To‘g‘ri ovqatlanish ratsioni uchun foydali 9ta maxsus ilovalar.

Total
0
Shares

Taomlarni rejalashtirib borish bir vaqtning o‘zida pulingizni tejash hamda sog‘lom ovqatlanish uchun eng yaxshi usullardan hisoblanadi. Xarid qilishdan oldin taomlarni ro‘yxatini tuzib  olsangiz, foydali parhez asosida ovqatlanishingizga imkoniyat yaratasiz.

Rejalashtirilgan ovqatlanish kaloriya isteʼmolini nazoratda ushlashga yordam beradi. Tartiblashtirilgan taomlar ro‘yxati berilgan ilovalar yaqinlashayotgan hafta davomida tartibli ovqatlanishingiz asosi bo‘lib xizmat qiladi.

Quyida tartibli ovqatlanishingizga ko‘mak bo‘la oladigan eng yaxshi ilovalarning 9 turini ko‘rib chiqamiz.

1. Peperpleyt (Pepperplate)

Ushbu ilova turli xil usullarda taom tayyorlashni oson rejalashtirishda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi. Dastavval, xilma xil taomlar orasidan bittasini tanlash borasidagi ikkilanish kuzatilsa, Pepperplate ko‘rsatib o‘tilgan retsept asosida taom tayyorlashni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, yana bir qulaylik, foydalanuvchi taom retseptlarini dasturda yaratilgan shaxsiy akkauntiga saqlab qo‘yishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz: ushbu ilovada oziq-ovqat turlarining foydali jihatlari bilan ham tanishishingiz mumkin. Pepperplate taom tayyorlashda tartib asosida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi. Taomlar ro‘yxatini oldindan tuzib qo‘yish ( bir necha kun yoki hafta oldin tuzishingiz ham mumkin) kerakli mahsulotlarni sotib olishda vaqtingizni taqsimlash mumkinligini anglatadi.

Dasturni yuklab olish narxi: bepul

2. Paprika

Parika dasturi tartibli hayotingizning har bir qismini nazorat ostiga olishingizga imkon beradi. Ushbu tizimga veb-sayt yoki dastur orqali kirsangiz ham, qo‘llanilishi oson bo‘lganligi uchun ko‘pchilik tomonidan foydalaniladi.

Bu ilova orqali xohlagan internet sahifangizdan yangicha taom turlarining retseptlarini topib, telefoningiz xotirasiga saqlab qo‘yishingiz mumkin.

Ushbu taom tayyorlashga ko‘mak beruvchi dasturning o‘ziga xos xususiyatlari: oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxati bilan tanishtirish,  taomlar tayyorlanish usullari hamda retseptlar.

Dasturni yuklab olish narxi: $4.99

3. Ziplist

Haftalik tayyorlanishi kerak bo‘lgan taomlaringiz rejasi bilan tanishib chiqqach, Ziplist dasturi foydalanuvchilari davomiy ravishda yangicha taom turlarini o‘ylab topishib, dasturda saqlab qo‘yish  bonusiga  ega bo‘lishlari mumkin. Shuningdek, tizim ichida veb-saytlar mavjud bo‘lib, noyob hamda mazali taomlar ro‘yxati bilan tanishib chiqishingiz ham mumkin.  Har qanday vaziyatda telefoningiz xotirasiga yoki Ziplist dasturining o‘ziga saqlab qo‘yishingiz imkoniyati mavjud.

Bundan tashqari, dastur siz yoqtirgan retsept turlarini yaqinlaringiz/ do‘stlaringiz bilan ulashingiz imkonini ham beradi. Kechki ovqatlanish vaqti kelgach, dasturdan xabarnoma qabul qilasiz.

Dasturni yuklab olish narxi: bepul

4. AllRecipes Dinner Spinner

Taom tayyorlash, parhezdagi cheklovlar, ovqatlanish vaqti kelgani borasida xabarnoma olish kabi turli kategoriyalardan foydalanish davomida haftalik taomlaringizni rejalashtirishingiz hamda retseptlar ilovasi bilan hayotingizni yana-da mazali qilib borishingiz mumkin.

Muzlatgichingizni kerakli mahsulotlar bilan to‘ldirib qo‘ying va albatta, har kuni tushlik uchun o‘ziga xos taomlar tayyorlab boring. Bundan tashqari, taom retseptlarini yo‘qotib qo‘ysangiz, tizimga videolar ham yuklangan.

Dasturni yuklab olish narxi: bepul

5. Meal board

Baʼzi hollarda, yangi ko‘rinishdagi taom tayyorlash uchun yetishmovchilik kuzatiladi. Meal board oz muddat turib qolgan oziq-ovqat mahsulotlaridan ham yangicha ko‘rinishdagi taomlar tayyorlashga yordam beradi.

