Qaysi mahsulotlar buyraklar salomatligini yaxshilaydi?

Total
0
Shares

Mutaxassis ovqatlanish ratsioniga nimalarni kiritish kerakligini aytdi

Buyraklar inson tanasida biologik filtr rolini o‘ynaydi: ular ortiqcha suyuqlik va tuzni chiqarib tashlaydi, metabolizmda faol ishtirok etadi, qon bosimini normal darajada saqlaydi, shuning uchun ularning sog‘lig‘i haqida qayg‘urish muhimdir. Misol uchun, suyuqlik isteʼmol qilish rejimi va maʼlum bir parhezga rioya qilish, diyetolog Mariya Tixomirova RIA Novosti bilan bo‘lgan suhbatida taʼkidlab o‘tdi.

Mutaxassisning fikricha, brusnika mevasi bu organning sog‘lig‘iga foydali taʼsir ko‘rsatadi. Unda:

  • antiseptik xususiyatlarga ega fenolik glikozidlar mavjud
  • vaksinium elementlari
  • likopen (antioksidantlar turiga kiradi, ko‘p qismi tanada istalmagan o‘zgarishlarga olib keladigan erkin radikallarni zararsizlantiradi)
  • flavonoidlar
  • kumarinlar (yallig‘lanishga qarshi qo‘l keladi)
  • ellagik kislota va boshqa baʼzi foydali moddalar.

Shifokor shuni qo‘shimcha qildi: ushbu meva antiseptik va siydik haydaydigan taʼsirga ega, bu esa tosh yig‘ilishi va surunkali buyrak kasalliklarini davolashda samarali dori hisoblanadi.

Tixomirova, shuningdek, baʼzi ziravorlar buyraklar uchun foydali bo‘lishi mumkinligini aytdi: masalan, qizilmiya, zira, arpabodiyon va ukrop. Ular yallig‘lanishga qarshi va antispazmodik taʼsirga ega va tarkibidagi efir moylari tufayli bu organning ishini yaxshilaydi.

Bundan tashqari, apelsin, anor, uzum, piyoz, sarimsoq, xurmo buyraklarning yaxshi ishlashiga va o‘z vazifalarini bajarishiga yordam beradi. Shuningdek, hammaga siydik va tuz haydovchi mahsulot sifatida maʼlum bo‘lgan tarvuz, qovun va qovoq buyrak faoliyati uchun juda foydali.

Manba: mhealth.ru

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.