Soft Fitness: yangi fitnes yo’nalishi haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Total
0
Shares

Soft fitness, World Class tarmog‘ining murabbiylari tomonidan tuzib chiqilgan mualliflik loyihasi, bu yo‘nalish turli xil sabablarga ko‘ra yuqori intensiv yuklamalarga bardosh berolmaydiganlar uchun mo‘ljallangan.

Bahorda World Class klublari jadvalida yangi guruh mashg‘ulotlari – Soft fitness paydo bo‘ldi. Uning paydo bo‘lishining asosiy sabablaridan biri yetarli darajada jismoniy tayyorgarligi bo‘lmagan yoki jarohatlar tufayli intensiv dasturlarda cheklangan odamlarning katta guruhiga Les Mills dasturlarida qatnashish uchun yordam berish zarurati edi. Barcha klublarda mijozlar manfaatlariga chin dildan qayg‘uradi, shuning uchun masalaga qatʼiy yondashildi. Soft fitness mualliflaridan biri “Guruh dasturlari” yo‘nalishi direktori Evgeniy Vanyukov bo‘lib, uning rahbarligida ko‘plab tahliliy ishlar olib borildi, bu klubning baʼzi aʼzolari yangi avlodning past intensiv mashg‘ulotlariga muhtojligini ko‘rsatdi . Albatta, jadvalda Total stretch, Body Balanse va Pilates mavjud, ammo odamlarga tanlov va yangi ko‘p qirrali mashg‘ulot formati kerak. Evgeniy va metodistlar jamoasi ko‘p yillar davomida sport va fitnes bo‘yicha to‘plangan barcha tajribalarni sinab ko‘rdi va yangi past intensivlikdagi mashg‘ulotlarni taqdim etdi. Bu organizmni tetik his qilishga va barcha mushak guruhlarini faol va uyg‘un holda saqlash imkonini

Soft-fitness o‘zida o‘rtamiyona kardio yuklamalarni, mushaklar tonusini saqlashga va kuchaytirishga mo‘ljallangan yuklamalarni, tana egiluvchanligi va balansiga bog‘liq faoliyatni o‘z ichiga uyg‘un tarzda birlashtiradi. Har qanday boshqa mashqlar singari, Soft fitness ham bloklardan iborat. Birinchi blok – “kengaytirilgan chigal yozish”. Murabbiylar tanani mashg‘ulotlarga maksimal darajada tayyorlashga alohida eʼtibor berishadi. Keyinchalik, ish oyoqlarning katta mushaklaridan, keyin bel va yadro mushaklaridan boshlanadi. So‘ngida – yuqori sifatli va yumshoq tarzda chigal yoziladi. “Mashg‘ulotlarda biz matlar, amortizatorlar va o‘z vaznimizdan foydalanamiz – bu belgilangan maqsadga xavfsiz va samarali erishish uchun eng maqbul yechimlar to‘plami “, – deya tushuntiradi Evgeniy Vanyukov.

Yumshoqlik uslubi

“Biz Soft fitnessni har qanday darajadagi fitnes tayyorgarlikka ega odamlar qatnashishi uchun ishlab chiqdik”, deydi Evgeniy. Mashg‘ulotlar ortiqcha yuklamalarsiz o‘zini faol his qilishni istagan har bir kishiga yoqadi.

Bu mashg‘ulot:

Fitnesda boshlang‘ich darajadagilar

Agar siz endigina mashg‘ulotlarni boshlayotgan bo‘lsangiz, Soft – boshlash uchun ajoyib yo‘nalish. Samaradorlik, ijobiy his-tuyg‘ular oqimi, tayyorgarlikka ega bo‘lmagan tana uchun xavfsizlik – bularning barchasi “Soft fitness” ni katta World Class oilasining yangi aʼzolari uchun sevimli qilmoqda.

Sportchilar

Professionallar ham, havaskorlar ham og‘ir mashg‘ulotlar o‘rtasida ajoyib tiklanish sifatida Soft fitnes mashg‘ulotlariga borishlari mumkin. Mashg‘ulotlar uzoq tanaffusdan keyin sportga qaytganlar uchun ham mos keladi.

Katta yoshdagilar

Aslida, farzandlari, jiyanlari yoki nabiralari bo‘lgan har bir kishi ushbu maqom toifasiga kiritilishi mumkin. Bular fitnesdan nimani xohlashlarini biladigan va sport zaliga jarangdor yutuqlar uchun emas, balki o‘zini faol va kuchli his qilish uchun kelgan tajribaga ega odamlardir. O‘z sog‘lig‘iga yaxshi g‘amxo‘rlik qiladigan har bir kishi.

Kelajakda ona bo‘ladiganlar

Ushbu mashqlarni “mayin fitnes” deb ham atash mumkin, shuning uchun ular farzand kutayotganlar uchun ham mos keladi. Biroq, Evgeniy Vanyukov taʼkidlaydiki: Homilador ayollar uchun Soft fitness faqat 2 trimestrdan boshlab shug‘ullanish mumkin.

“Yumshoq fitnes” ning temir tamoyillari

  • Xavfsizlik

Yuqori zarba yuki yo‘q, barcha mashqlar optimal amplituda bilan amalga oshiriladi va barcha mashg‘ulot aʼzolari uchun to‘g‘ri keladi.

  • Sog‘lomlashtirish

Mashg‘ulot davomida shuningdek puls nazorati oboriladi, sog‘liq uchun gormonal fonda kichik o‘zgarishlar bo‘ladi. Bo‘g‘imlar shikastlanmaydi, chunki yuklamalar ularga – ehtiyotkor taʼsir qiladi (keskin sakrash harakatlari bo‘lmaydi). Jismoniy mashqlar sog‘liq uchun sezilarli foyda keltiradi.

  • Ko‘p qirralilik

Soft fitness har qanday darajadagi fitnes tayyorgarlikka ega odam uchun mavjud va foydalidir. Mashg‘ulot davomida murabbiy har bir mijoz uchun har qanday mashq variantini tanlashi mumkin.

  • Samaradorlik

Agar siz murabbiyingiz maslahatiga qatʼiy amal qilsangiz, natija o‘zini uzoq kuttirmaydi, lekin bu sizni har bir yangi mashg‘ulotlarni intiqlik bilan kutishga majbur qiladi. Yaxshilangan kardio qobiliyatlar, tonusni yaxshi his qilish, tanangiz faol ishlayotganini anglash – bular bebaho hislar.

Manba: worldclassmag.com

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.