Pilates bilan shug‘ullanish uchun 12 sabab

Total
0
Shares

Pilates har qanday tayyorgarlikka ega bo‘lgan odamlar uchun mos keladi, kuchli va abjir bo‘lishga yordam beradi, o‘zlikni anglashni kuchaytiradi va nafas olish bilan bog‘liq odatlarni o‘zgartiradi. Quyida davomli tarzda Pilates bilan shug‘ullanish natijasida qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan boshqa afzalliklarni ham bilib olasiz.

Pilates o‘zi nima

Pilates mashqlari tizimi 1920 yillarda Nyu-Yorkda paydo bo‘lgan. Uning asoschisi Jozef Pilates yoga, taychi kabi mashqlardan maʼlum qismlarni oldi, bir nechta jismoniy mashqlar va cho‘zilish mashqlarini, nafas olish texnikasi va tana harakatiga diqqat qilish kabi holatlarni o‘z tizimiga kiritdi.

Avvaliga bu tizim jarohat olgan raqqoslarni reabilitatsiyasi uchun qo‘llangan, shuning uchun ham uning harakatlari tekis va aniq bo‘lib, ularni bajarishga, nafasni va tana holatini nazorat qilishga katta eʼtibor qaratiladi. Pilates mashqlarini bajarishda barcha mushaklarga yuklama tushsada, bosh miya qobig‘i mushaklari hamda muvozanatni saqlashga alohida eʼtibor beriladi. Siz sport bilan shug‘ullanmasangiz va jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lmasangiz ham Pilates sizga mushaklar tonusini kamaytirishga va qayishqoqlikni oshirishga yordam beradi. Sportchilar uchun esa Pilates tiklanish kunlarida yaxshi tayyorgarlik bo‘ladi, mushaklardagi og‘riqlarni kamaytirishga va bo‘g‘imlar harakatchanligini rivojlantirishga yordam beradi.

Pilatesni qanday sabab bilan tanlamang har qanday holatda ham uning sog‘liqqa sezilarli darajada foydasi tegadi.

Pilatesni sinab ko‘rish uchun sabablar

1. Pilates qayishqoqlikni rivojlantiradi

Tanangiz yosh va qayishqoq bo‘lgan paytda buni farqiga bormaysiz: har qanday harakat sizga oddiy va tabiiydek tuyuladi. Ammo vaqt o‘tib yoshingiz kattalashgani, o‘tirib ishlash yoki jarohatlar sababli qayishqoqlik darajasi yomonlashib, hayotingiz sifati ham pasayib keta boshlaydi.

Cho‘zilish mashqlari, maʼlum kuchga qarshi chiqish, kuch talab qiladigan mashqlar va nafas olish texnikalari — bularning bari Pilates bilan shug‘ullanish jarayonida qayishqoqlikni kuchaytirishga yordam beradi.

Pilates mashqlari bilan har kuni shug‘ullanish shart emas. Ishtirokchilari 12 hafta davomida har haftada ikki soatdan Pilates bilan shug‘ullangan tadqiqot natijasiga ko‘ra ishtirokchilarning qayishqoqligi va bardoshliligi sezilarli darajada yaxshilangan.

2. Pilates kuchli bo‘lishga yordam beradi

Og‘ir vazn toifasidagi sportchilar pilatesning ushbu foydasini eshitib kulib qo‘yishlari mumkin. Axir qanday qilib kuch talab qilmaydigan va ohista harakatlar ko‘krakda shtanga ko‘tarish mashqini 100 tagacha bajara oladigan kishilar kuchini ko‘paytirib berishi mumkin?

Bu savolga ha, deb javob berish mumkin. Eski jarohatlar, o‘tirib ishlash, noto‘g‘ri holatda uhlash — bularning bari tanamizni o‘zi uchun notabiiy bo‘lgan holatga odatlanishga majbur qiladi va harakatlar samaradorligini kamaytiradi, shuningdek, gavdani noto‘g‘ri tutishga o‘rganish va og‘riqlarga sabab bo‘ladi.

