olmasangiz, mashg‘ulotlaringizni ham, murabbiyingizni ham o‘zgartirish vaqti keldi.

Hech qayeringiz og‘rimayaptimi?

Mashqdan keyin ozgina og‘riyotgan mushaklar ularga to‘g‘ri yuklama berayotganingizni belgisidir. Agar bunda his bo‘lmasa, ehtimol siz hech qaysi mushak guruhi ustida mashq qilmayotgandirsiz va ochig‘ini aytganda, siz shunchaki vaqtni behuda sarf qilyapsiz. Sizga shu kerakmi?

Ishdan ko‘ra ko‘proq muloqot

Juftlik yoki guruh mashg‘ulotlari juda yaxshi, lekin agar siz ko‘proq suhbatlashishga (shu jumladan murabbiy bilan) vaqt ajratsangiz, unda nimadir noto‘g‘ri ketmoqda. Ehtimol, mashg‘ulotning o‘zi juda zerikarlidir yoki siz unga shunchalik odatlangansizki, uni har holda mexanik ravishda bajarasiz, bunday mashg‘ulot sizga ko‘p foyda olib kelmaydi.

Sizda baʼzan jarohatlar bo‘lib turadi

Agar siz mashg‘ulot davomida bir xil takroriy mashqlar to‘plamini qilsangiz, baʼzi mushaklar, bo‘g‘inlar va to‘qimalar ortiqcha yuklanadi va shikastlanish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Biroq, har qanday jarohatlar mashg‘ulotlar tizimini qayta ko‘rib chiqish, ehtimol, undagi biror narsani o‘zgartirish kerakligini anglatadi.

Sizni pulsingiz ko‘tarilmayapti

Tinch holatda pulsni asta-sekin pasayishi uchun mashg‘ulot[P1]  vaqtida yurak urish chastotasini ko‘tarish juda muhim. Bu nafaqat sportdagi natijalar, balki yurak va bo‘g‘imlar salomatligi uchun ham muhim. Agar sizni pulsingiz mashg‘ulot davomida barqaror o‘zgarmay turgan bo‘lsa, undan foyda ko‘p bo‘lmaydi. Yurak urish chastotasi yuqori intensiv mashg‘ulotlarda maksimal darajadan 80% kam va aerobik yuklamalarda 65-70% dan kam bo‘lmasligi kerak.

Sizda mashg‘ulotlarga borishga ishtiyoq yo‘q

Eng samarali mashg‘ulotlar- bu o‘zingiz yoqtirib shug‘ullanadigan mashqlar. Agar siz har kuni o‘zingizni yugurishga yoki sport zaliga majburlab oborsangiz, yoki mashg‘ulot paytida doim uni tugatish haqida o‘ylasangiz, bu sizga hech nima olib kelmaydi. Sizning hayotingiz juda noyob shuning uchun uni yoqtirmagan narsalaringizga sarflamang.

Manba: mhealth.ru

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.