Parhez nima va u haqiqatdan ham o‘z samarasini beradimi?

Total
0
Shares

Parhez orqali ovqatlanish rejimini muvofiqlashtirib olgach, butun boshli tanangizga eʼtiborli bo‘lish, va uzoq umr ko‘rish sirlaridan boxabar bo‘lib borasiz.

Muvozanatli parhez bir qancha asosiy tamoyillarni o‘z ichiga oladi va asosan quyidagilardan iborat:

  • Meva
  • Sabzavotlar
  • Donli mahsulotlar
  • Yog‘siz protein
  •  Yong‘oq
  • Suv

Aslini olganda, bu to‘liq ovqatlanish parhezi hisoblanib, bu uchun alohida maxsus adabiy taʼrif mavjud emas.

Tabiiy yeguliklar parhezi qanday bo‘ladi?

Berilgan taʼrifiga ko‘ra, tabiiy yeguliklar parhezi imkon qadar tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan yeguliklarni  isteʼmol qilishdan iborat. Ammo, shu o‘rinda aytish mumkinki, tabiiy yo‘lda yetishtirilgan hamda qo‘lda tayyorlangan oziq-ovqatlarning farqini bilish oson emas. (Albatta, ziravorlar maydalangan va donli mahsulotlar qobig‘idan ajratilgan bo‘lishi mumkin)  Siz tozalangan yoki qayta ishlangan yegulikni emas, balki yangi tayyorlangan taomni  isteʼmol qilishingiz kerak.

Boshqacha aytganda, tabiiy oziq-ovqat mahsulotlari qayta ishlash terminidan yiroq . Bu shuni anglatadiki, hech qanday shokoladlar, shirinliklar, tayyor taomlar bu ro‘yxatga kiritilmaydi.

Yarim tayyor mahsulotlar hamda tayyorlanishi oson bo‘lgan ovqatlar tarkibida tuz miqdori ko‘p, buning uyda tayyorlangan ovqat bilan farqi sezilarli darajada katta. Shuning uchun ham, sog‘liqqa foydali tabiiy taomlarni isteʼmol qilish darkor.

Boshqa parhez turlari tabiiy yeguliklar parhezidek bo‘ladimi?

Shunday vaziyatda biroz chalkashlik yuz berishi mumkin: ha boshqa parhez turlari shunga o‘xshash bo‘lishi ehtimoli mavjud. tabiiy yeguliklar tanovul qilish sog‘lom turmush tarzingiz uchun tanlovingizdir. Ammo, boshqa ko‘plab parhez turlari tabiiy yeguliklar parhezining andazasi hisoblanadi. Masalan, Mind hamda Mediterranean parxez turlari.

Shu o‘rinda yana bir tushuncha, Mind parhez turi quyidagi oziq- ovqat mahsulotlarni o‘z ichiga oladi:

– Haftasiga besh marta yashil sabzavotlar isteʼmol qilish

– Har Kuni 5 va undan ko‘p turdagi meva va sabzavotlarni

– Haftasiga 5 Marta rezavor mevalar

– Haftada besh yoki undan ko‘p miqdorda yong‘oq

– Zaytun yog‘i haftasiga besh marta

– Haftada 5 marta makkajo‘xori mahsulotlari

– haftada ikki marta yog‘li baliq yoki suv o‘tlari asosidagi omega-3 qo‘shimcha mahsulotlarini

– Dukkakli mahsulotlar haftada 5 Marta

–  Go‘sht mahsulotlari/  o‘simlik oqsillari aralashmasi haftada 2 Marta

– D vitaminiga boy mahsulotlar

– Kunda bir yoki ikki marta qahva yoki choy

– Kunda kamida ikki litr suv isteʼmol qilish lozim

Payqadingizmi, bu tabiiy mahsulotlar parhezi bilan bir xil. Go‘sht hamda o‘simliklardan tayyorlangan oziq-ovqatlar imkon qadar tabiiy yo‘lda tayyorlanishi kerak.

Boshqa parhez turlari masalan, vegan parhez turi tabiiy mahsulotlarni o‘zida mujassam etishi ham mumkin, etmasligi ham mumkin.  Shuning uchun, ishlab chiqarilgan mahsulotlar yo‘riqnomasini diqqat bilan o‘qib chiqqan maʼqul.