O‘tgan kunda tayyorlangan taom retseptini kuzatib, aynan shu taom tarkibiga gulkaram qo‘shib yangicha taom tayyorlashingiz mumkinligini payqab qolasiz. Taʼbingizga o‘tirsa, retseptini o‘zingiz xohlagandek o‘zgartirib yangilik kiritishingiz mumkin.

Dasturni yuklab olish narxi: $2.99

6. Love Food Hate Waste

Yuqorida taqdim etilgan dastur singari, ushbu dastur ham, muzlatgichingizda bor mahsulotlar bilan ajoyib va yangi taom retseptlari asosida kechki ovqat tayyorlashingizga yordam beradi.

Barcha taomlar ko‘rsatmalari navbatma navbat keltirib o‘tilgan. Maqsad to‘g‘ri kelgan mahsulotlar asosida taomlanish emas, eng muhimi tartibli ovqatlanganingizga ishonch hosil qiling.

Dasturni yuklab olish narxi: bepul

7. Menu Planner

Taqdim etmoqchi bo‘lgan keyingi dasturimiz biz kutgan yangicha xususiyatlarga ega Menu Planner dasturi hisoblanadi. Biroq ushbu dastur faqatgina IPhone mobil telefonlari uchun ishlab chiqilgan. Ushbu dastur orqali hududingizdagi mavjud oziq-ovqat rastalarida narx-navo qandayligi borasida maʼlumot olishingiz mumkin.

Ushbu dastur ko‘rsatadigan yo‘l-yo‘riq asosida nafaqat kechki ovqat uchun balki, nonushta, tushlik va hattoki yengil tamaddilar uchun ham  ajoyib variantlar berilgan.

Zaxirangizda mavjud mahsulotlar bilan ham ajoyib ko‘rinishdagi taomlar tayyorlash mumkin, yoki bu mahsulotlarga ko‘nglingiz to‘lmasa, xarid qilish uchun shoshiling

Dasturni yuklab olish narxi: 2.99

8. Cook Smarts

Biz sizga bugun tavsiya qilayotgan dasturlar orasida eng yaxshisi Cook Smarts hisoblanadi. Nafaqat umumiy taomlar retseptlari balki parhez cheklovlari mobaynida ham o‘z ixtiyoringiz asosida ajoyib taomlar tayyorlashingiz mumkin

Cook Smarts  shuningdek, tabiiy yeguliklar haqida maʼlumot beruvchi video-lavhalar hamda boshqa manbalarni ham  taqdim etadi.

Boshqa dasturlarda uchratmagan maʼlumotingiz: Cook Smarts taom tayyorlash uchun shunchaki ko‘rsatma beribgina qolmay, sizni taom tayyorlashda qo‘llaniladigan jihozlarni qanday tayyorlash kerakligini o’rgatadi.

Dasturni yuklab olish narxi: uch oy uchun $21

9. Evernote Food

Juda ko’plab foydalanuvchilar tomonidan yaxshi baholangan ushbu dastur, avtomatik ravish, tayyorlagan taomlaringizni eski rejalar manbasiga qo’shib qo’yadi. Taom tayyorlash uchun mahoratli oshpaz bo’lishingiz shart emas, faqatgina foydali dasturni yuklab olsangiz bas. Evernote kompaniyasi sizga qulaylik yaratish maqsadida shu dasturni ishlab chiqqan. Berilgan dastur faqatgina retsept rasmlarini taqdim etibgina qolmay, o’z uyingizda ajoyib oshpazlik muhitini yaratishingizga turtki beradi.

Boshqa dasturlardan ajralib turuvchi jihati: Bu dastur xodimlari, yilda 12 oy har kuningizni faqat oshxonada o’tkazmasligingizdan yaxshi xabardor. Shuning uchun, yaqinlaringiz hamda do’stlaringiz bilan birgalikda tushlik qilishingiz uchun, hududingizda joylashgan kafe/ restoranlar haqida ma’lumot olishingizda ham imkon beradi.

Dasturni yuklab olish narxi: bepul

Yakuniy fikrlar

Agar siz sog’lom ovqatlanish barobarida, tinch va sokin taomlanishni xohlasangiz, yuqorida taqdim etilgan dasturlar aynan siz uchun ishlab chiqilgan. Bu orqali, juda qiziqarli retsept turlaridan, oziq-ovqat mahsulotlarini qanday tartiblashtirishdan hamda uyingizda mavjud mahsulotlar bilan ham yaxshi ko’rinishdagi taomlar tayyorlashingiz mumkinligida  xabardor bo’lib boring.

Manba: lifehack.org

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.