Nega mashqlar paytida tizzalar karsillaydi?

Total
1
Shares

Bu tovush tananing xavotirli signali bo‘lishi mumkin.

Tizzalardagi karsillash xavotirli signal bo‘lishi mumkin, garchi u noqulaylik tug‘dirmasa ham va og‘riqlarga sabab bo‘lmasa ham bunga eʼtibor qaratish kerak. Misol uchun, chertki ovozlari ortopedik kasalliklar haqida signal berishi mumkin. Uning paydo bo‘lishining sabablari nima va bu haqda tashvishlanishga arziydimi?

Sabablari

G‘alati tovush paydo bo‘lishining sabablarini bilish uchun tizza bo‘g‘imining tuzilishini tushunishingiz kerak. Harakatlanish va zarbani singdirish uchun masʼul bo‘lgan bo‘g‘im yuzalari harakatlanish ravon bo‘lishi uchun tog‘ayli to‘qimalar bilan qoplangan. Shu bilan birga, bu elementlar joylashgan bo‘shliq, bo‘g‘imlar yuzalarning ishqalanishini oldini oladigan maxsus suyuqlikka ega kapsula bilan qoplangan.

Ushbu kapsulaning hajmi yurish, yugurish va sport mashg‘ulotlari bilan ortadi. Shunga ko‘ra, undagi bosim pasayadi, buning natijasida suyuqlikda gaz pufakchalari paydo bo‘ladi. Bosim bir xil bo‘lishi bilan, pufakchalar yorilib ketadi, shuning uchun odam o‘ziga xos  tovushni eshitadi.

Vaqt o‘tishi bilan tog‘ayli to‘qima eskiradi, bo‘g‘imlarning yuzalari g‘adir-budur bo‘lib qoladi, shuning uchun ularning ishqalanishi krepitasiya – karsillashni keltirib chiqaradi. Bu esa salomatlikka salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin.

Nima uchun tizzalar karsillaydi?

Karsillash bir nechta kasalliklarni belgisi bo‘lishi mumkin:

Artrit: Agar chertki tovushlari og‘riq va shish bilan birga bo‘lsa. Ushbu kasallikning rivojlangan shakli harakatchanlikni sezilarli darajada cheklashi mumkin.

Artroz: bu holda bo‘g‘imlar yuzalari yo‘q bola boshlaydi va tizzalar deformatsiyalanadi. Agar siz ushbu muammoni qarovsiz qoldirsangiz, oyoqning butunlay harakatsizlanishiga olib keladi.

Revmatizm: tizza bo‘g‘imlarida shish va og‘riq bilan birga kechadi. Shuningdek, o‘ziga xos karsillash, poyabzalni almashtirish vaqti kelganligi haqida signal bo‘lishi mumkin. Ehtimol, oyoq kiyimning uchi juda tor bo‘lishi yoki tagcharm juda yassi bo‘lishi mumkin.

Nima uchun mashg‘ulotlarda tizzalar karsillaydi.

Ehtimol, boshqalarga qaraganda sportchilar bu muammoga ko‘proq duch kelar. Bu, asosan, jismoniy mashqlar paytida siz tez-tez keskin harakatlar va burilishlar qilishingiz kerakligi bilan bog‘liq. Shuningdek, paylar, mushaklar va  bo‘g‘imlar suyaklar bilan bir-biriga tegadi. Bundan tashqari, kuchli jismoniy zo‘riqish tufayli tog‘ayli to‘qimalar ko‘proq eskiradi va yuzalari yo‘qola boshlaydi. Har qanday holatda, o‘ziga xos  tovush paydo bo‘lganda, ortopedga murojaat qilish yaxshiroqdir.

Manba: mhealth.ru

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.