Tunga yeyishingiz mumkin bo‘lgan ovqatlarning eng yaxshi 13 turi.

Total
1
Shares

Barchamiz yarim tunda oshqozonimizning ovqat so‘rash hissini tuyganmiz. O‘sha vaqt miyangizni chalg‘itishga harakat qilsangizda, butun xayolingiz muzlatgichdagi yeguliklarda bo‘ladi. Yengib o‘tmoqchi bo‘lasiz, ammo uddasidan chiqa olmaysiz. Yegulik, siz yegulik xohlaysiz. Sizda ovqatni chaynash, ichish va yutish borasida xohish paydo bo‘ladi. Bu odatda quyidagicha yuz beradi: ikkilanishlardan so‘ng, o‘riningizdan qo‘zg‘alib, oshxona tomon yo‘l olasiz. U yerda ovqat tanlash borasida bir necha daqiqa o‘y-xayolga berilib turishingiz ham mumkin.

Siz tunda ovqatlanish sog‘lig‘ingiz uchun yaxshi emasligi borasida ko‘p eshitgansiz. Bu orqali sizda baʼzi kasalliklar hamda ortiqcha vazn kuzatilishi mumkinligini ham juda yaxshi bilasiz. Ammo nima bo‘lsada siz nimadir tanovul qilishni xohlaysiz.

Lekin nima yeyish maqsadga muvofiq? Siz uchun sog‘lig‘ingizga zarar keltirmaydigan eng yaxshi ovqat turlari qaysilar? Quyida tunda yeyishingiz mumkin bo‘lgan eng yaxshi mahsulotlarning 13 turi bilan tanishing:

1. Kurka go‘shti

Agar vegetarian bo‘lmasangiz, kurka go‘shtini yoqtirishingiz tabiiy. Shirin hamda mazali bo‘lishdan tashqari, qorinni to‘q saqlab yurishda ham qo‘l keladi. Kurka go‘shti tarkibida ko‘plab protein oqsili mavjud bo‘lib, 28 gram kurka go‘shti, o‘zida 8 gram protein oqsilini saqlaydi.

Kurka go‘shti vitaminlar makoni hisoblanib, selen deb ataluvchi ozuqaviy birikmani o‘z ichiga oladi. Selen qalqonsimon bezning to‘g‘ri ishlashini taʼminlashda muhim rol o‘ynaydigan kuchli antioksidant hisoblanadi.

Kurka go‘shti tunda isteʼmol qilinishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi ozuqalardan biri hisoblanadi, uning tarkibida ko‘p miqdorda bo‘lgan triptofan oqsili charchoqni hamda uyquni keltirib chiqaradi deb qaraladi.

2. Baliq

Vegetarian bo‘lmagan isteʼmolchilar uchun yana bir ajoyib tanlov – baliqdir, ayniqsa losos, orkinos va skumbriya kabi baliq turlari. Shuningdek, baliq o‘zida D vitaminini katta miqdorda mujassam etganligi sababli, eng foydali ovqat turlaridan hisoblanadi. Bundan tashqari, D vitamini tanangizga kalsiy darajasini tartibga solishda yordam beradi va buyrak, paratiroid bezlari, teri hamda boshqa organlar uchun foydali hisoblanadi.

Yog‘li baliqlar tarkibida  omega-3 yog‘ kislotalari ham mavjud bo‘lib, Omega-3 yog‘ kislotalari – bu oshqozon yallig‘lanishiga qarshi vosita bo‘lib xizmat qiladigan va miya uchun foydali bo‘lgan sog‘lom yog‘ kislotalari guruhi hisoblanadi. Omega-3 yog‘ kislotalari asab tizimi tomonidan ishlab chiqarilgan serotonin miqdorini oshirishga qodir ekanligi isbotlangan hamda shu orqali uyqu yaxshilanadi. Bu shuni anglatadiki, baliq tanovul qilish sizni uyg‘oq holda saqlamaydi. Isteʼmoldan so‘ng, uxlash uchun harakat qilib, u tomondan bu tomonga qo‘zg‘alishingiz shart emas. Yaʼni tinch va sokin uxlaysiz. Baliq o‘zida  shuningdek, butun tanangiz hamda teringiz uchun foydali ozuqaviy yog‘larni ham mujassam etgan.

3. Oq guruch

Jigarrang po‘stloqli sholini oq guruchga o‘zgartirishda kukun hamda mikroblardan tozalanishi kerak. Bu o‘z navbatida shuni ko‘rsatadiki, tozalanmagan sholi bilan solishtirsangiz, kukun hamda mikroblardan tozalangan guruch o‘z tarkibida ozuqaviy va antioksidant moddalarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, guruch tarkibida tiamin, Foliy kislotasi kabi moddalar ham mavjud bo‘lganligi sabab, kechki ovqat uchun juda foydali taom hisoblanadi.