Ishlab chiqarilgan mahsulotlar tabiiy mahsulotlar parhezi ro‘yxatida bo‘lishi mumkin

Makkajo‘xori mahsulotlarining ko‘plab turlarida vitamin B yetarli darajada bo‘ladi.

(Masalan, B12 vitamini sog‘lom asab tizimini mustahkamlashda, energiya to‘plashda hamda, kayfiyatni yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi) 

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, vegetarian parhez tutuvchilarning 20% da B12 vitamini tanqisligi kuzatiladi. Shuningdek, 65% vegetarian isteʼmolchilar qo‘shimcha B vitaminiga ham ehtiyoj sezishadi.

Shunday vaziyatda, tarkibida B vitamini mavjud makkajo‘xori mahsulotlarini isteʼmol qilish juda yaxshi tanlov hisoblanadi. Aytmoqchimizki, ehtiyotkorlik bilan ish tuting, makkajo‘xori mahsulotlari yo‘riqnomalarini tekshirgach, isteʼmol qiling.

Asosiy qoida sifatida eslatib o‘tamiz: siz tushuna olmaydigan, ko‘rinishidan qalbakidek mahsulot turlari ham mavjudki, o‘zingizni  ulardan darhol uzoq tuting.

Tabiiy yeguliklar parhezining afzallik jihatlari

2014- yildagi Yale universitetining tahlil natijalariga ko‘ra, mutaxassislar  ishlab chiqarilgan mahsulotlar parhezi tabiiy yetishtirilgan mahsulotlar sifatiga yaqinligi  va shu mahsulotlardek kasallikni oldini olish va sog‘liqni mustahkamlashda bir xil natija ko‘rsatishi mumkinligi borasida  yakuniy va haqqoniy qaror qabul qilishadi.

Meva va sabzavotlarga, makkajo‘xori , yong‘oq kabi mahsulotlarga boy parhez saraton hamda qandli diabet kasalliklarini oldini olish va uzoq muddat sog‘lom turmush tarzida hayot kechirishda muhim ahamiyatga ega. Shu turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yuz berishi mumkin bo‘lgan tashqi taʼsir hamda jarohatlarga qarshi himoya sifatida yordam beradi.

2019- yilda o‘tkazilgan tadqiqotlarning faktlarga asoslanib, tarkibida yashil o‘simliklar bo‘lgan parhez turlari har yili yuzlab  sodir bo‘ladigan  erta o‘limni oldini olishi mumkinligi borasida  xabar berildi. Bu tabiiy yeguliklar parhezining keng miqyosda ommalashishi uchun tasdiqlov edi.

Tabiiy yeguliklar parhezi hamda ichaklar faoliyati

Tabiiy mahsulotlar  tarkibida ichaklarning tozalanishi yoki ovqatning hazm bo‘lishi jarayonida  yo‘qolishi mumkin bo‘lgan ozuqaviy moddalar mavjud. Ushbu moddalar anʼanaviy hazm qilish vazifasini bajaruvchi  sog‘lom ichaklar faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, sog‘lom bakteriyalarni oziqlantiradi.

Tabiiy yeguliklar hamda Miya

Miya haqiqatdan ham “och” organ, siz isteʼmol qilayotgan ozuqaning 25% ini miya qabul qiladi. Bu albatta miyaning o‘z vazifasini bajarishda muhim ahamiyatga ega.

Faktlarga asoslanib aytishimiz mumkinki, miya faoliyati uchun eng yaxshi parhez turlaridan biri Mind parhezi hisoblanadi. O‘tkazilgan tadqiqotlarning birida, Mind parhezini tutgan odamlarning 53% qismida Altsgeymer kasalligining  qisqarishi isbotlangan.

Miya faoliyati uchun eng yaxshi tabiiy yeguliklar ro‘yxati:

✓ Yog‘li baliq

✓  yong‘oq

✓ tuxum

✓ rezavor mevalar

✓  brokoli

✓  makkajo‘xori mahsulotlari.

Tabiiy yeguliklar parhezini yuritish qanchalik oson?

Bir kuni siz har kungi isteʼmol qilayotgan taomlaringiz tarkibiy qismlari haqida o‘ylab qolasiz. Va shunda, siz odatiy yeydigan yeguliklar o‘rniga sog‘lom turmush tarzi uchun tavsiya etilgan mahsulotlarni isteʼmolini ko‘paytirmaganligingiz asosiy muammolardan biri ekanligini tushunib yetasiz.

