Vazn yo‘qotishda hamda energiya to‘plashda isteʼmol qilinadigan taomlarning 13 turi.

Total
3
Shares

Barchamiz xushbichim qomatga ega bo‘lishni xohlaymiz, ammo vaznni meʼyorida ushlab turish yetarlicha qiyinchilik tug‘diradi. Siz muntazam och bo‘lasiz va albatta o‘z navbatida, bu sizni holdan toydiradi. O‘zingizni g‘azablangan his qilasiz. Organizmingizni to‘g‘ri ozuqa moddalari bilan taʼminlay olmaganingiz sababli, bu sizga murakkabdek tuyuladi.

Vazn yo‘qotish butun hayot tarzining o‘zgartirib borilishi, hamda parhezning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishini talab qiladi. Vazn yo‘qotish uchun eng yaxshi taomlar ro‘yxatini izlanib ko‘rish lozim. Eʼtiboringizni jalb etmoqchimiz:

Biz nafaqat tayyorlanishi oson bo‘lgan, balki, tez hazm bo‘luvchi vazn yo‘qotishda isteʼmol qilinadigan taomlar ro‘yxatini tuzib chiqdik. Shaxsiy oziq- ovqatingiz  ro‘yxatini quyidagi ustunlarda taqdim etilgan ovqatlar bilan yaxshilang.

1. Tuxum

Taxminimcha siz payqadingizki, tuxum vazn yo‘qotishda isteʼmol qilinadigan taomlar ro‘yxatida mavjud. Qorningizni to‘q saqlash barobarida, sizda energiya bera oladi.

Uzoq yillar davomida tuxum xolesterin kasalligiga sabab bo‘ladi degan nazariyalardan so‘ng, vazn yo‘qotish borasida katta ahamiyatga ega bo‘lib kelmoqda. Tuxum chiroyli qomatga ega bo‘lishda ishlatiladigan arzon hamda tayyorlanishi oson bo‘lgan ovqat turlaridan biri hisoblanadi.

Yuqori darajada protein oqsiliga ega, mazzali sabzavotli omletni hamda ikki non bo‘lagi orasiga solingan nonushta sizni kun davomida to‘q saqlaydi.  Hatto  qaynatilgan tuxum ham sizni kechki ovqatgacha to‘q bo‘lishingizga yordam bo‘ladi.

2. Yashil bargli o‘simliklar

Agar siz taom tayyorlashda qo‘shimcha usullardan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, parhezingiz ro‘yxatidagi taomlar orasiga yashil bargli o‘simliklar kiritishingiz kerak bo‘ladi.

Ismaloq, salat bargi, karam kabi bir qator yashil o‘simliklar vitamin va minerallarga juda boy hamda, taom va salatlaringizda yaxshi tam beradi  yoki shunchaki yegulik sifatida ham juda ajoyib tanlov hisoblanadi.

Yashil o‘simliklarni tanovul qilish taomingizda kaloriya miqdorini kamaytirmasdan tam berishda juda qo‘l keladi. Butun kun davomida siz o‘zingizni to‘q his qilasiz.

3. Yog‘li baliq

Protein oqsiliga boy mahsulotlarga to‘xtalib o‘tsak, yog‘li baliqni misol qilib adashmagan bo‘lamiz. Laqqa, Solomon, sardina  baliq turlari har doim zo‘r tanlov va omega-3 moddasiga juda boy hisoblanadi. Oksid hamda minerallarga to‘la Solomon balig‘i sizga juda ajoyib tushlik bo‘la oladi.

Shuningdek, Solomon balig‘i  tarkibida D vitamini ham mavjud bo‘lib, vazn yo‘qotish va nazorat qilishda asqotadi. Solomon balig‘ining bir bo‘lagi kayfiyat hamda asab tizimi uchun kunlik vitamin B6 ning 25% ni tashkil etadi.

Yaxshi yog‘li baliq ancha vaqt och qolmasligingizni taʼminlaydi hamda kunduzi ham kechasi ham bevaqt ochqolganligingiz  borasida nolimaysiz. Bu vazn yo‘qotishda qo‘l kelgan eng yaxshi yeguliklardan biridir.

4. Olma sirkasi

 Olma sirkasi sog‘liq uchun juda muhimligi Sog‘lom turmush tarzi jamiyati tomonidan tan olinganligi haqiqat. Bu mahsulot bir qancha foydali jihatlari bilan ajralib turadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, olma sirkasi qon tarkibidagi qand miqdorini muvozanatlashtiradi, ishtahani nazorat qiladi hamda metobolizmni yaxshilaydi. Bu sirkani kuniga bir yoki ikki oshqoshiq miqdorida qabul qilish tavsiya etiladi. Uni salatlarga solib isteʼmol qiling, suv bilan aralashtirib iching, muhimi ovqatdan oldin qabul qilsangiz bas. Har o‘tayotgan lahza mobaynida ochlik hissi kamayotganini seziladi.

