Nega har doim bir xil vaqtda shug‘ullanish kerak

Total
0
Shares

Buning uchun yangi boshlaganlarda ham, tajribali sportchilarda ham sabablar yetarlicha topiladi.

Nega jadval asosida shug‘ullanish muhim

Quyida kunlik jadvalingizdan mashg‘ulotlar uchun joy ajratishingiz va ularni o‘rinini boshqa ishlarga almashtirmasligingiz uchun ikki sabab keltiriladi:

Mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubormaydigan bo‘lasiz

Agar qachonlardir yangi foydali odatlarni joriy qilishga uringan bo‘lsangiz, keyin ularni tashlagan bo‘lsangiz, bilib qo‘ying, ko‘pchilik bu holatni boshidan kechirgan. O‘zgarishlar mustahkamlanishi uchun ular kundalik rejaning bir qismiga aylanishi lozim.

Bugun, ertaga yoki dushanba kuni shug‘ullanish borasida qaror qabul qilishingiz kerak bo‘lganida sizning qaroringiz energiya, motivatsiya va boshqa o‘zgaruvchan jihatlarga bog‘liq bo‘ladi.

Agar jadvalingizda sport bilan shug‘ullanish uchun aniq vaqt belgilanadigan bo‘lsa, qaror qabul qilishga majbur bo‘lmaysiz. Jadvalda fitnes qayd etilganmi, tamom, sport zalga yo‘l oling.

Tanlov imkoniyatining yo‘q ekanligi odatni shakllantirish uchun ayni muddaodir. Tadqiqotlarga ko‘ra, buning uchun o‘rtacha 66 kun kerak bo‘ladi. Mashg‘ulotlarga ichki kurashlarsiz yo‘l olayotganingizni sezishingiz uchun sizga 2–3 oy vaqt kerak bo‘lishi mumkin. Odat shakllanguncha o‘z jadvalingizdan mashg‘ulotlar uchun joy ajrating va unga amal qiling.

Hamisha odatiy vaqtda shug‘ullansangiz ko‘rsatkichlaringiz ham yaxshilanadi

Olimlar sportchilarning kuchi, tezligi va chidamliligi sutka vaqtiga bog‘liq bog‘liq bo‘lishini aniqlashgan. Ertalablari ko‘rsatkichlar biroz pasayadi, kechga borib esa yaxshilanadi. Ammo agar har kuni bir xil vaqtda shug‘ullanishga odatlanilsa ushbu farqlar yo‘qqa chiqadi. Bir nechta tadqiqotlar 8–10 hafta davomida ertalablari ayni vaqtda shug‘ullanilganidan keyin kuch, tezlik va chidamlilik ko‘rsatkichlari sutkaning vaqtiga bog‘liq bo‘lmay qolganini ko‘rsatgan. Har doim bir xil vaqtda shug‘ullanish orqali siz organizmni aynan shu soatda to‘liq ishlashga o‘rgatishingiz mumkin bo‘ladi.

Mashg‘ulotlar vaqtini qanday belgilash lozim

Agar sog‘lom bo‘lish va chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lish uchun shug‘ullanadigan bo‘lsangiz, sport mashg‘ulotlari uchun istalgan vaqtni tanlashingiz va shu rejaga amal qilishingiz mumkin bo‘ladi. Agar sportda maʼlum yutuqlarga erishmoqchi bo‘lsangiz, shug‘ullanish uchun musobaqalar o‘tkaziladigan vaqtni tanlang.

Musobaqalar vaqti nomaʼlum bo‘lsa, ertalablari shug‘ullaning, bu ayniqsa siz tanlagan sport turi kuch va tezlik bilan bog‘liq bo‘lsa yana-da foydalidir. Barvaqt sport bilan shug‘ullanish samaradorlik borasidagi farqni yo‘qqa chiqaradi va siz ertalab ham, oqshom payti ham yaxshi natijalarni qayd etishingiz mumkin bo‘ladi.

Manba: lifehacker.ru

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.