Pilates esa tanangizni tabiiy holatiga qaytishiga yordam beradi, bunda u bevosita sizning kuchingizga taʼsir qiladi. Tana samaraliroq usulda harakatlana boshlaydi va kuch ortib boradi.

Bundan tashqari, Pilates jarohatdan keyin kuchni qaytarib olishga yordam beradi. Mashqlar sog‘lom mushaklarni rivojlantiradi va jarohatlangan mushaklarda chandiqlar yuzaga kelishining oldini oladi, bu esa ularning harakat diapazonini kengaytiradi va tiklanishiga yordam beradi.

3. Pilates bosh miya qobig‘i mushaklarini rivojlantiradi

Bosh miya qobig‘i mushaklarini maxsus qatlam o‘rab turadi, ular siz amalga oshiradigan har bir harakatda ishtirok etadi. Ular muvozanatni saqlash va tananing barqaror bo‘lishiga javob beradi, bu esa sportda hamda kundalik hayotda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan jarohatlarning oldini olishda muhim ahamiyatga egadir.

Tadqiqotlardan birining ko‘rsatishicha, harakat va muvozanatdagi barqarorlikning rivojlanishi, miya qobig‘i mushaklarining faollashuvi va asab-mushak tizimining rivojlanishi sportdagi jarohatlarni nazorat qilishga yordam beradi.

Pilatesda asosiy eʼtibor kuch markazi — “kuch kamarini” tashkil qilishga qaratiladi. Har qanday mashq bosh miya qobig‘ining barqaror mushaklarini faollashtirishdan boshlanadi, chunki bu mushaklar qisqa fursatda tonus holatiga o‘tadi. Aksariyat sportchilarning tiklanish davrida Pilates bilan shug‘ullanishlariga asosiy sabablardan biri ham aynan shudir.

4. Pilates reabilitatsiya davrida xavfsiz hisoblanadi

To‘g‘ri tashkil qilingan reabilitatsiya jarayoni — sportchining mashg‘ulotlarga tezroq qaytishining kafolatidir.

Pilates tanaga unchalik og‘ir bo‘lmagan yuklama bergani va har qanday insonga mos tushgani sababli, ushbu tizim reabilitatsiya davrida faollikni saqlash uchun ayni muddao hisoblanadi.

Bundan tashqari, jarohat sportchini ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan toliqtirishi mumkin. Pilates bu borada yaxshi davo bo‘ladi. Mazkur tizim ongni hech bo‘lmaganda mashg‘ulotlar paytida salbiy o‘y xayollardan tozalashga imkon beradi.

5. Pilates qon aylanishini yaxshilaydi

Qon tanamizdagi barcha aʼzolarni kislorod va ozuqaviy moddalar bilan taʼminlagani uchun ham insonning umumiy sog‘lig‘i uchun uning normal holatda aylanishi muhim hisoblanadi. Qon aylanishining buzilishi tufayli gapirolmay qolish, charchoq, bosh aylanishi, soch to‘kilishi, tananing baʼzi joylarida shish paydo bo‘lishi va teri bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelishi mumkin.

Pilates birdaniga ikki yo‘nalishda qon aylanishiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi:

1. Har qanday jismoniy mashq kabi Pilates ham shug‘ullanish davomida qon aylanishini yaxshilaydi.

2. Gavdaning to‘g‘ri holatga qaytishini taʼminlaydi, bu esa qon oqimini kuchaytiradi va qon bosimini pasaytiradi.

6. Pilates nafas olishni yaxshilaydi

Agar gavdani noto‘g‘ri tutish sababli diafragma doimiy tarzda bosim ostida bo‘lsa, siz yuzaki nafas ola boshlaysiz. Organizmga kislorod yetishmaydi, siz tez-tez nafas olasiz va ko‘proq quvvat sarflaysiz. Pilates miya qobig‘i mushaklarini cho‘zilishiga sabab bo‘ladi, bu esa gavdani to‘g‘ri tutishni va chuqur nafas olishni taʼminlaydi.

Bundan tashqari, mashg‘ulotlar davomida ongli tarzda nafas olish va nafas chiqarish bilan nafas olish tarzingizni o‘zgartirasiz, bu esa kuchingiz, bardoshliligingiz va harakatlaringizning samaraliroq bo‘lishiga taʼsir ko‘rsatadi.

