Uy sharoitidagi jihozlar yordamida qanday qilib fitnes bilan shug’ullanish mumkin?

Total
0
Shares

Uy sharoitida mashg‘ulot zalining barcha imkoniyatlarini yaratish ilojsiz. Shunga qaramay, siz sport jihozlari bilan shug‘ullanishga o‘rganib qolgan bo‘lsangiz ham maʼlum darajada qulaylik yaratish mumkin.

Gantel, gira va espanderlarni o‘rniga fitnes uchun mo‘ljallanmagan uy jihozlarini ishlatish mumkin. Ushbu jarayoni qanday qilib xavfsiz va samarali qilishni World Class Sennaya klubi murabbiyi Timur Shamilov o‘rgatadi.

Samoizolatsiya davri shuni ko‘rsatdi, fitnes bilan istalgan joyda va sharoitida shug‘ullanish mumkin ekan. Ko‘plab insonlar o‘z ustida sport zalidan tashqarida ham ishlashni davom etadi, sport zaldan tashqarida maxsus jihozlarsiz va joysiz, qo‘lbola jihozlar yordamida shug‘ullanishda birinchi navbatda xavfsizlik haqida qayg‘urish kerak.

Ko‘plab jihozlarni fitnes uskuna sifatida foydalanish mumkin (masalan, yuklama sifatida), muhimi- ularni nazorat qilishni bilish lozim, yaʼni ularni ushlash qulay bo‘lishi va tushib ketmasligi kerak. Bu birinchi navbatda og‘irlik ko‘tariladigan mashg‘ulotlarga bog‘liq.

Qo‘shimcha yuklamalar

Mavjud vositalar orasida juda og‘ir bo‘lmagan uy buyumlari – gantel va gira o‘rinini yaxshi bosa oladi. Nima mos bo‘lishi mumkin?

Turli xil hajmdagi suv idishlari yoki ballonlar to‘g‘ri keladi. Idishlarni ichini suyuqlik (suv) yoki qum bilan to‘ldirsangiz bo‘ladi.

Sumkalar va ryukzaklarni ichiga kitoblarni solib qo‘shimcha yuklama vazifasida oldingizga va ortga taqib olishingiz mumkin.

Kichik o‘lchamdagi mebellardan foydalaning. Masalan, keskin burchaklarsiz va xavfsiz bo‘lgan, stullar, taburetka va tumbochkalar qo‘l keladi.

Buyumlar shunday bo‘lsinki, ularni qulay ushlash imkoniyati bo‘lsin.  Agar suv butilkalarini ko‘tarmoqchi bo’lsangiz ularni diametri qo‘ldan sirpanib ketmasligi va oyoqqa tushmaslikga qulay bo’lishi kerak. Ko‘tariladigan buyumni ushlagichi bo‘lgani afzal, masalan ryukzak yoki 5 litrlik ballondek.

Tirgak vazifasida

Tirgak maydonini kamaytirish orqali baʼzi mashqlarni murakkablashtirishda mebellardan yoki uy-ro‘zg‘or buyumlaridan foydalanishingiz mumkin.

Siz ikki oyog‘ingizda tik holatda o‘tirib turishingiz mumkin, yoki bir oyog‘ingizni orqaga tortib, stulga, kresloga, divanga qo‘yishingiz mumkin, bu holda yuklama sezilarli bo‘ladi. Bolgar o‘tirib turish mashqi shu tarzda bir oyoqda bajariladi.

Tirgaklar bilan ishlashni boshqa usuli sirpanish hosil qilish orqali bo‘ladi. Masalan, plankada turganda qo‘llaringiz yoki oyog‘ingiz tagiga mato yoki sochiq qo‘yib  oling va sekinlik bila qo‘lingiz yoki oyog‘ingizni boshqa taraflarga surib sirpanish hosil qiling.

Odatiy otjimaniya qilishda yerdan mashq qilish qiyin bo‘lsa, mashq qilish burchagini o‘zgartiring. Tanangiz poldan qancha teparoqda bo‘lsa, qo‘lga yuklama kamayishini hisobiga mashq qilish osonroq bo‘ladi. Mebellarni tirgak vazifasida ishlatishingiz yoki devorga turib otjimaniya qilishingiz mumkin.

Shu bilan birga, mashg‘ulotlarda yumshoq mebellarga ehtiyot bo‘lish yaxshiroqdir: shikastlanish xavfi bor, chunki yumshoq yuzalar beqarorlikni keltirib chiqaradi va (agar jismoniy tayyorgarligi yuqori darajada bo‘lmasa) uning taqsimlanishini nazorat qilish imkonsiz.

Qarshilik ko’rsatuvchi buyumlar

Qo’shimcha yuklardan ko’ra espanderlarni o’rinini bosib turuvchi buyum topish qiyinroq. Bodibendlarga o’xshash vazifasini elastic bintlar, foydalanilmayotgan stretch matosidan bo’lgan sport leginslari yoki kolgotkilardan foydalanish mumkin. Shuni esda tutish lozimki, ushbu buyumlar faqat yengil qarshilik hosil qila oladi, espanderlarga o’xshab to’laqonli kuchli qarshilik ko’rsata olmaydi.

Manba: Worldclassmagazine.com

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.