Piyoda yurishning organizm uchun 7 foydasi

Total
0
Shares

Piyoda yurish – bu jismoniy mashqning eng oson va qulay turi. Yurish inson salomatligi uchun foydali bo‘libgina qolmay, ruhiy-emotsional holatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

London unversitetining ikki olimi piyoda yurishning organizimga ta’sirini o‘rganish uchun 1970-yildan 2007-yilgacha bo‘lgan barcha tadqiqotlar meta-tahlilini o‘tkazdi. Bunda 500 000 kishi ishtirok etib, ular o‘rtacha 12 yil davomida kuzatilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, ular quyidagi xulosaga keldi:

  1. Аsab tizimi – miya faoliyati, harakat va koordinatsiyani yaxshilaydi, asab hujayralari kislorod bilan boyitadi, tinchlantiradi, uyqu me’yorlashadi. Depressiya xavfini 30 foizga, Аlsgeymer kasalligini 40 foizga kamaytiradi.
  2. Yurak-qon tomirlar tizimi – vegitativ asab tizimining holatiga ta’siri orqali qon bosimini kamaytiradi, yurak faoliyatini yaxshilaydi. Yurish paytida oyoq mushaklarining ritmik qisqarishi va bo‘shashishi qon va limfa oqimini faollashtiradi, tomirlar kengayishining oldini oladi.
  3. Harakat-tayanch tizimi – metobolizmni oshiradi, ortiqcha kaloriyani yo‘qotadi va mushak massasi ortadi. Yurish ta’siri ostida suyak to‘qimasining tiklanish jarayonlari faollashadi, bu suyak mineral zichligini oshishiga olib keladi. Bo‘g‘imlardagi og‘riqni kamaytiradi, harakatchanlikni oshiradi, ularni o‘rab turgan mushaklarni kuchaytiradi.
  4. Nafas olish tizimi – o‘pka ventilyatsiyasini yaxshilaydi va hajmini oshiradi. Ko‘krak qafasi mushaklari nafas olish jarayoniga jalb qilingani sababli o‘pkaning ekskursiyasi kuchayadi va kislorod almashunuvi 30 foizga oshishiga olib keladi.
  5. Ovqat hazm qilish tizimi – o‘t pufagi va ichaklarning to‘lqinli harakatlarining oshishi tufayli o‘t qopida tosh paydo bo‘lishini va qabziyatning oldini oladi.
  6. Endokrin tizimi – yurganda mushaklar energiyani yog‘larning oksidlanishi va uglevodlarning parchalanishi hisobiga oladi. Bu ortiqcha vazn yo‘qotishda samarali ta’sir ko‘rsatadi va qandli diabet kasalligining oldini oladi.
  7. Muntazam yurish immunitetni mustahkamlaydi.

Piyoda yurishga oid tavsiyalar

Har kuni yarim yoki bir soat piyoda yurish optimal hisoblanadi. Muhimi, muntazamlik. Davomiylikni shaxsiy holatga qarab asta-sekin oshirib borish kerak. Yurish oxirida odam erkin nafas olishi, yengil, yoqimli charchoq holatini his qilishi kerak.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.