Tozalangan guruch yuqori glisemik indeksga ega. Oziq-ovqatning glisemik indeksi oddiy qilib aytganda,  oziq-ovqatning inson tanasidagi qand miqdorini oshib borishi o‘lchovidir. Tarkibida guruch bo‘lgan taomlarni isteʼmol qilish uyqu sifatini yaxshilaydi.

Bu kabi taomlarni uyqudan bir soat oldin qabul qilgan maqsadga muvofiq. Agar siz soat 19:00 ga qadar uxlashni rejalashtirgan bo‘lsangiz,  guruch mahsulotini  soat 18:00 gacha isteʼmol qilishingiz tavsiya etiladi.

4. Banan

Va nihoyat vegetarian bo‘lmagan isteʼmolchilar uchun yana bir mahsulot: meva. Banan yaxshi taʼmga ega bo‘lishidan tashqari, kaliy hamda triptofan moddalarga ham boy bo‘lib, tunda yeyilishi mumkin bo‘lgan mevalardan  hisoblanadi.

Triptofan avvalroq eslatib o‘tilganidek, hordiq chiqarishda muhim rol o‘ynaydigan asosiy protein mahsuloti hisoblanadi. Kechki ovqatdan oldin banan isteʼmol qilish uyqu sifatini yaxshilaydi. Qo‘shimcha qilib aytsak, banan antioksidant moddalariga boy hamda tarkibida juda ko‘p vitaminlar mavjud shuningdek ichaklar faoliyatini yaxshilaydi.

5. Pishloq va quritilgan pechenye

Quritilgan pechenye uglevodlar manbasi bo‘lib xizmat qiladi, pishloq tarkibida esa triptofan moddasi ko‘p bo‘lib, tanadagi qand miqdorini muvofiqlashtirishga yordam beradi. Bu ikki mahsulotni bir vaqtda isteʼmol qilsangiz, miyangiz uchun faol xizmat qiladi. Pishloqdagi qand miqdori miyangizni oziqlantiradi. Triptofan esa melotanin gormonini ishlab chiqarishda yordam beradi.

Bu shuni anglatadiki, pishloq va quritilgan pechenyeni birgalikda isteʼmol qilishingiz, asab tizimida  serotonin hamda melotanin gormonlarining ko‘plab ishlab chiqarilishiga zamin yaratadi. Serotonin uyqu sifatini yaxshilaydi.

6. Boshoqli mahsulotlardan tayyorlangan taomlar

Shu kabi taomlar tarkibida  uyquni yaxshilashga xizmat qiluvchi melotanin gormoni ko‘p miqdorda mavjud.

Uyquga yotishdan oldin, bu taomni isteʼmol qilish sog‘lig‘ingiz uchun juda yaxshi imkoniyat. Kaloriyasi ko‘p bo‘lmaganligi sababli, sizni uyqusizlikdan xalos etadi.

7. Yogurt

Yogurt mazzali ta’mga ega hamda uni yoshi kattalar ham bolalar ham birdek yoqtirishadi. Shuningdek, yogurt tarkibida kalsiy miqdori ko‘p bo‘lib, kalsiy bu tanadagi asosiy minerallardan hisoblanadi. Suyak va tish o‘sishi uchun hamda  yurak mushaklarning qisqarishi uchun ham zarur.

Shuningdek, tanangiz uchun triptofandan melotanin gormonini ishlab chiqarilishi uchun ham kalsiy kerak. Agar kalsiy darajasi past bo‘lsa, melotanin gormonining kamayishiga olib keladi, va bunda uyqusizlik kelib chiqadi. Shuningdek yogurt tarkibida kazein moddasi ham mavjud bo‘lib, ertalabdan yuz berishi mumkin bo‘lgan ochlikka qarshi kurashadi.

Shakarsiz yogurt ajoyib tamaddi hamda tunda yeyilishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi taomlardan biridir.

8. Tuxum

Tuxum tarkibida katta miqdorda protein oqsili mavjud bo‘lib, tunda och qolganingizda yeyishingiz mumkin bo‘lgan eng yaxshi tanlovlardan biri.

Tayyorlanishi juda oson bo‘lgani sababli, boshqa taomlar tarkibida ham uchratishingiz mumkin.

Albatta,  tuxum tarkibida ham uyqu sifatini yaxshilay olishi mumkin bo‘lgan, triptofan moddasi ham bor.

9. Proteinli ananas smetanasi

Payqaganingizdek, tunda yeyish mumkin bo‘lgan barcha mahsulotlar tarkibida protein oqsili miqdori ko‘p bo‘lgan eng yaxshi taomlar ro‘yxati bilan tanishtirib bormoqdamiz.

