Shamollashga qarshi 10 turdagi super taomlar ro‘yxati

Total
12
Shares

Fitnes klublar mikrobning  tez surʼatlarda tarqalishi uchun zamin yaratadigan joylardan biri. Odatda tumov hamda shamollash kasalliklari kuzatilganda.

Ayniqsa, kasallikka chalinganlar aksirayotgan, yo‘talayotgan paytda va shu holatda fitnes buyumlariga teginsa, albatta kasallik yuqishi kuzatiladi.

Fitnes qonun-qoidalari qayerda qoldi? Qo‘lni muntazam yuvib borish, buyumlarni ushlagach, antiseptik mahsulotlar bilan tozalab borish kerakligi uqtirilmaydimi?

Hozirgi kunda bizni tashvishga solgan narsa koronavirus infeksiyasi bo‘lib kelmoqda. Kasallikka chalinish yoki chalinmaslik sizning Immun tizimingizga bog‘liqligi bor.

Bir nechta ilmiy izlanish ishlaridan so‘ng,  quyidagi xulosaga kelishgan: jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish maxsus dasturi inson tanasi Immun tizimini yaxshilashda yordam beradi.

Intensiv mashg‘ulotlar Immun tizimida yuz beruvchi xavf-xatarni oldini oladi yoki inson tanasiga kirib kelgan kasallikka qarshi kurashadi.

Immun tizimini yaxshilash sizni 100% darajada mikrob hamda viruslarga chalinishingizni oldini oladi. Bu albatta o‘z navbatida qanchalik vitamin va minerallar qabul qilishingizga bog‘liq.

Boshqacha qilib aytganda, vitaminga boy mahsulotlarni ko‘p isteʼmol qilsangiz, kasal bo‘lishingiz ehtimoli foizi kamayadi.

Yuqishi mumkin bo‘lgan baʼzi turdagi kasalliklarni oldini olish uchun quyidagi mahsulotlardan ko‘proq isteʼmol qiling:

Sitrus mevalar

Agarda, buringizda kasallik alomatlarini sezsangiz, hamda nafas olishga qiynalsangiz, yechimi bor: Apelsin, mandarin, limon, greypfrut kabi mevalar tarkibida C vitamini mavjud va albatta, ushbu mahsulotlar tarkibidagi moddalar sizning organizmingizda Immun tizimini yaxshilaydi.

Sitrus mevalar ayniqsa shamollash va gripp kasalliklari avjiga chiqqan vaqtda tabiat inʼom etgan tabiiy dorivor mahsulot sifatida foydalaniladi.

Olimlar olib borgan bir qancha tadqiqot ishlari quyidagi natija bergan: C vitaminining katta miqdordagi dozasi sizda kuzatilayotgan shamollash kasalligi davomiyligini qisqartiradi.

Sitrus mevalar shuningdek, boshqa foydali xususiyatlarga ham ega. Masalan, tarkibida kaliy xloridi katta miqdorda mavjudligi sababli, inson tanasidagi suyuqliklar faoliyatini tartibga solishga xizmat qiladi.

Suyak bulyoni

Ushbu taom turi bir necha yil oldin kirib kelgan. Va albatta sog‘liqqa juda ko‘p foyda keltirgan. Ushbu mahsulot suyakni bir necha soat qaynatilgandan so‘ng, hosil bo‘ladi hamda  bir qancha foydali minerallarni o‘zida mujassam etgan. Ishlab chiqarilgan minerallar organizmga tushgach, yo‘qolgan baʼzi moddalar o‘rinini qoplaydi yoki tez tiklanishiga zamin yaratadi.

Zanjabil

Zanjabil qo‘shilgan choy yoki smetana isteʼmoli keyinchalik yuz berishi mumkin bo‘lgan shamollash kasalligiga qarshi  himoya usullaridan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Xalqaro Tibbiyot jurnali maʼlumotiga ko‘ra: Zanjabil gingerol va shagelol kabi moddalarni o‘zida mujassam etgan. Ushbu moddalar inson tanasida antimikrob xususiyatlarga ega hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kasalliklarga qarshi kurashadi.

Qo‘shimcha qilib aytganda, Zanjabil antioksidant moddalarga boy hamda bu Immun tizimini yaxshilashda yaxshigina o‘rini mavjud.

Chernika mevasi

Ushbu meva turi tarkibida antioksidant moddalar mavjud bo‘lib, sog‘liq bilan bog‘liq barcha xavf-xatarni oldini olishda foydalaniladi.

 Auklend universiteti tadqiqot ishlari quyidagi natija ko‘rsatdi: Chernika kabi shu turdagi meva qabul qilgan isteʼmolchilarning kasallikka chalinishi xavfi 33%gacha qisqaradi.

Ismaloq

Ismaloq ajoyib taom turlaridan biri hisoblanadi. Uning tarkibida C vitamini mavjud bo‘lib, zaytun yog‘i hamda protein oqsiliga boy smetana bilan birgalikda ajoyib ko‘rinishdagi hamda taʼmdagi taom tayyorlash mumkin.

Sarimsoq piyoz

Tayyorlamoqchi bo‘lgan taomingizga qo‘shishingiz mumkin bo‘lgan keyingi foydali mahsulot sarimsoq piyozi hisoblanadi. Sarimsoq piyoz tarkibida hech bir mahsulotda uchramaydigan o‘zgacha taʼm hamda hidga ega allitsin moddasini mavjud. Ilm-fan isbotladiki, sarimsoq piyoz shamollash  kasalligining xavfini  63% gacha qisqartira oladi.

Solomon balig‘i

Mushaklarga ijobiy taʼsir ko‘rsatishidan tashqari, Solomon balig‘i sizga shamollash kasalligi yuzaga kelganda juda qo‘l keladi. Sababi, Solomon balig‘i ruh hamda Immun tizimini yaxshilovchi foydali moddalarni o‘zida mujassam etgan.

Bundan tashqari, shamollash kasalligi simptomlarini oldini olishda,  24 soat ichida ruh moddasi butun tanangizda o‘z faoliyatini boshlaydi.

Suv

Agar betob bo‘lsangiz, inson tanasida suvsizlik kuzatilishi mumkin. Shifokorlar aytganidek, agar suvsizlik holati yuz bersa, suv ko‘proq ichmoqlik kerak. Shuningdek, yuqishi mumkin bo‘lgan baʼzi kasalliklarga qarshi kurashadi.

Qo‘ziqorin

Immun tizimini yaxshilashda yana bir muhim mahsulot turi mavjudki, qo‘ziqorin deb ataladi. Tarkibida polisakkarid beta glyukan moddasi mavjudligi sababli, odatiy kuzatiladigan shamollash kasalligiga qarshi kurashadi.

Qo‘ziqorin shuningdek, qon aylanishini yaxshilaydi

Yogurt

Sizning ichaklaringiz faoliyati Immun tizimining 70% ni tashkil qiladi. Uni yaxshi darajada ushlash uchun yogurt mahsulotini isteʼmol qilishingiz ko‘p foyda keltiradi.

Uning tarkibida xavfli bakteriya hamda mikroblar faoliyatini to‘xtatuvchi  ko‘plab probiotik moddalar mavjud.

Manba: muscleandfitness.com

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.