5. Yong‘oq

Mahsulotlarning xilma-xilligidan, parhezingizga yong‘oqni kiritish borasida sizda biroz ikkilanish paydo bo‘ladi. Yong‘oq yog‘lar bilan to‘yingan sog‘lom yegulik bo‘lib xizmat qiladi.

Agar asosiy ovqatlanish turlari davomida yengil gazakdan xalos bo‘lishni istasangiz, ertalabki nonushta uchun yong‘oq tanovul qilish maqsadga muvofiq. Olimlar olib borgan tadqiqot natijalariga muvofiq, muntazam yong‘oq isteʼmol qilib boruvchi insonlarda, yong‘oqning metobolizm jarayoniga sezilarli taʼsir ko‘rsatganligi maʼlum bo‘ldi.

6. Kinuva don mahsuloti

Sog‘liq uchun foydali yeguliklar bo‘limidan joy olgan mahsulot. Tarkibida ko‘p miqdorida protein oqsili bundan tashqari B hamda E vitaminlari  mavjud. Eslatib o‘tamiz, katta miqdorda muhim amino-kislotalarni o‘z ichiga olgan, kamyob o‘simlik hisoblanadi.

Uzoq vaqt to‘q saqlab turish kabi afzalliklar sizni Kinuva mahsulotini isteʼmol qilishga undaydi. Shuningdek, qon tarkibidagi qand miqdorini to‘laqonli yo‘q bo‘lishiga olib kelmaydi.

7. Avokado

Sog‘liqqa juda ko‘p foydasi tegadigan, o‘sha mashhur o‘simlik avokado hisoblanadi. Keling, endi nega aynan avokado o‘simligi vaznni muvozanatda ushlay olishiga sabablar bilan tanishib chiqamiz. Avokado tarkibida kerakli yog‘lar hamda suv mavjud bo‘lib, shu ikki asosiy omil sababli vazn yo‘qotishda isteʼmol qilinadigan mahsulotlar ro‘yxatiga qo‘shilgan.

Tayyorlagan salatingizdan ko‘nglingiz to‘lmayaptimi, pishib yetilgan avokado mevasi salatingizga o‘zgacha tam beradi.

8. Sitrus mevalar

Sizda mashq qilayotib chanqoq hissi paydo bo‘ldimi? Yoki kayfiyatingizni yaxshilashni xohlaysizmi? Agar javobingiz ha bo‘lsa, shu o‘rinda biz sizning energiya to‘plashingiz uchun maxsus yeguliklar ro‘yxatini tuzib chiqdik.

Limon, apelsin, mandarin kabi sitrus mevalar tarkibida turli vitaminlar, suv hamda boshqa minerallar mavjudligi sababli, sizni tez to‘q bo‘lishingizga yordam beradi. Shu bilan birgalikda yetarli miqdorda kaliy hamda oshqozon yallig‘lanishi kasalligini oldini olishdagi antioksidantlar ham mavjud.

9. Yeryong‘oq yog‘i

Ushbu oziq-ovqatlar ro‘yxatida yeryong‘oq yog‘ini uchratib hayron bo‘lgandirsiz. Quyida bunga sabab berilgan: yeryong‘oq yog‘i sizni kun bo‘yi to‘q tuta oladi.

Aql bovar qilmaydi! Yeryong‘oqning bir bo‘lagi tarkibida 8 grammgacha protein oqsili mavjud.

Siz hali ham qanday qilib yeryong‘oq yog‘i vazn yo‘qotishda isteʼmol qilinishiga qiziqayotgan bo‘lsangiz kerak. Tinchlaning, shunchaki faktlarga amal qilib boring. Yeryong‘oq yog‘i haqiqatdan ham ochlikka qarshi kurashadi, ishtahani nazorat qiladi, qon tarkibidagi qandni meʼyorida ushlaydi.

10. To‘la to‘kis yog‘dan iborat yunon yogurti

Yunon yogurti hozirgi kunda kundalik ishlatiladigan eng mashhur mahsulotlardan biri hisoblanadi.

Albatta ishonish qiyin. Ammo ilm-fan shuni ko‘rsatdiki, tarkibida yog‘ kam uchraydigan kundalik mahsulotlarga qaraganda to‘liq yog‘dan iborat yunon yogurti vazn yo‘qotishda juda yaxshi mahsulot sifatida eʼtirof etildi.

Shakarsiz yunon yogurti o‘zida immunitetni mustahkamlovchi, ichaklar faoliyatini nazorat ostiga olish  kabi kuchli probiotik xususiyatlarni mujassam etgan.