Uyqudan oldin tanovul qilingan proteinga boy taomlar mushaklar tiklanishiga zamin yaratadi. Bu asosan tez-tez jismoniy mashq bilan shug‘ullanib turuvchi odamlarda yosh toifasiga ko‘ra ortiqcha vaznni oldini olishda yordam beradi.

Tunda isteʼmol qilinadigan taomlar sifatida, sutga ananas bo‘laklarini solib tanovul qilish ham misol bo‘ladi. Shu o‘rinda aytish mumkinki, sut tarkibida tanada ishlab chiqariladigan melotanin gormonidan triptofan moddasi ajralib chiqadi.

Ananas tarkibida  kaloriya mavjud emas va ovqat hazm qilish funksiyalarida hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Shuningdek, tanangizda serotonin gormonini oshiradi.

10. Gilos

Gilosdan tayyorlangan sharbat, boshqa yengil tamaddilar masalan: pishloq  singari juda yaxshi ahamiyatga ega. Gilos oshqozon yallig‘lanishiga qarshi kurashadi. Kam miqdorda bo‘lsa ham, gilos tarkibida melotanin uyqu gormoni mavjud. Shuningdek, muhim amino kislotalar triptofanni barqaror ushlab turadigan prosiyanidin B-2 moddasi ham muhim ahamiyatga ega.

Kaloriyasi kuchli emas, yeyilgandan so‘ng, oshqozonga og‘irlik qilmaydi va uyqusizlikka qarshi kurashadi.

11. Asal

Asalaridan olinadigan toza asal juda to‘yimli hamda uning tarkibida kaloriya ko‘p emas. Shuningdek, asal odam tanasida melotanin gormonining oshirilishida muhim o‘rin tutadi.

Shu bilan bir qatorda, asal fruktoza hamda glyukoza kabilarni ham o‘zida mujassam etgan. Asal ham tunda yeyilishi mumkin bo‘lgan taom sifatida tavsiya etiladi.

12. Popkorn

Tarkibida sut , shakar hamda boshqa yog‘li mahsulotlar bo‘lmasa, popkorn tunda yeyilishi mumkin bo‘lgan tamaddi sifatida tavsiya etiladi. Kaloriyasi ko‘p bo‘lmagan popkorn yurak xastaliklari, qandli diabet va baʼzi saraton kasalliklari xavfini kamaytirishi borasida bir nechta nazariyalar ham mavjud.

Shuningdek, qon aylanishini va umuman salomatlikni yaxshilaydigan antioksidantlardan hisoblanadi.

13. Shirin kartoshkadan tayyorlangan fri

Fransuz frisi juda ajoyib hamda ular yaxshi taʼmga ega. Fri yeyishni yoqtirasizmi? Fri shuningdek vitaminlarga boy hamda tarkibida protein oqsili ham mavjud.

Kechqurun gazak sifatida siz shirin kartoshkani qovurish o’rniga juda yaxshi pishirishingiz mumkin. Ular pishirilganda tayyorlash osonroq va juda ko’p yog’ni o’z ichiga olmaydi. Shirin kartoshka ko’p miqdorda tola va vitaminlarni o’z ichiga oladi. Ularda ko’p miqdorda protein ham mavjud.

Yakuniy fikrlar

Keyingi safar yarim tunda ochlikni his qilsangiz, baʼzi ovqat turlari oshqozoningizga og‘ir botishi mumkinligini bilishingiz kerak. Buning natijasida, tanada ortiqcha yog‘lar paydo bo‘lib, vazn ortishiga olib keladi. Bundan tashqari, yurak hamda ovqat hazm qilish kasalliklari va boshqa muammolarni keltirib chiqaradi.

Kechqurun ovqatdan keyin ko‘zlaringiz shishib ketgan, ko‘ngil aynishi yoki bezovtalik bilan uyg‘onganmisiz? Bunga albatta  taomning yaxshi ko‘rinishda bo‘lmaganligi sabab bo‘lishi mumkin.

Tunda ochlikni his qilsangiz, yaxshi ovqat tanlang, tarkibida kaloriyasi ko‘p bo‘lmaganligiga hamda protein miqdorining ko‘pligiga  ahamiyat bering. Triptofan kabi protein moddalar  uyqu sifatini oshiradi. Bu kabi taomlarga misol qilib, tuxum, kurka go‘shti, pishloq, banan, yogurt, va ichish uchun sharbatlar misol bo‘la oladi.

Unutmang, to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish sog‘lig‘imizga eʼtiborli bo‘lishimizning asosiy omilidir.

Manba: lifehack.org

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.