Qon tarkibidagi qand miqdorini meʼyorlashtirish uchun 10 turdagi eng yaxshi taomlar

Total
0
Shares

Ko‘plab odamlar eʼtiborida bo‘lgan eng ommalashgan muammolardan biri qon tarkibidagi qand miqdorini nazorat qila olmaslik- yaʼni qandli diabet kasalligi hisoblanadi. Yeguliklar shunday holatlarda nafaqat foyda balki zaruriy xususiyatlarga ham egadir.

Belgilangan taom hamda yegulik  inson tanasida qon faoliyatini ma’lum bir darajada ushlashga yordam beradi. Agar qandli diabet bilan kasallangan bo‘lsangiz, tartib asosida faqat rejalashtirgan, foydali taom va yeguliklarni isteʼmol qilishingizni maslahat beramiz. Bu albatta o‘z navbatida qandli diabetni yana-da nazorat ostiga olganligingizni bildiradi.

 Hozirgi kunda internet yaxshi rivojlangan davrda juda ko‘p yolg‘on maʼlumotlar tez tarqalmoqda, afsuski ulardan qaysi biri fakt ekanligini ajratish biroz mushkul.

Quyida inson tanasida qand miqdorini meʼyorlashtirishda yordam beradigan bir qancha yeguliklar turlari berilgan.

Brokkoli

Brokkoli kabi kraxmali mavjud bo‘lmagan sabzavotlar qon tarkibidagi qand miqdoriga sezilarli taʼsir ko‘rsatadi, kam miqdorda uglevod mavjud.

Kichik hajmda idishdagi xom brokkoli tarkibini 20% ni kaloriya, 3.7gr qismini uglevod, 2gr protein oqsili tashkil etadi.

Amerika qandli diabetga qarshi kurashish assotsiatsiyasi bergan maʼlumotlarga ko‘ra: inson asosiy taomining bir bo‘lagi qilib tarkibida kraxmali mavjud bo‘lmagan sabzavotlar masalan, brokkoli tanovul qilishi kerakligini maslahat berishadi.

Solomon balig‘i

Baliq va boshqa dengiz taomlarini haftada kamida ikki marta tanovul qilish tavsiya etiladi. Shunga misol tariqasida, Solomon balig‘i asosan, omega-3 foydali yog‘larini o‘zida mujassam etgan. Fan tilida eikosapentaenoik  hamda dekosahexaenoik oksidi deb yuritiladi ushbu ikki turdagi moddalar yurak, miya ko‘z faoliyatiga yetarli darajada taʼsir ko‘rsatib, yana-da qo‘llab quvvatlaydi. Qandli diabet bilan og‘rigan odamlar yurak kasalliklariga tez chalinish xavfi mavjud. Shunday vaziyatda Solomon balig‘ining ko‘p isteʼmol qilishingiz sizga qo’l keladi.

Qo‘shimcha qilib aytganda, Solomon balig‘i tarkibida ko‘plab yog‘lar mavjudligi  baliq tarkibidagi foydali moddalarning inson tanasiga singib ketishiga zamin yaratadi.

Qadoqlangan suli yormasi

Qadoqlangan suli yormasi tarkibida inson sog‘lig‘iga foyda keltiruvchi moddalar mavjud hisoblanadi. Shu turdagi taom va yeguliklarni ko’proq isteʼmol qilish sizga juda katta foydasi tegadi.

Ismaloq

Amerika qandli diabetga qarshi kurashish assotsiatsiyasi ismaloq kabi tarkibida kraxmali mavjud bo‘lmagan o‘simliklarni ko’proq isteʼmol qilishni tavsiya qiladi. O‘rta hajmdagi idishga solingan ismaloq o‘zida 6.9gr kaloriya, 1.1gr uglevod, 0.9gr protein oqsilini mujassam etgan. Asosiy taomingizni bir qismiga ismaloq qo‘shib qo‘ying,  yoki boshqa uglevodi past sabzavotlar bilan birgalikda salat tayyorlab tanovul qiling.

Loviya hamda boshqa dukkakli mahsulotlar

Dukkakli o‘simliklar uglevod hamda protein oqsiliga boy mahsulotlar hisoblanadi. Shuningdek, qon tarkibidagi glyukozani muvozanatlashtiradi.

Loviya mahsulotlari vitamin va minerallarga juda boy hamda tayyorlamoqchi bo‘lgan taomingizga ajoyib taʼm va ko’rinish beradi.

