Ortiqcha ovqatlanishga qarshi 9 ta samarali yechim

Total
1
Shares

Meʼyordan ortiq ovqatlanish ko‘pchilik uchun ommaviy muammo bo‘lib kelmoqda. Bu odatda iroda kuchining yetishmovchiligi natijasida yuz beradi.

Olimlar meʼyordan ortiq ovqatlanuvchi odamlarning miya faoliyati sekinlashishi borasida xulosa qilishdi. Qarangki, omadli ekansiz, irodangiz sustlik qilsa, asta-sekin  ortiqcha ovqatlanish odatini  to‘xtatishingiz mumkin ekan.

Keling, ana endi ushbu usullarni hayotda qo‘llab ko‘ramiz.

1. O‘z vaqtida nonushta tanovul qiling

Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra nonushtani o‘tkazib yuborish,  yaʼni nonushta qilmaslik meʼyordan ortiq ovqatlanish odatini keltirib chiqaradi. Afsuski, keyinchalik yurak xastaliklariga sabab bo‘ladi.

2. Ovqatlanishni bosqichma bosqich sekinlashtirib boring

Ko‘rinib turibdiki, sekin-sekin ovqatlanish maʼlum bir umumiy qonun-qoidalarning asosiylaridan biridir. Sekin taomlanish tez to‘qlikni his qilishingizga zamin yaratadi.

3. Hajmi kichik idishlardan foydalaning

Tadqiqotchi Brayn Vansk maʼlumotiga ko’ra, idishning hajmi qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik siz ko‘p ovqatlanishga moyilligingiz bo‘ladi.

4. Hissiyotlaringizni eʼtiborsiz qoldirmang

Dastavval, nega aynan tez tayyor bo‘luvchi fast foodlarni xohlayotganligingizni sababini aniqlashtirib oling. (Albatta, bu asosan ortiqcha vaznga sabab bo‘lishini ham unutmang)

Balki shunchaki o‘zingizni yaxshi his qilish uchun hamda ochlik hissini tuymaslik uchun yengil tamaddilarni tanlarsiz. Agar sabablarni aniqlashtirib olsangiz, ularga qarshi kurashish mumkin bo‘lgan choralarni o‘ylab toparsiz.

5. Ko‘proq jismoniy mashqlar bilan shug‘ullaning

Ilmiy tadqiqot shuni ko‘rsatadiki: ko‘pchilik isteʼmolchilar ovqatlangach, jismoniy mashq qilmay, yotishni afzal ko‘radi. Albatta, ushbu vaziyat sog‘liq uchun juda zarar yetkazadi. Sog‘lom turmush tarzi uchun hamisha jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullangan maʼqul.

6. Asosiy ovqatlanish vaqtida ozuqaviy moddalarga ega taomlar tanglang.

Ozuqaviy moddalarga ega bo‘lishi maʼlum bir taomning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bo‘lishi kerak. Misol uchun,  tarkibida kaloriyasi mavjudligi uchun, o‘rta hajmdagi idishda brokkoli sabzavotini tanovul qilishingiz mumkin albatta, sabzavotlar boshqa mahsulotlarga qaraganda ko‘proq foydali moddalarni o‘zida mujassam etgan ( bir stakan quyiltirilgan muzqaymoq ham brokkolidek kaloriyaga boy).

Shuningdek, shirinliklar, pishloq hamda soda kabi mahsulotlarni tanovul qilishda meʼyorni biling. O‘rniga tabiat inʼom etgan tabiiy mahsulotlar ko‘proq isteʼmol qiling. Masalan, sabzavot, meva,  loviya yoki dukkakli mahsulotlar ( bundan tashqari , go‘sht va boshqa foydali yog‘lar mavjud mahsulotlar).

7. Ishga yoki o‘qishga yo‘l olganingizda, uyda tayyorlangan sog‘lom yengil tamaddilar olishni unutmang

Sog‘lom yengil tamaddilar tanovul qilish o‘z o‘rnida meʼyordan ortiq ovqatlanishni oldini olish uchun eng samarali  usullardan biri. Ilm-fan shuni ko‘rsatadiki, tarkibida bodom mavjud yengil taomlar sizni ochlik hissini tuymasligingizga sabab bo‘ladi.

Bundan tashqari, yong‘oq, donli mahsulotlar, meva sabzavotlar bilan birgalikda taom tayyorlab ishga, o‘qishga olib ketishingiz mumkin ( yoki shu mahsulotlarni o‘zini yaʼni hech qanday taom tayyorlamagan holatda isteʼmol qiling).

8. Haftaga faqatgina bir marta ko‘chada tayyorlagan yengil taomlarni tanovul qilishingiz mumkin

Tez tayyor bo‘luvchi fast foodlarni tanovul qilishingiz uchun hech kim sizga cheklov qo‘ygani yo‘q. Ammo bu degani har qanday och qolgan vaqtingiz yeb ketishingiz mumkin degani emas! Masalan, bir yoki ikki bo‘lak pitsa maqsadga muvofiq, sog‘liq uchun zararli emas.

Shu o‘rinda, agar o‘zingizni sog‘lom taomlar yeyishga odatlantirmasangiz, keyinchalik bu meʼyordan ortiq ovqatlanish hamda ortiqcha vaznga olib keladi.

9. Agar maʼlum bir muddat ovqatlanishingizda salbiy o‘zgarish yuz bersa, bu uchun ham maxsus reja tuzib oling

Agar och bo‘lmasangiz ham, yengil tamaddilar sog‘liq uchun juda zararliligini bilsangiz ham, kartoshka frisini yeyishga qiziqish bildirsangiz, nima bo‘lsada,  bu turdagi yeguliklarni yeyishdan o‘zingizni tiying. Kichik reja tuzib oling: masalan, “Agar shunga o‘xshash vaziyat yuz bersa, bir bo‘lak meva yeb olaman” kabi.

Ilmiy psixologiyada isbotlangan usullardan biri hisoblanadi. Kichik rejaga amal qilib borish, katta maqsadlarga yetaklaydi. Meʼyordan ortiq ovqatlanish sog‘liq uchun juda zararli agar o‘rganib qolsangiz, o‘zingizni foydali ishlar bilan chalg‘iting. Kundan kunga meva-sabzavotlar tanovulini ko‘paytirsangiz, ularning foydali jihatlarini asta-sekin sezib borasiz.

Manba: lifehack.org

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.