7. Pilates o‘zingizni anglashga yordam beradi

Pilates bilan shug‘ullanish o‘zingizni anglashga yordam beradi. Harakatlarni samaraliroq bo‘lishi uchun aql tana bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi lozim.

Mashg‘ulotlarda o‘z harakatlaringizni anglaydigan bo‘lganingizdan keyin buni kundalik hayotingizda ham qo‘llay boshlaysiz. Sizning harakatlaringiz yana-da noziklashib, muvozanatni saqlashingiz osonroq bo‘ladi. Bu ayniqsa yiqilish xavfi va bunga bog‘liq tarzda jarohat olish ehtimoli kuchayadigan qish mavsumida qo‘l keladi. Umuman olganda bu qobiliyat sizga hayotingizdagi har qanday holatda ham asqotadi, masalan, bu sizga odam liq to‘la metro vagoni yoki avtobusga chiqib qolsangiz, sharoit sabab bir oyoqda turishga majbur bo‘lsangiz va transport vositalarining kutilmaganda yuzaga kelgan silkinishlarida o‘zingizni tutib tura olishingizda yordam beradi.

8. Pilates stressni kamaytiradi.

Stress tufayli tanangizda “ur yoki qochib qol” degan o‘y paydo bo‘ladi, yurak urishi tezlashadi, adrenalin va kortizol ishlab chiqarilishi ortadi, ovqat hazm qilish funksiyasi buziladi. Agar tana uzoq vaqt davomida stress holatida qolsa, hazm qilish bilan bog‘liq kasalliklar, emotsional va psixik buzilishlar hamda boshqa muammolar yuzaga kelishi mumkin.

Pilates stressga qarshi samarali kurashishga yordam beradi. Ushbu tizimning asosiy omillaridan biri nafas olishni nazorat qilishdir. Nafas olishga eʼtibor qaratish bilan siz ayni lahzada hozir bo‘lishni, o‘z tanangizni his qilish va ongni tinchlantirishni o‘rganasiz.

Tadqiqotlarning tasdiqlashicha, nafas olish bilan bog‘liq harakatlar kortizol — stress gormoni — ishlab chiqarilishini pasaytiradi va hatto erkin radikallarning halok qiluvchi harakatlaridan himoya qiladi.

9. Pilates tanani yaxshiroq o‘rganish imkonini beradi

Biz tanamizga e‘tibor bermaslikka o‘rganganmiz, shuning uchun ham to og‘riqlar paydo bo‘lib sog‘liq haqida qayg‘urish vaqti kelganini bildirmagunicha qadimizni to‘g‘ri tutmayotganimizga, mushaklarning muvozanati buzilishi va boshqa muammolarga ahamiyat bermaymiz.

Pilates bizni hamisha tanamiz bilan muloqotda bo‘lishga, u bilan nimalar ro‘y berayotganini his qilishga o‘rgatadi. Mashg‘ulotlarda harakatlanishimizda ishtirok etadigan har bir kichik mushakning ishiga e‘tibor beramiz. Bu esa hamisha tanamizni kuzatish va uning qanchalik yaxshi ishlayotganini his qilishga odatlanishimizni taʼminlaydi.

10. Pilates sport sohasidagi jarohatlarning oldini oladi

Sport sohasida jarohat olishning asosiy sabablari — mashqlarni texnikasini bilmaslik, bo‘g‘imlar, mushak va paylarga haddan ortiq stress yuklanishi, gavdani to‘g‘ri tutmaslik va tana mushaklarining zaifligidir. Pilates bu muammolarni hal qilishda sizga yordam beradi. U kuchingizni oshiradi, osoyishtalik hisini rivojlantirishga yordam beradi, o‘z tanamizga e‘tibor qaratishni va uning harakatlarini kuzatishni o‘rgatadi, natijada sportchi texnikaga alohida ahamiyat bera boshlaydi.

