Qish faslida yugurish bo’yicha tavsiyalar

Total
0
Shares

Qishda yugurishning asosiy afzaliklari va kamchiliklari, qulay kiyimlar va yugurish texnikasi, shuningdek, yugurish uchun eng yaxshi joylar haqida qisqa va kerakli ma’lumotlar.

 World Class klubining ochiq havodagi mashg’ulotlar bo’yicha murabbiyi Semen Jdanovning tavsiyalari bilan ulashamiz.

Foydalimi yoki Zararlimi?

Yugurish bu bizga tabiatdan joylangan harakat turi, ammo doimiy amaliyotsiz biz o‘zimizdagi boshlang‘ich harakatdagi yengillik va tabiiylikni yo‘qotamiz.

Shuning uchun yugurishga organizmga zarar yetkazmasdan, foyda keltirish maqsadida yugurishga tushunib yondashish lozim. Agar kuzda tayyorgarlikni boshlasangiz, qishda yugurish bilan shug‘ullanish mumkin va lozim.

Bu sport turi bilan qishda shug‘ullanishga qaror qilgan bo‘lsangiz xavotirga o‘rin yo‘q, muhimi o‘z tayyorgarlik darajangizdan kelib chiqib, yugurish uchun tekis yo‘lak tanlang va to‘g‘ri texnikasi va tempi ustida ishlang.

Afzalliklari va kamchiliklari

Afzalliklari: ko‘proq kaloriya sarflanadi, sog‘likni yaxshilanish taʼsiri ko‘proq, motivatsiya darajasi oshadi (tan olish kerakki, oyoq ostida loy bo‘lsa, tunda, sovuqda yoki shamol bo‘lib turganda yugurish ancha qiyinroq bo‘ladi), tetiklik (ertalabki yugurishdan keyin) , stressdan qutulish (kechasi yugurish orqali).

Kamchiliklari: ko‘p kiyim kiyish kerakligi, noqulay ob-havo va yo‘lak sharoitlar, yo‘llarning loyligi, sovuq havo, muz, ertalab va kechqurun ko‘chalar qorong‘iligi.

Natijalari quyidagi: mustahkam immunitet, kelishgan qomat, fikrlar tiniqlashadi, ajoyib psixologik yengillikka erishiladi va asab mushaklaridagi tarangliklardan xalos bo‘linadi.

Natija: kuchli immunitet, ohangdor tana, fikrlarning yangiligi, stressdan xalos bo‘lish va ajoyib psixologik yengillik.

Yugurish uchun qishki kiyim-bosh

  • Krossovkalar, Gore-Tex texnologiyasi bilan bo‘lgani maʼqul, uzun paypoqlar.
  • Sovuq shamol o‘tkazmaydigan junli shim , termal ichki kiyim (qattiq sovuqda kiyishga) va namlikka chidamli va yopishib turadigan ichki kiyim. 3 qavat kiyiladi: termo ichki kiyim- namlikka qarshi, junli shim- issiqlikni saqlash uchun, yengil ustki kiyim- shamoldan saqlaydi.
  • Yuzni yopib turuvchi sharf yoki niqob, boshni qizib ketishdan va sovuqdan saqlash uchun bosh kiyim kiyish lozim.
  • Qalin qo‘lqoplar.

Yugurish texnikasi

Birinchi navbatda chigal yozdi mashqlar orqali isinib oling, keyin esa sekin tezlikda yugurish kerak.

Yugurish vaqtida minimal vertikal darajada tebranib, oyoqni to‘liq bosib qisqa qadamlar bilan yugurish afzal, nigohingiz to‘g‘riga qaratilgan, yelkalar keng ochilgan va press mushaklari tarang holatda bo‘lishi kerak.  Tezlik faqat tananini egish orqali boshqariladi. Yugurishning eng katta kamchiligi bu- siz unga o‘rganib qolasiz. Yaxshiyam, bu zararli emas, aksincha juda foydali.

Yugurish uchun eng yaxshi joylar:

Yaqin atrofdagi maydonlarda yoki parklarda yugurish yaxshiroq, chunki yo‘laklarning qattiq yuzasi bo‘g‘imlarga shikast yetkazishi mumkin.

 Ushbu joylarda yugurishni tavsiya etamiz:

  • Ekopark
  • Botanika bog‘i
  • Markaziy Bog‘
  • Anhor bo‘yida
  • Jasorat Monumenti maydonida
  • Paxtakor va Bunyodkor stadionlarida

Manba: Worldclassmagazine.com

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.