Shu kabi parhez yuritadigan odamlar uchun erishishi qiyin bo‘lgan natijadek ko‘rinadi. Masalan, baʼzida tushlikni o‘z vaqtida qilish uchun vaqt ajratolmay qolasiz. Shu o‘rinda tavsiya etishimiz mumkinki, yosh farzandlarga ega hamda ko‘p ishlashga moyilligi bor odamlar bu kabi parhezlarni yo‘lga qo‘yishlari mumkin.

Baʼzi hollarda biz chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lish uchun  o‘zimizni majburlab ovqatlanishni keskin kamaytirishimiz holatlari kuzatiladi. Ammo bu oshqozon yallig‘lanishi kasalligini keltirib chiqarishi mumkinligidan boxabar bo‘lishimiz lozim.

Bu shuni anglatadiki, yuqorida eslatib o‘tilgan parhez turlari organizm uchun sog‘lom hamda qulay ammo, baʼzi isteʼmolchilar uchun tavsiya etilmaydi.

Bundan avval, tartibsiz ovqatlanish kuzatilgan isteʼmolchilar parhezda ko‘rsatilgan cheklovlardan yiroq bo‘lishlari kerak.

Tabiiy yeguliklar parhezi holdan toydirishi mumkinmi?

Albatta yo‘q! Aniq tushuntiradigan bo‘lsak, meʼyordan ortiq mahsulotlar berilgan retseptlari kam. Xohlasangiz, o‘zingiz bu ro‘yxatni tabiiy yeguliklar bilan to‘ldirishingiz mumkin.

Parhezni turmush tarzimizda  qo‘llash uchun eng yaxshi usullar

Quyida siz uchun  parhez tutish orqali turmush tarzini muvozanatda ushlash  uchun bir qancha maslahatlar berilgan:

1. Ovqat tayyorlashda tajriba orttiring

Azaldan, yarim tayyor hamda konservalangan taomlarni isteʼmol qilib kelgan bo‘lsangiz, o‘zingizni hayotingizning katta qismini oshxonada o‘tkazgandek his qilasiz. Shuning uchun, haftasiga 5 marta tayyorlanadigan taomlaringiz ro‘yxatini tuzib chiqishni tavsiya qilgan bo‘lardim. Agar siz oila aʼzolaringizni hisobga olgan holda ikki yoki uch marta ovqat tayyorlasangiz, bu borada tajriba orttirib borasiz. Endi, uyda tayyorlanadigan granola taomini misol qilib olaylik, haftada bir marta nonushta uchun tayyorlang. Suli yormasi, yong‘oq kabi mahsulotlar mazali bo‘lishdan tashqari, sizni tushlik vaqtigacha to‘q bo‘lishingizni taʼminlaydi.

2. O‘zingiz uchun tayyorlanishi oson taomlar ro‘yxatini yarating

Yangi ovqatlanish rejimiga o‘tish biroz murakkabdek tuyuladi, asosan shunchaki ishonchsizlik yuz beradi. O‘zingizni ko‘niktirib borishingiz juda muhimdir.

Agar sabzini qo‘lingizda to‘g‘ragan bo‘lsangiz yoki muzlatgichdan qovun bo‘lagini olib rohat bilan yeyayotgan bo‘lsangiz, ishonavering, bu mahsulotni konserva qobig‘idan ajratishdan ko‘ra osonroq! Agar sabzavotni yetkazib berish xizmati orqali qabul qilgan, yoki oziq-ovqat rastalaridan sotib olgan bo‘lsangiz, ularni avvalo yuvib isteʼmol qilishni unutmang.

Tabiiy yeguliklar parhezini sinab ko‘rishga tayyormisiz?

Agar sog‘lig‘ingizni maksimal darajaga yetkazmoqchi bo‘lsangiz, sizga hech ikkilanmay tabiiy yeguliklar parhezini tavsiya qilaman. Ammo, hayotingizni boshqa jihatlariga eʼtibor bergan holda, turmush tarzingizda sizga nima qo‘l kelishi mumkinligini aniqlashtirib oling.

Manba: lifehack.org

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.