Sog‘lom ichaklar oshqozon yallig‘lanishi xavfini kamaytiradi hamda «leptin»ga qarshilik ko‘rsatadi bu ishtahani muvozanatlashtiradigan gormonni ishlab chiqaradi, ortiqcha vazndan xalos bo‘lish va metobolizmga yordam beradi.

Har doim tarkibi to‘la to‘kis yog‘dan iborat yogurtni tanlang. Yogurtning boshqa turlari tarkibida juda ko‘p miqdorda qand bo‘lishi ehtimoli bor.

11. Rezavor meva

Rezavor mevalarning boshqa mevalar orasida juda yaxshi o‘rini mavjud. Chernika hamda malina kabi rezavor mevalar ko‘plab isteʼmolchilar tanlovidir. Bir stakan rezavor meva tarkibida 5-6 gramm mineral modda mavjud bo‘lib, Payqaganingizdek, energiya darajasi hamda og‘irlikni nazorat qilish tizimiga bog‘langan.

Ular haddan ziyod sog‘lom  va foydali mahsulot hamda qolgan boshqa mevalardagidek tarkibida qand miqdori ko‘p emas. Bu meva turlari yengil gazak yoki desert uchun ayni muddao. Aralashmaga antioksidant moddalari mavjud mevani qo‘shing. Muvozanatlashtirilgan nonushtani tanovul qilib o‘zingizni sog‘lom saqlang.

Agar shunday bo‘lsa ham sizda ishonch paydo bo‘lmagan bo‘lsa, ertalabki nonushtangiz sifatida yunon yogurtiga bir qancha rezavor mevalarni qo‘shib tanovul qiling. Vada bera olamizki, bu tanangiz va ruhingiz uchun eng yaxshi muolaja bo‘lib xizmat qiladi.

12. Dorivor giyohlar hamda ziravor mahsulotlari

Qomatingizni yaxshilashda bir xil taomlarni isteʼmol qilishdan charchadingizmi? Siz tanlagan barcha sog‘lom yeguliklar mazasizdek tuyulyaptimi?

Sog‘lig‘ingizga g‘amxo‘rlik qilish har qanday turdagi mazali yeguliklarni o‘zingizga majburiy qilib qo‘yish kerak degani emas. Idishingizni qo‘shimcha foydali ovqat turlari bilan to‘ldirish vaqti keldi. Shu orqali parhez tutish borasidagi nafratingiz yo‘qolib boradi.  Tuzi ko‘p sho‘r mahsulotlardan tiyiling, o‘rniga dorivor giyohlar hamda  ziravor mahsulotlardan foydalaning.

Mening eng sevimli ziravor va dorivor mahsulotlarim:

✓ Rayhon

✓ silantro

✓ sinnamon

✓ rozmarin

✓  orejano

✓  zanjabl

✓  qora qalampir shular jumlasidandir.

13. Qora shokolad

Eng yaxshi mahsulotni oxirgi o‘ringa qoldirdim. Olimlarning izlanishlari natijasida  ortiqcha vazndan xalos bo‘lishda eng yaxshi mahsulot sifatida qora shokolad ekanligiga xulosa qilindi. U ochlik hissini kamaytiradi o‘rniga to‘qlik hissi butun vujudingizni qamrab oladi.

Eng yaxshi super yeguliklar ro‘yxatini ko‘zdan kechirish mobaynida, ko‘rinadiki, insulin gormonini oshirish, kayfiyatning yuqori darajada bo‘lishi, energiyaning oshib borilishi qora shokoladga xos xususiyatlardan biri ekan. Agar shokoladni meʼyorida isteʼmol qilib borsangiz,  u sizga ko‘p vaqt energiya bag‘ishlovchi mahsulot bo‘lib xizmat qiladi.

Yakuniy fikrlar

Ortiqcha vazndan xalos bo‘lishda isteʼmol qilinadigan juda ko‘plab tabiat inʼom etgan mahsulotlar mavjud. Xarid qilish daftarchangizga protein oqsili ko‘p bo‘lgan yeguliklar, xo‘l va quruq mevalar,  savzavot, makkajo‘xori kabi mahsulotlarni qo‘shib qo‘ying. Bu borada organizmingiz uchun qanday qilib, yog‘, oqsil, protein, antioksid, vitamin va minerallarni qabul qilish borasida tashvishlanmasangiz ham bo‘ladi. Shu kabi barcha ozuqaviy mahsulotlar immunitet tizimini yaxshilash hamda ortiqcha vazndan xalos bo‘lish uchun  organizmingizda energiya ishlab chiqaradi.

Vazningiz kamaygan sari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yishda maxsus taomlarni isteʼmol qilishga bor eʼtiboringizni qaratishingiz juda muhimdir. Xo‘sh, yangi turmush tarzini boshlashga tayyormisiz?

Manba: lifehack.org

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.