Ortiqcha vaznga sabab bo‘lmaydigan yunon yogurti

Yunon yogurti taʼbiy ravishda yaxshigina kalsiy va protein oqsili bilan boyitilgan. Yunon yogurti oddiy yogurt bilan taqqoslanganda, 40% natriy, shakar hamda ikki karra ko‘p protein oqsili saqlaydi. Ushbu mahsulot qandli diabetdan aziyat chekayotgan bemorlar uchun ayni muddao. Imkon qadar, nordon krem va mayonezdan tashkil topgan va kaloriyasi kuchli taomlar isteʼmolini kamaytiring. O‘rniga shu kabi foydali mahsulotlar ayni siz uchun.

Yong‘oq

1-4 o‘rtacha hajmdagi idishga solingan yong‘oq tarkibini 190gr kaloriya, 18gr foydali yog‘, 4gr uglevod, 4gr protein oqsili tashkil etadi.

Yong‘oq tarkibidagi ushbu foydali moddalar inson organizmida qon faoliyati hamda harakatini nazoratga oladi.

2011 yilda  117 nafar bemorlarda 2-darajali qandli diabet kuzatilganligi ma’lum bo‘ldi. Ularning barchasi qon tarkibidagi qand va xolesterin miqdorini meʼyorlashtirish uchun yong‘oq va shu kabi mahsulotlar ko‘p isteʼmol qilishgan, ammo shu bilan birgalikda kaloriyasi yetarli darajada ko‘p ekanligidan xabardor bo‘lishmagan. Shundan so’ng ko‘plab ilmiy izlanish ishlari olib borildi.

Qulupnay

Amerika qandli diabetga qarshi kurashish assotsiatsiyasi taqdim etgan maʼlumotlarga ko‘ra: mineral, antioksidant moddalarga boy mahsulotlar isteʼmoli yuz berishi mumkin bo‘lgan kasalliklarni oldini olishi mumkinligi isbotlandi.

Tadqiqotchilar shuningdek, tarkibida qand miqdori kam bo‘lgan qulupnay mevasini yeyishni tavsiya qilishadi.

Taomlar va ular ularning funksiyalari jurnalida  qon tarkibidagi qand miqdorini butun organizmga qanday taʼsir ko‘rsatishi haqida ma’lumot berilgan.

Bundan tashqari, olimlar 14 nafar ortiqcha vazndan qiynalayotgan o‘smirlardan  so‘rovnoma o‘tkazishdi. Bunda birdaniga 3 marta  stakanda qulupnay sharbati ichishlari so‘raldi, odatda nonushtadan 2 soat oldin.

So‘rovnomadan so’ng ushbu o‘smirlar kaloriyasi ko‘p, to‘yingan yog‘lardan iborat, shakar hamda kam miqdorda ozuqaviy moddalari mavjud taomlar tanovul qilishganligi sababli ortiqcha vazn vujudga kelganligi ma’lum bo‘ldi.

Ammo qulupnay sharbatini ichilgandan 10 soat o‘tib ularda qon tarkibidagi qand miqdori meʼyorlashtirganligi aniqlandi. Tadqiqotchilar shuningdek,  qulupnay insulin gormonini yaxshilashi hamda glyukozani qo‘zg‘atishi mumkinligi borasida xulosa qilishdi. Asosiy taomdan ikki soat oldingi qulupnay isteʼmoli qandli diabetni oldini olishi mumkin. Bu haqida internetning boshqa sahifalarida ham ma’lumot olishingiz mumkin.

Limon

Amerika qandli diabetga qarshi kurashish assotsiatsiyasi qandli diabet kuzatilayotgan bemorlarga eng yaxshi yegulik va mahsulotlar sirasiga sitrus mevalarni ham kiritishgan. Sababi limon kabi sitrus mevalar o‘z tarkibida C vitamini, Foliy kislotasi, kaliy kabi foydali moddalarni mujassam etgan.

Ikki oshqoshiq yangi limon suvi tarkibida 7.6 gr kaloriya, 2.6gr uglevod, nordon limon tarkibida esa 2.8 gr kaloriya, 1 gr uglevod  mavjud.

Bundan tashqari, sarimsoq piyoz, marinadlar, sabzavot, tovuq yoki baliqdan iste’mol qiling.

Kinuva

O‘rta hajmdagi Kinuva o‘zida 111 kaloriya, 19.7gr uglevod, 1.8gr foydali yog‘lar, 4gr protein oqsili mujassam etgan. Shuningdek, ushbu mahsulot ham qon tarkibidagi qand miqdorini meʼyorlashtirishda isteʼmol qilinadi.

Manba: muscleandfitness.com

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.