Bundan tashqari, Pilates odatiy harakatlarda kamdan kam hollarda ishtirok etuvchi mushaklarga taʼsir ko‘rsatadi.

Ushbu mushaklarni ishlatish yuklamalarni butun tanaga teng taqsimlanishiga imkon beradi, bo‘g‘imlarni kuchayishiga, harakatchan bo‘lishiga va odatiy mashg‘ulotlar paytida stresslarga tayyor turishga yordam beradi.

11. Pilates tufayli kognitiv xususiyatlar yaxshilanadi

Tadqiqotlardan birida kognitiv xususiyatlarning rivojlanishi uchun 20 daqiqa davomida yoga bilan shug‘ullanish aerobik mashqlar majmuasi yoki faollik bo‘lmagan holatdan ko‘ra foydaliroq ekani maʼlum bo‘ldi. Olimlar meditativ mashqlar yordamida zehnni kuchaytirish va stress hamda bezovtalikni kamaytirish kognitiv xususiyatlarning rivojlanishiga imkon beradi, deb taʼkidlaydilar.

Pilates yoga kabi tana va ongni nazorat qilish borasida muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun, stressni kamaytirish va tanani yaxshiroq o‘rganish orqali siz kognitiv xususiyatlaringizni rivojlantirishingiz mumkin bo‘ladi.

12. Pilates uyqusizlik bilan kurashishga yordam beradi

Nafasni nazorat qilish, tanaga e‘tibor qaratish va sokin mashqlarni bajarish orqali stressdan qutulishingiz va yaxshi uhlashingiz mumkin bo‘ladi. Mashqlarni har kungi tinchlantiruvchi odat sifatida bevosita uyqu oldidan bajarsangiz ham bo‘ladi.

Pilatesning asosiy qoidalari

Ko‘rib turganingizdek, Pilates bilan shug‘ullanish uchun sabablar yetarli. Agar siz Pilates bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lsangiz, internet orqali maxsus kitobni yuklab olishingiz, murabbiy topishingiz yoki YouTube tarmog‘idagi videoroliklar yordamida o‘rganishingiz mumkin.

Qanday usulni tanlashingizdan qatʼiy nazar hamisha Pilates asoschisi aytib o‘tgan quyidagi olti qoidani yodda tuting:

1. Diqqatni jamlash. Tanaga e‘tibor qaratish va bu jarayonda boshqa narsalarga chalg‘imaslik kerak. Agar siz mashqni bajara turib ertaga nima ishlar qilishni rejalashtirsangiz yoki boshqa narsalarni o‘ylasangiz bu Pilates bo‘lmaydi.

2. Markazlashuv. Asosiy e‘tibor miya qobig‘i mushaklariga qaratilishi lozim.

3. Nazorat. Har bir harakat nazorat ostida bo‘lishi kerak — shundagina mashqlarni to‘g‘ri bajara olasiz.

4. Nafas olish. Har bir mashqda nafasingizni nazorat qiling. U bir tekisda va harakatlaringizga mos bo‘lishi kerak.

5. Aniqlik. Har bir harakat aniq texnika asosida bajariladi. Barcha mashqlar sekin bajarilgani uchun, yangi shug‘ullanishni boshlaganlar ham harakatlarni aniq bajarishlari mumkin bo‘ladi.

6. Ohistalik. Pilatesda hamma harakatlar ohista va nafislik bilan bajariladi.

Ushbu qoidalar asosida Pilates bilan shug‘ullanyapsizmi yoki Pilates elementlarini o‘zlashtirgan fitnes bilanmi, bilib olishingiz mumkin bo‘ladi. Masalan, instruktor harakatlarni tez bajarish kerakligini aytsa yoki nafas haqida to‘xtalib o‘tmasa, ehtimol uni o‘zgartirishingiz kerakdir.

Mashqlar tizimini sinab ko‘ring. Ehtimol, nozik harakatlardan zavqlanarsiz yoki mashg‘ulotlar paytidagi meditativ holat sizga manzur bo‘lar. Pilates dunyodagi ko‘plab insonlarning qalbini zabt etgan, ehtimol u sizga ham yoqib qolar.

Manba: lifehacker.ru

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.