Sovuq havoda tanamizga quvvat beruvchi 11 mahsulot

Total
0
Shares

Choy qaynatamiz va qovoqli pirog pishiramiz! Biz sovuq kunlarda tanaga yordam beruvchi va sovishning oldini oluvchi foydali va mazali mahsulotlar ro‘yxatini tuzib chiqdik.

1. Ziravorlar solingan choy

Bunday choydan ichib uyda isinib o‘tirish yoki yoqimli kuz kunlarida termosga damlagan holda xiyobonga yo‘l olish mumkin. Uning tarkibiga ajoyib taʼm va sovuq havoda bardamlik taqdim qiluvchi qora murch, zanjabil, kardamon va boshqa ziravorlar kiradi. Unga sut qo‘shsangiz ham bo‘ladi, Hindistonda shunday choy ichish odat tusiga kirgan.

2. Asal

Asal propolisi va kedr smolasi solingan choydan smola hidi taralib turadi. Bu choyni ichib ignabargli daraxtning ajoyib taʼmini his qilish mumkin. Idishni ochishingiz bilan xuddi sokin, tinch va mazza qilib nafas olish mumkin bo‘lgan ignabargli daraxtlar o‘rmonida sayr qilayotgandek bo‘lasiz. Shuningdek, choy, sut yoki bo‘tqaga asal qo‘shib isteʼmol qilishingiz mumkin. Uni pishiriqlarga qo‘shsangiz ham bo‘ladi, masalan olmali sharlotkaga. Shunda desert yana-da xushbo‘y isga ega bo‘ladi.

3. Malina murabbosi

Malinada tanani sovuq havo paytida tiklashga yordam beruvchi turli vitamin va mikroelementlar mavjud. Mavsum bo‘lmagan paytda suvli va ajib hid taratayotgan sarxil mevalarni topish oson emas, ammo buning ajoyib yechimi bor, bu malinadan murabbo tayyorlash. Uni choyga qo‘shib ichsangiz ham bo‘ladi, agar shirinliklarni yaxshi ko‘rsangiz malina qo‘shilgan pechenye yoki pirog tayyorlashingiz ham mumkin.

4. Qirg‘ichdan chiqarilgan limon va zanjabil

Qish-kuz mavsumining o‘ziga xos yeguligi bu albatta limon. Agar oddiy kesilgan limonni choyga qo‘shib ichish joningizga tekkan bo‘lsa, uni qirg‘ichdan chiqarib, shakar va zanjabil qo‘shib ichib ko‘ring. Mazali va xushbo‘y desert sifatida karsillovchi pechenye va tvorogli pishloqni tanlashingiz, yana qirg‘ichdan chiqarilgan limon, shakar va tuyilgan zanjabil aralashmasidan muzqaymoq va boshqa shirinliklarning ustiga bezak berishda foydalanishingiz mumkin. Ushbu mahsulot tarkibida ortiqcha narsa yo‘q, faqat limon, shakar va zanjabilning yangi ildizi bo‘ladi.

5. Kurkuma-latte

Quyosh rangidan rang olgan ichimlik yomg‘irli kuz kunlariga nur bag‘ishlaydi, go‘yo. Uning ikkinchi shoirona nomi “oltin sut”dir. Uni tayyorlash uchun sutni qaynating va unga Kurkuma, zanjabil hamda dolchin aralashmasini soling. Tayyor! Boshqa usullarni ham sinab ko‘rishingiz, masalan, oddiy sutni kokosli sutga almashtirishingiz ham mumkin. U Kurkuma lattega qo‘shimcha taʼm beradi.

6. Zanjabil

Ajoyib taʼmga ega zanjabil ko‘plab taomlarga o‘zgacha taʼm beradi. Uni go‘shtli, tovuqli issiq taomlarga, jem va piroglarga qo‘shish mumkin. Shuningdek zanjabildan xushbo‘y hidli va tanaga bardamlik beruvchi ichimliklar tayyorlash ham mumkin. Limon, asal va zanjabil qo‘shilgan choy eng ko‘p sinalgan usul hisoblanadi. Bunga boshqa qo‘shimchalar, masalan yalpiz, chakanda va Kurkuma ham qo‘shish mumkin.

7. Kombucha

Ha, adashmadingiz, bu o‘sha achitilgan choy! Uni tayyorlash uchun o‘simlikni o‘zingiz deraza tokchasida o‘stirishingiz shart emas. Tayyor ichimlikni tatib ko‘rsangiz ham bo‘ladi. tayyor ichimlikka mango sharbati va chili achchiq qalampiri qo‘shiladi. Bu ayniqsa kuchli va aralash taʼmlarni yaxshi ko‘radigan kishilarga maʼqul keladi.

8. Qovoq

Kuzda mavsum mahsulotlarini isteʼmol qilmaslik mumkin emas. Barra pishgan qovoq ajoyib taʼmga ega bo‘ladi va undan turli sabzavotlar, yormalar hamda go‘sht bilan qo‘shib totli yeguliklar tayyorlash mumkin. Bu borada ko‘plab taom turlarini taklif qilishimiz mumkin, siz esa o‘z istagingiz hamda didingizdan kelib chiqib ulardan birini tanlashingiz mumkin. Masalan, qovoqni guruchli yoki tariqli bo‘tqalarga qo‘shish, gaz pechida kartoshka bilan birga pishirish yoki pishiriq uchun ishlatish mumkin.

9. Avokado

Avokado kaliy, kletchatkalar hamda kuzda kerak bo‘ladigan B va C vitaminlariga boy bo‘ladi. Kaloriyasi yuqori bo‘lishiga qaramay, avokado parhez mahsuloti hisoblanadi, unda organizm osongina o‘zlashtirishi mumkin bo‘lgan to‘yinmagan yog‘ kislotalari mavjud. Ajoyib taʼmga ega meva salat va smuzilar uchun betakror qo‘shimcha bo‘ladi. Bundan tashqari avokadodan foydalanib sous va yaxna taomlar tayyorlash yoki uni baliq va tovuq bilan birga dimlash mumkin.

10. Syomga baliq filesi

Sovuq mavsumda qo‘rqmasdan kaloriyali taomlarni isteʼmol qilish mumkin, chunki organizm isib olishi uchun ko‘proq quvvatga ehtiyoj sezadi. Ammo pechenye va chips kabi yeguliklarga ustunlik bermasdan, taomnomaga foydali mahsulotlarni , jumladan, Syomga balig‘ini qo‘shish mumkin. Bu baliq omega 3 va omega 6 yog‘ kislotalari, kalsiy va magniyga boy. Yana juda mazali taʼmga ega. Baliqni gaz pechida pishirib, yoniga barra sabzavotlardan tayyorlangan salat tortish mumkin, qarabsizki, ishtaha ochar va foydali tushlik tayyor!

11. Klyukva

Klyukva go‘shtli taomlarga ajoyib ta’m beradi va salatlarga qo‘shilganida ularni yanada mazali qiladi. Ammo azaldan muzdek va issiq holatdagi nordon va xushbo‘y isli klyukva morsini iste’mol qilish odatga aylangan. Ichimlikni uyda ham tayyorlash mumkin, buning uchun klyukva, suv va ozgina asal kerak bo‘ladi. Buning uchun muzlatib qo‘yilgan mevalardan ham foydalanish mumkin, ular barra klyukva ta’midan aslo qolishmaydi.

Manba: lifehacker.ru

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.