Yuzingizning tiniqlashishiga imkon beradigan 7 mashq

Total
0
Shares

Chehrangiz go‘zal bo‘lishini xohlaysizmi? U holda quyidagi mashqlarni bajarish uchun 15 daqiqa ajrating.

Yuz uchun mo‘ljallangan sodda mashqlarni har qanday joyda va har qanday vaqtda bajarishingiz mumkin. Ushbu mashqlar bilan doimiy ravishda shug‘ullanish tufayli o‘zingizni kun davomida ajoyib va tetik his qilasiz. Suhbatga kirish yoki prezentatsiyadan avval gimnastika uchun 15 daqiqa vaqt ajrating: gimnastikadan so‘ng yuzingizdan o‘ziga bo‘lgan ishonch va xotirjamlik kayfiyati ko‘rinib turadi va bu atrofingizdagilarga ham o‘z taʼsirini o‘tkazadi.

1. O‘zingizni bo‘sh qo‘ying

Qo‘lingizni bosh barmog‘ingiz yuqoriga chiqib qoladigan darajada qattiq musht qilmang. Ko‘zlaringizni yuming. Astalik bilan teringizga ozor bermagan holda ko‘zlarni 2–3 daqiqa yengil uqalang.

Bu qanday foyda beradi: bu ko‘z atrofidagi mushaklarni tiniqishiga yordam beradi, qon aylanishini yaxshilaydi, natijada ko‘zlaringiz ostidagi qoramtir dog‘lar kamroq ko‘zga tashlanadigan bo‘linadi.

2. Hayronlik bilan boqing

Ko‘zlaringizni katta oching, ularni chaqchaytiring. Keyin qovoqlaringizni qattiq yuming. Ko‘zingizni ochib ularni yana yoping. Ko‘zlaringiz yaxshilab namlanmagunicha harakatlarni tez suratda takrorlayvering. Shundan keyin ko‘zlarni yumib, ularning atrofidagi mushaklarni dam oldiring. Shu holatda 2–3 daqiqa qoling.

Bu qanday foyda beradi: bu mashq yuzning yuqori qismidagi mushaklarni ishlashga majbur qiladi, shuningdek, ko‘rish qobiliyatingizning yomonlashmasligiga yordam beradi.

3. Yonoqlarni shishiring

Og‘izingiz orqali nafas oling va bir necha soniya yonoqlaringizni shishirib turing. Keyin havoni og‘iz orqali chiqarib yuboring. Ushbu harakatni 8–10 marta takrorlang.

Bu qanday foyda beradi: bu mashq yonoqdagi mushaklarni mustahkamlaydi, ularning yupqalanishini oldini oladi. Saksofon ijrochilarini ko‘rganmisiz: ularning yonoqlari yoshlarnikidek tarang bo‘ladi.

4. Bo‘sa bering

Og‘izingizni katta ochib kuling, keyin lablaringizni quvur shaklida birlashtiring. Buni 20–25 marta bajaring.

Bu qanday foyda beradi: ushbu mashq lab atrofidagi mushaklarni mustahkamlaydi va yuzingizni yana-da nurli bo‘lishiga yordam beradi. Miriqib kuling, tabassumingiz samimiy bo‘lmagunicha shunga harakat qilavering.

5. Burningizni yuqoriga ko‘taring

Katta barmoqlaringiz bilan iyagingizni yuqoriga ko‘taring. Iyagingiz bilan pastga, barmoqlar bilan yuqoriga bosim o‘tkazing. Bu mashqni 2–3 daqiqa davomida bajaring.

Bu qanday foyda beradi: ushbu mashq baqbaqa hosil bo‘lishining oldini oladi va yuzingizni aniq oval shaklida bo‘lishiga yordam beradi.

6. Quloqlaringizni torting

Quloqlaringizni ushlab 30 soniya pastga va 30 soniya yuqoriga tortib turing. Shundan keyin 30 soniya davomida quloq yumshog‘ini soat strelkasi bo‘yicha va 30 soniya teskari yo‘nalishda aylantiring.

Bu qanday foyda beradi: bu mashq boshda qon aylanishini yaxshilaydi va bardamlik taqdim qiladi.

7. Stressdan qutuling

Barmoqlaringizni qoshingiz tepasiga qo‘ying va qoshlarni ikki tomonga itaring. Buni 3–4 daqiqa davomida bajaring.

Bu qanday foyda beradi: ushbu mashq xotirjam bo‘lishga va og‘ir o‘ylar sabab qoshlar orasida paydo bo‘ladigan stress chizig‘idan qutulishga yordam beradi.

Atrofingizda ko‘proq tabassum qilayotgan insonlarni ko‘rish uchun ushbu qisqa eslatmalarni boshqalar bilan bo‘lishing!

Manba: lifehacker.ru

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.